{"id":24074,"date":"2022-04-12T10:03:45","date_gmt":"2022-04-12T07:03:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24074"},"modified":"2022-04-12T13:14:00","modified_gmt":"2022-04-12T10:14:00","slug":"madaniyat-tushunchasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/madaniyat-tushunchasi\/","title":{"rendered":"Madaniyat tushunchasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Madaniyat tushunchasi va uning mohiyati. Yuzaki qaralganda, kundalik hayotda \u201cmadaniyat\u201d so\u2019zidan insonning faoliyat tarzini va jamiyatning qay darajada rivojlanganligini aniqlovchi ko\u2019rsatkich sifatida foydalanilgandek tuyuladi. Lekin madaniyat so\u2019zining mazmun-mohiyatiga chuqurroq e\u2019tibor beradigan bo\u2019lsak, bu atama tabiat, jamiyat va insonlar o\u2019rtasidagi o\u2019zaro munosabatlarni belgilab beruvchi ko\u2019plab qarashlar, nazariyalar va g\u2019oyalarga, tushuncha va tasavvurlarga nisbatan qo\u2019llanishini anglab yetamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>XX asrning 50-yillari boshida amerikalik madaniyatshunos olimlar Alfred Kreber va Klayd Klavixonlar o\u2019zlarining \u201cMadaniyat: tushuncha va ta\u2019riflar\u201d nomli asarida madaniyatning 164 ta ta\u2019rifi mavjud ekanligini ko\u2019rsatib o\u2019tadilar. Hozirgi paytda \u201cmadaniyat\u201d atamasining 400 da ortiqroq ta\u2019rifi mavjud Agar ularga e\u2019tibor bersak, madaniyat tushunchasi keng qamrovli hayotning deyarli barcha va hatto bir-biriga zid bo\u2019lgan sohalarini ham qamrab oluvchi tushuncha ekanligini ko\u2018ramiz. Shu boisdan ham madaniyat tushunchasiga insonning aqliy faoliyati va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi tushuncha sifatida ta\u2019rif berish juda mushkul.<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniyatshunoslikka oid adabiyotlarga nazar tashlasak, madaniyatning turlicha ta\u2019rifu talqinlari mayjudligini ko\u2018ramiz, chunonchi: \u00abinson tomonidan yaratilgan moddiy va ma\u2019naviy boyliklar yig\u2018indisi\u00bb; \u00abmoddiy va ma\u2019naviy qadriyatlar\u00bb; \u00abinson tomonidan yaratilgan ikkinchi tabiat\u00bb; \u00abinsoniy faoliyat mahsuli\u00bb; \u00abijodiy faoliyat\u00bb; \u00abijodiy faoliyat mahsuli\u00bb; \u00abjamiyatning ma\u2019naviy hayoti\u00bb; \u00abinsonning ma\u2019naviy dunyosi\u00bb; \u00abinsonning axloqiy fazilatlari\u00bb: \u00abinsonning ichki va tashqi olami\u00bb; \u00abaxloqiy sifatlar yig&#8217;indisi\u00bb; \u00abjamiyat faoliyati\u00bb; \u00abshartli belgilar tizirni yig&#8217;indisi\u00bb; \u00abshartli tasvirlar\u00bb; \u00abramziy ishora va belgilar\u00bb; \u00abme\u2019yorva andazalar\u00bb va shu kabilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abKultura\u00bb atamasi lotin tilidan olingan bo\u2018lib, uni birinchi marta fanga 1871-yili tarixchi va etnografolim E.Taylor kiritgan. Uning ko\u2018rsatishicha, o\u2018sha paytda bu tushunchaning bor-yo\u2018g\u2018i 7 tagina ta\u2019rifi bo\u2019lgan. Aslida madaniyat keng qamrovli va murakkab tushuncha. Shu boisdan ham yuqorida ta\u2019kidlab o&#8217;tganimizdek, uning 400 dan ortiq ta\u2019rifi mavjuddir.