{"id":24066,"date":"2022-04-11T15:40:39","date_gmt":"2022-04-11T12:40:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24066"},"modified":"2022-04-11T15:40:41","modified_gmt":"2022-04-11T12:40:41","slug":"dashnaktsutyun","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dashnaktsutyun\/","title":{"rendered":"&#171;DASHNAKTSUTYUN&#187;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;DASHNAKTSUTYUN&#187; (Armancha -&#171;Ittifoq&#187;) \u2014 arman millatchilari partiyasi. 1890 y\u0448\u0434da Tiflisda tuzilgan. Turkistonda mahalliy aholiga qarshi qirg&#8217;inlar uyushtirgan (1918-19). A&#8217;zolari o&#8217;zlarini &#171;dashnoqlar&#187; deb atashgan. Dastlab &#171;Dashnaktsutyun&#187; dasturida terror va qurolli harakat yo&#8217;li bilan Buyuk Armaniston davlatini barpo etish ko&#8217;zda tutilgan. 20 &#8212; asr boshlarida Kavkazda armanlar bilan turkiy xalqlarni bir-biriga qarshi qo&#8217;zg&#8217;atib, milliy nizolarni kuchaytirishda mash&#8217;um rol o&#8217;ynagan. Turk-arman qirg&#8217;ini (1915) sababchilaridan biri bo&#8217;lgan. Shu qirg&#8217;indan so&#8217;ng dashnoqlarning bir qismi Turkistonga kelib o&#8217;rnashgan. 1917 yilgi keskin siyosiy o&#8217;zgarishlardan keyin &#171;Dashnaktsutyun&#187; Armanistonda hokimiyatni egalladi (1918 yil may \u2014 1920 yil noyabr). Kare viloyati va Yerivan gubernyasida musulmonlarni ommaviy qirg&#8217;in qildi (1920 yil sentabr). Bolsheviklar Turkistonda zo&#8217;ravonlik bilan sovet rejimini o&#8217;rnatgach, &#171;Dashnaktsutyun&#187; partiyasining qurolli drujinalaridan o&#8217;lkadagi milliy kuchlarga qarshi kurashda foydalandi. Dashnoklar 1918 yil Fevralda qizil askarlar bilan birgalikda Qo&#8217;qon shahrida ommaviy qirg&#8217;in o&#8217;tkazdi. Umuman 1918-19 yillar davomida Farg&#8217;ona vodiysida istiqlolchilarga qarshi kurash niqobi ostida tinch aholidan 35000 kishini qirib tashlab, mol-mulkini talon-taroj etdi. Turor Risqulov, Sa&#8217;dulla Tursunxo&#8217;jayev, Nizomiddin Xo&#8217;jayev kabi rahbar xodimlarning qat&#8217;iy talabi natijasidagina Turkiston MIK 1919 yil 16 iyuldagi buyrug&#8217;i bilan &#171;Dashnaktsutyun&#187; partiyasini tarqatib yubordi va dashnoq drujinalarini qurolsizlantirdi. &#171;Dashnaktsutyun&#187; Armanistonning o&#8217;zida ham taqiqlandi (1921), ammo xorijda o&#8217;z faoliyatini davom ettirdi. 1990-yillardan &#171;Dashnaktsutyun&#187; Armanistonda oshkora faoliyat ko&#8217;rsata boshladi. Ad.: O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, 2 kitob [O&#8217;zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov Q. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov nasionalnoy nezavisimosti [Kollektiv avtorov], T., 2000. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;DASHNAKTSUTYUN&#187; (Armancha -&#171;Ittifoq&#187;) \u2014 arman millatchilari partiyasi. 1890 y\u0448\u0434da Tiflisda tuzilgan. Turkistonda mahalliy aholiga qarshi qirg&#8217;inlar uyushtirgan (1918-19). A&#8217;zolari o&#8217;zlarini &#171;dashnoqlar&#187; deb atashgan. Dastlab &#171;Dashnaktsutyun&#187; dasturida terror va qurolli harakat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dashnaktsutyun\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24066","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24066","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24066"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24066\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24068,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24066\/revisions\/24068"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24066"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24066"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24066"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}