{"id":23800,"date":"2022-04-10T15:20:40","date_gmt":"2022-04-10T12:20:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23800"},"modified":"2022-04-10T15:20:41","modified_gmt":"2022-04-10T12:20:41","slug":"dukkakdoshlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dukkakdoshlar\/","title":{"rendered":"DUKKAKDOSHLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>DUKKAKDOSHLAR, dukkaklilar (Fabaceae, Leguminoasae) \u2014 ikki pallali o&#8217;simliklar oilasi (ko&#8217;p yillik va bir yillik o&#8217;tlar, chala butalar, butalar, lianalar va daraxtlar), 500 dan ortiq turkum, 12000 turni o&#8217;z ichiga oladi. Yer yuzining hamma o&#8217;lkalarida keng tarqalgan. Ayrim sistematikalarda Dukkakdoshlar 3 kenja oilaga \u2014 mimozadoshlar (Mimosaceae), tsezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaceae yoki Fabaceae) ajratilgan. Ko&#8217;p turlari dehqonchiliqda yetishtiriladi. Barglari murakkab, pat shaklli (juft yoki toq), 3 bo&#8217;lakli yoki panjasimon. Barglari asosida turli shakl va kattalikda yon bargchalari bor. Mevasi bir uyali, bitta mevabargdan tashkil topgan dukkak. Yakka yoki to&#8217;pgulga yig&#8217;ilgan. Gulqo&#8217;rg&#8217;oni 4-5 bo&#8217;lakli, kosacha va gultojga bo&#8217;linadi. Gultoji egri-bugri, 5 tojbargdan iborat: 1 yirik (elkan), 2 o&#8217;rtacha (eshkak) va 2 kichikroq kemacha hosil qiladi. Changchisi 10 ta, ba&#8217;zan 9-5 ta, odatda, 9 tasi iplar bilan birikkan bo&#8217;lib, bittasi erkin bo&#8217;ladi. Urug&#8217;chisi bitta, usti tugunchali. Dukkakdoshlarning barcha turlari o&#8217;simlikni azot bilan ta&#8217;minlovchi azot to&#8217;plovchi mikroorganizmlar bilan simbioz holatda yashaydi. Shuning uchun ham dukkakli don ekinlari boshqa ekinlar uchun eng yaxshi o&#8217;tmishdosh hisoblanadi. Dukkakdoshlar qimmatbaho oziq-ovqat, texnika, ozuqabop hamda manzarali o&#8217;simliklardir. Dukkakli don ekinlari xalq xo&#8217;jaligi uchun kata ahamiyatga ega, doni oqsil (masalan, no&#8217;xat, soya, yasmiq va hokazolar), kraxmal va moyga boy (soya, eryong&#8217;oq va boshqalar). Sug&#8217;orma dehqonchilikda Dukkakdoshlarda eng qimmatlilari ko&#8217;p yillik va bir yillik ekinlar hisoblanadi. Masalan, beda g&#8217;o&#8217;za-beda almashib ekishning asosiy ekini. Ayrim turlarining po&#8217;sti hamda yog&#8217;ochlik qismida qimmatli texnik moddalar \u2014 gummi, balzam, smolalar bor. Dukkakdoshlardan drok (sariq gulli dukkakli cho&#8217;l o&#8217;simligi), indigo va boshqalardan bo&#8217;yoqlar olinadi. Ayrim Dukkakdoshlar \u2014 akatsiya, ko&#8217;k no&#8217;xat, pechakgul, bo&#8217;ridukkak manzarali, ba&#8217;zilari esa \u2014 shirinmiya yoki qizilmiya, termopsis, sano, Kassiya va boshqa dorivor o&#8217;simliklardir. Dukkakdoshlarning ko&#8217;pchilik turlari zaharli, o&#8217;zida har xil alkaloidlar hamda glikozidlar to&#8217;playdi. Ad.: Sahobiddinov S. S, O&#8217;simliklar sistematikasi. T., 1969; Hamidov A., Nabiyev M., Odilov T., O&#8217;zbekiston o&#8217;simliklari aniqlagichi, T., 1987. Qo&#8217;ziboy Dushamov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DUKKAKDOSHLAR, dukkaklilar (Fabaceae, Leguminoasae) \u2014 ikki pallali o&#8217;simliklar oilasi (ko&#8217;p yillik va bir yillik o&#8217;tlar, chala butalar, butalar, lianalar va daraxtlar), 500 dan ortiq turkum, 12000 turni o&#8217;z ichiga oladi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dukkakdoshlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23800","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23800","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23800"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23800\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23806,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23800\/revisions\/23806"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23800"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23800"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23800"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}