<\/p>\n\n\n\n<p>E.Taylor o&#8217;zining \u00abIbtidoiy madaniyat\u00bb nomli asarida \u00abkultura\u00bb (\u00abmadaniyat\u00bb) tushunchasiga quyidagicha ta\u2019rif beradi: \u00abkultura yoki sivilizatsiya keng ko\u2018lamli etnografik tushuncha shaklida insonning jamiyat a\u2019zosi sifatida egallab olgan bilimlari, diniy e\u2019tiqodiari, san\u2019ati, axloqi, huquqi, marosimlari va boshqa odatga aylangan qobiliyatlari yig&#8217;indisidir\u00bb. Albatta, hu ta\u2019rifda E.Taylorning \u00abkultura\u00bb (\u00abmadaniyat\u00bb) tushunchasiga etnograf sifatida yondashuvi ko\u2018zga tashlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxeologlar, faylasuf va madaniyatshunoslar \u00abkultura\u00bb (\u00abmadaniyat\u00bb) tushunchasiga ta\u2019rif berishganida, E.Taylor singari madaniyatni ma\u2019naviy hodisa sifatida olib qarash biian birgalikda moddiy predmetlar, narsalar va boyliklar, shuningdek, inson tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlarini ham nazarda tutadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniyat haqidagi fikrlar insonning paydo bo\u2018lishi bilan bir vaqtda, ya\u2019ni oddiy tosh qurollardan foydalanib ov qilish, o\u2018lja va mevalarni terib iste\u2019mol qilish, ilk dehqonchilik bilan shug\u2018uilangan va ilk shahar madaniyatini vujudga keltirgan davrlardayoq paydo bo\u2019lmagan. Madaniyat tushunchasi dastlab atama sifatida vujudga kelgani bilan hali jamiyatning moddiy va ijtimoiy hayotini, odamning ongli mayjudot sifatidagi insoniylik qiyofasini anglatmas edi. Inson bunyodkoiiik faoliyatining jamiyat taraqqiyotidagi o\u2018rnini anglab yetish, inson qiyofasini shakllantirish, ya\u2019ni uning ongi va tafakkuriga ta\u2019sir etish orqali jamiyat manfaatlariga mos keladigan insonni shakllantirish zaruriyati paydo bo\u2019lgan davrlarga kelib \u00abmadaniyat\u00bb va \u00abkultura\u00bb atamalarining mazmun-mohiyati o\u2018zgaradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar \u00abmadaniyat\u00bb va \u00abkultura\u00bb atamalarining qo\u2018llanish tarixiga e&#8217;tibor bersak, \u00abmadaniyat\u00bb arabcha \u00abmadina\u00bb so\u2018zidan olinganligi va \u00abshahar\u00bb degan ma\u2019noni anglatishini ko\u2018ramiz. \u00abKultura\u00bb so\u2018zi esa yuqorida yozganimizdek, lotinchadan olingan bo&#8217;lib, \u00abishlov berish, parvarishlash\u00bb ya\u2019ni tuproqqa va yerga ishlov berish kabi ma\u2019nolarni anglatgan. Keyinchalik mazkur atamalarning mazmun-mohiyati o\u2018zgarib borgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Kishilik jamiyatidagi beqiyos o\u2018zgarishlar, davlatlar va mintaqalar o&#8217;rtasidagi iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-madaniy aloqalarning murakkablasha borishi, jamiyatning iqtisodiy va ma\u2019naviy hayotidagi tub o\u2018zgarishlar, inson imkoniyatlarining yuzaga chiqa borishi, tabiat va jamiyatning o\u2018zaro aloqasida inson o\u2018rnining orta borishi, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqqiyoti, kishilarning turmushi, o\u2018zaro munosabatlarga oid umumlashtiruvchi tushunchalarga bo\u2018lgan ehtiyoj madaniyat tushunchasi mohiyatining o&#8217;zgarishiga olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abMadaniyat\u00bb so\u2018zining etimologiyasiga e\u2019tibor bersak, so\u2018zning kelib chiqishida arablar turmush tarzi muhim rol o\u2018ynaganligini ko\u2018ramiz. Chunki qadimda Arabiston yarim orolida yashovchi qabilalar ikki xil turmush tarziga ega bo\u2018lganlar. Cho\u2018l hududlarida chorvachilik bilan shug\u2018ullanuvchi qabilalar \u00abbadaviy\u00bblar deb nomlangan bo\u2018lsa, o\u2018troq