{"id":23730,"date":"2022-04-10T09:03:22","date_gmt":"2022-04-10T06:03:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23730"},"modified":"2022-04-10T09:03:24","modified_gmt":"2022-04-10T06:03:24","slug":"darslik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/darslik\/","title":{"rendered":"DARSLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>DARSLIK \u2014 muayyan fanga doir bilim asoslarini ma&#8217;lum tartibda bayon etadigan va yuqori ma&#8217;naviy-g&#8217;oyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; o&#8217;quv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. Darsliklar 2 asosiy guruhga bo&#8217;linadi: o&#8217;quvchilar uchun Darsliklar va talabalar uchun Darsliklar. O&#8217;zbekistonda o&#8217;quvchilar uchun mo&#8217;ljallangan Darsliklardan umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, maxsus ta&#8217;lim maktablari va maxsus internat maktablarning o&#8217;quvchilari; talabalar uchun nashr etilgan Darsliklardan oliy o&#8217;quv yurtlari talabalari mustaqil hamda o&#8217;qituvchilar rahbarligida foydalanadilar. Darsliklar muayyan fanga oid asosiy fakt, ilmiy tushuncha, qonun va nazariyalar mazmunini tegishli o&#8217;quv yurtining dasturi hajmida ta&#8217;lim vazifalari hamda o&#8217;quvchi (talaba)larga mos tarzda ochib beradi. Darsliklar ta&#8217;lim-tarbiya vazifalarining imkoni bor darajada hal etilishiga, ya&#8217;ni bilimning muntazam, mustahkam va ongli o&#8217;zlashtirilishiga, o&#8217;quvchi (talaba)larda fanning muayyan sohasiga qiziqish uyg&#8217;otishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib to-pishiga yordam beradi. Darslikning tili ravon va tushunarli bo&#8217;lishi, o&#8217;quvchilar nutqining o&#8217;sishiga yordam berishi lozim. Darsliklar tarixi qadim zamonlardan boshlanadi. Sharqda, xususan Furot va Dajla daryolari oralig&#8217;ida yashagan qadimgi shumerlar davrida sopol taxtachalarga bitilgan matnlar miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid bo&#8217;lib, ular &#171;qo&#8217;llanma&#187; va &#171;daryoliklar&#187; vazifasini o&#8217;tagan. Keyinchalik boshqa Sharq xalqlarida, ulardan keyin esa qadimgi dunyoda papirus yoki pergamentga bitilgan qo&#8217;lyozma o&#8217;quv kitoblari vujudga kela boshlagan va ular ma&#8217;lum bir sohaga, kasbga o&#8217;rgatish uchun asosiy manba vazifasini o&#8217;tagan. Kitob nashr etish ishi yuzaga kelgach, Darsliklar hammabop bo&#8217;la boshladi. Pedagogika va psixologiya fanlarining taraqqiyoti bilan Darsliklarning mazmuni va metodik tuzilishi tobora mukammallashib bordi. O&#8217;rta Osiyoni Rossiya bosib olgunga qadar bu yerda mavjud bo&#8217;lgan maktab va madrasalardagi ta&#8217;limtarbiyaning asosiy mazmuni Islom ta&#8217;limotini o&#8217;rgatishdan iborat bo&#8217;lgan va ularda Arab, fors, eski turk tillarida yozilgan diniy kitoblar Darslik vazifasini o&#8217;tagan. Bu Darsliklar Qur&#8217;on oyat va suralaridan, boshqa diniy kitoblarning turli qism va parchalaridan iborat bo&#8217;lgan. Maktabxonalarda &#171;Haftiyak&#187;, &#171;Chor kitob&#187; va boshqa kitoblar o&#8217;qitilgan. Madrasalarda ham musulmon diniy qoidalari to&#8217;plami \u2014 &#171;avvali ilm&#187; (fors tilida savol-javob tarzida tuzilgan), Arab tili grammatikasiga oid &#171;Bidon&#187;, &#171;qofiya&#187; kabi qo&#8217;llanmalardan foydalanilgan. Ba&#8217;zi madrasalarda talabalar qadimgi kitoblarni mustaqil o&#8217;qib o&#8217;rganishi natijasida geografiya, astronomiya, tibbiyot va boshqa fanlarga oid ayrim ma&#8217;lumotlardan xabardor bo&#8217;la borganlar, mumtoz shoirlarning asarlari bilan tanishganlar. O&#8217;rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin rus metodistlari ta&#8217;sirida maxalliy tillarda maktab Darsliklari yaratila boshlandi. 19-asrning 70-yillaridan Toshkentda rus va rus-tuzem maktablari uchun ayrim Darsliklar nashr etildi. 1875 yil A. A. Terentevning &#171;Russkaya Azbuka dlya shkol Sredney Azii&#187; (&#171;O&#8217;rta Osiyo maktablari uchun rus alifbosi&#187;), 1885 yil V. P. Nalivkinning &#171;Azbuka dlya russko-musulmanskix shkol osedlogo naseleniya Turkestanskogo kraya&#187; (&#171;Turkiston o&#8217;lkasidagi o&#8217;troq aholiga mo&#8217;ljallangan rus-musulmon maktablari uchun alifbo&#187;) Darsliklari paydo bo&#8217;ldi. 1887 yil V. P. Nalivkinning &#171;terma kitob&#187; nomi bilan O&#8217;zbekcha-tojikcha xrestomatiyasi, 1896 yil uning &#171;Turkiston viloyatining Toshkand shahridagi seminariya degan madrasada o&#8217;qiydurgan terma kitob&#187; asari nashr qilindi. 1898 yildan S. M. Grameniskiyning 3 qismdan iborat &#171;Kniga dlya chteniya&#187; (&#171;o&#8217;qish kitobi&#187;) kitobi qo&#8217;llanila boshlandi. 