hayot, ya\u2019ni shaharlarda muqim yashovchi aholi \u00abmadaniy\u00bblar (\u00abshaharliklar\u00bb) deb yuritilgan. Bundan ko&#8217;rinadiki, \u00abmadaniyat\u00bb so\u2018zining kelib chiqishida faqatgina shaharlarda yashovchi aholi, ulaming hunarm andchilik va savdo-sotiq bilan kun kechirishi, karvon yo&#8217;llari xavfsizligini ta&#8217;minlovchi qabila va xonadonlarning turmush tarzi muhim rol o\u2018ynagan. Chunki \u00abmadaniy\u00bblar, birinchjdan, o\u2018troq turmush tarzi, hayot shart-sharoitlari; ikkinchidan, ong va tafakkur taraqqiyoti; uchinchidan, muayyan kasb-hunar bilan shug\u2018ullanishi, ma\u2019rifat, bilimga intilishi; to \u2018rtinchidan, davlat boshqanividagi faolligi, uyushqoqligi va boshqa tomonlari; beshinchidan, o\u2019zga xalqlar, ularning ishlab chiqarish va turmush sharoitlari va boshqa dinlar bilan tanishligi jihatidan \u00abbadaviy\u00bbiarga nisbatan ancha oldinda bo\u2019lganlar. Shu boisdan chorvachilik bilan shug\u2018ullanuvchi ko\u2019chmanchilar shaharliklami \u00abmadaniylar\u00bb deb ataganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Markaziy Osiyo mutafakkirlarining madaniyat haqidagi qarashlari. Markaziy Osiyolik buyuk tafakkur egalari madaniyatlilik masalasiga insonning ruhiy-ma&#8217;naviy kamoloti, ong va tafakkur taraqqiyoti, fozil jamiyat va komil insonlar masalasi nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda yondashadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharq mutafakkirlari madaniyat masalasini insonning ma\u2019naviy-aqliy barkamolligi shaklida, baxt-saodatga erishuvi tarzida tushunadilar. Bu an\u2019anaviy tushuncha keyingi avlodlar tafakkuridan mustahkam joy olgan. Shu sababli \u00abmadaniyat\u00bb deganda ko\u2018proq insonning ma\u2019naviyati, uning ichki kechinmalari va tashqi qiyofasining mushtarakligini ko\u2018z oldimizga keltiramiz. Yuqorida ta\u2019kidlaganimizdek, \u00abmadaniyat\u00bb so\u2019zi arabcha \u00abmadina\u00bb so\u2018zidan olingan bo\u2018lib, \u00abshahar\u00bb degan ma\u2019noni anglatadi. Demak, \u00abmadaniyatli\u00bb so\u2018zining lug&#8217;aviy ma\u2019nosi \u00abshaharlik\u00bb ma&#8217;nosini bildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Nasr Forobiyning fikricha, madaniyatlilik \u2014 bu fozillik, aqliy kamolotga erishmoqlikdir. Shuningdek, Forobiy madaniyatlilik deganda, har bir kishisi kasb-hunarli, teng huquqli, ular o\u2018rtasida farq bo\u2019lmaydigan, har kim o\u2018zi istagan yoki tanlagan kasb-hunari bilan shug\u2019ullanish imkoniyatiga ega bo\u2018lgan shahar (jam iyat)ni tushungan. U madaniyatlilik deganda, id\u00e9al jamiyat tushunchasini ilgari suradi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abMadaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo\u2018ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo\u2018lgan har bir odam kasb-hunardan ozod, hamma bab-baravar bo\u2018ladi, kishilar o&#8217;rtasida farq bo\u2019lmaydi, har kim o\u2018zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug\u2018ullanadi. Odamlar chin ma\u2019nosi bilan ozod boladilar. Biri ikkinchisiga xo\u2018jayin bo\u2019lmaydi. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton (ya&#8217;ni podshoh) bo\u2018Imaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar. zavq-lazzatlar paydo bo\u2018ladi\u00bb, deb yozadi Forobiy.