20-asrning boshlarida yangi usul maktablarining ayrim muallimlari ham o&#8217;z ish tajribalarini umumlashtirib, o&#8217;quv kitoblari tuza boshlashdi. Masalan, 1902 yil Toshkentda Saidrasul Saidazizovning &#171;Ustodi avval&#187; alifbesi, 1903 yil Aliasqar Kalininning &#171;Muallimi soniy&#187; xrestomiyasi, Rustambek Yusufbek o&#8217;g&#8217;lining &#171;Ta&#8217;limi avval&#187; va &#171;Ta&#8217;limi soniy&#187;, Abdulla Avloniyning &#171;Birinchi muallim&#187;, Hamza va boshqalarning o&#8217;quv qo&#8217;llanmalari bosilib chiqdi. Lekin fizika, geometriya singari ko&#8217;pgina fanlardan o&#8217;zbek tilida Darsliklar yo&#8217;q edi. Oktabr to&#8217;ntarishidan keyin barcha fanlar yuzasidan Darsliklar tuzish ishiga jadal kirishildi. Masalan, Shokirjon Rahimiyning 1919 yilda chiqarilgan &#171;sovg&#8217;a&#187; alifbesi, M. Qodirov va boshqalarning 1920 yilda katta yoshli kishilar uchun chiqarilgan &#171;kattalarga o&#8217;qish&#187; alifbesi, I. Husanxo&#8217;jayev va F. Erg&#8217;oziyevning maktab yoshidan o&#8217;tgan o&#8217;smirlar uchun chiqarilgan &#171;o&#8217;smir&#187; alifbesi, Ozarbayjon tilidan o&#8217;zbekchaga tarjima qilingan &#171;handasa&#187;, &#171;Fizika&#187; kitoblari, V. Flerovning 1918 yilda &#171;Yasnoe utro&#187; (&#171;Musaffo tong&#187;) nomi bilan chiqarilgan ikki o&#8217;qish kitobi, E. D. Polivanov va L. I. Palminning &#171;Mak&#187; (&#171;Lolaqizg&#8217;aldoq&#187;) nomli o&#8217;qish kitobi, K. A. Voskresenskaya, N. P. Arxangelskiy, O. F. Topolskayalarning O&#8217;rta Osiyodagi ruscha bo&#8217;lmagan maktablar uchun &#171;MAK&#187; nomi bilan chiqarilgan birinchi ruscha alifbesi, shuningdek, mazkur mualliflarning O&#8217;rta Osiyodagi 1-bosqich maktablar uchun chiqarilgan &#171;malenkiy turkestanes&#187; (&#171;yosh turkistonlik&#187;) o&#8217;qish kitobi Oktabr to&#8217;ntarishidan keyingi dastlabki davrlarda chiqarilgan Darsliklar va o&#8217;quv qo&#8217;llanmalari jumlasidandir. O. Sharafiddinov yozgan &#171;Alifbe&#187; 1938 yildan 1970 yilgacha 1-sinf o&#8217;quvchilarining asosiy o&#8217;quv qo&#8217;llanmasi bo&#8217;lib keldi. 1970\/71 o&#8217;quv yilidan mazkur muallifning Q. Abdullayeva bilan yozgan yangi &#171;Alifbe&#187; kitobi qo&#8217;llanila boshladi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, ta&#8217;lim muassasalarida qo&#8217;llanilayotgan Darsliklarni qayta ishlash borasida katta ishlar olib borildi. 1997 yilda qabul qilingan O&#8217;zbekiston Respublikasining &#171;Ta&#8217;lim to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonuni, &#171;Kadrlar tayyorlash milliy dasturi&#187; hamda O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil yanvarda qabul qilingan &#171;Uzluksiz ta&#8217;lim tizimini darsliklar va o&#8217;quv adabiyotlari bilan ta&#8217;minlashni takomillashtirish to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qarori muhim ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Yetuk mutaxassislar tomonidan bir qator Darsliklar mazmunan qayta ishlandi. Jumladan, tarix, adabiyot, geografiya, matematikadan yangi mazmundagi Darsliklar joriy etildi. Shu davrgacha umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim tizimining o&#8217;quv rejasida bo&#8217;lmagan o&#8217;quv fanlari (tabiiyot, Odobnoma) dan original Darsliklar yaratildi. Ta&#8217;lim amaliyotiga &#171;Alifbo&#187;, &#171;Tabiatshunoslik&#187;dan muqobil Darsliklar tatbiq etildi. O&#8217;zbekistonda Darsliklar nashr etish ishi keng yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Darslik tayyorlashga ixtisoslashgan &#171;o&#8217;qituvchi&#187;, &#171;O&#8217;zbekistan&#187;, &#171;Mehnat&#187;, Ibn Sino nomidagi nashriyotlar, &#171;Sharq&#187; nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi va boshqa nashriyotlar Darsliklar nashr etadi. 2000 yil O&#8217;zbekistonda 375 nomda 14 million 406,6 ming nusxada Darslik nashr etildi. Asqarali Sulaymonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DARSLIK \u2014 muayyan fanga doir bilim asoslarini ma&#8217;lum tartibda bayon etadigan va yuqori ma&#8217;naviy-g&#8217;oyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; o&#8217;quv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. Darsliklar 2 asosiy guruhga bo&#8217;linadi: &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/darslik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23730","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23730","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23730"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23730\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23736,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23730\/revisions\/23736"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23730"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23730"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23730"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}