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu bilan birga. Forobiy o\u2018z asarlarida madaniy bilim haqida ham fikr yuritadi. Uningcha, madaniy bilim, \u00abshunday narsalarni o\u2018rgatuvchi ilmki, uning yordamida shahar xalqlari va shaharlik bo\u2018lmagan xalqlarni o\u2018z ichiga olgan&#8230; insonlarga xos bolgan barcha xislatlar\u00bb birlashtiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Forobiy o\u2018z asarlarida birinchi bo\u2018lib, jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida f\u00eekr yuritar ekan, eng avalo, madaniyatli jamiyatning ko\u2018pgina tomonlari: davlatni boshqarish, ta\u2019lim va tarbiya, axloq va ma\u2019rifat, iymon va e\u2019tiqod, urush va tinchlik, mehnat va boshqalarga alohida e\u2019tibor beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda yashagan mutafakkirlarning ko&#8217;pchiligi insonning madaniyatliligini fozillikda va donishmandlikda, uning asosi hisoblanuvchi ma&#8217;rifatlilik va bilim donlikda deb biladi. Masalan, Beruniy: \u00abBilimsiz kishilarning ko\u2018ngli xurofotga moyil boladi\u00bb, deb ta \u2019kidlasa, Ahmad Yugnakiy: \u00abBilimli kishi vafot etsa-da, o\u2018z nomini abadiylashtirib ketadi\u00bb,-deb yozadi. lmom G\u2018azzoliy esa, \u00abInson moddiy boyliklar bilan emas, balki ma\u2019naviy fazilatlari bilan o\u2018z abadiyligini yaratadi\u00bb, deb hisoblaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Al-Xorazmiy, Al-Farg\u2018oniy, Abu Abdulloh Marvaziy, Ibn Sinolar insonning tashqi tabiat va o\u2018zi yashayotgan jamiyat taraqqiyoti qonuniarini bilish, o\u2018rganish va tahlil qilish orqali axloqiy kamolotga (madaniyatlilikka) erishishi mumkinligi g\u2018oyasini ilgari suradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Beruniy o\u2018z asarlarida nafaqat insonning madaniyatliligi, ya&#8217;ni insoniy fazilatlarni o\u2018zida mujassamlashtirishi masalasini, balki turli xalqlar madaniyatlarining o&#8217;zaro aloqadorlikda bo\u2018lishi va bir-biriga ta\u2019sir etishi natijasida rivojlanib, boyib borishini yoritib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy va Nosir Xusrav kabi buyuk siymolar esa ma&#8217;naviy-madaniy tubanlikni keltirib chiqaruvchi jaholatparastlikdan bilim olish orqali qutulish mumkin, deb hisoblaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur va temuriylar davri mutafakkirlari ham o\u2018zlaridan oldin yashagan buyuk siymolar, allomalarning an\u2019anaviy qarashlariga sodiq qolgan holda insonning madaniyatliligi masaiasiga bilimdonlik, ma\u2019rifatlilik, yetuk axloqlilik, ruh sofligi, iymon butunligi, ya\u2019ni haqiqiy insonparvarlilik nuqtayi nazaridan turib yondashadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Masalan, mashhur faylasuf Ali Husayn Juijoniy o\u2018z asarlarida insonning madaniylashuvi, ya&#8217;ni inson ma\u2019naviy dunyosining moddiylashuvi ruhiy munosabatlarining inson xatti-harakati. tabiat va jamiyatga bo\u2019lgan munosabatlarida moddiylashib kelishi masalalarini yoritib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurahmon Jomiy ham insonning madaniyatliligini donishmandlik, fozillik va bilimdonlikda deb biladi. Uning nazdida ilm kishini irodali qiladi. Madaniyatsizlik belgilari hisoblanmish nochorlik, jaholat, munofiqlik, xiyonat va hasaddan qutqazadi. Uningcha, ma\u2019naviy-madaniy komillik darajasiga erishgan kishi nafaqat bilim oladi, balki boshqalarga ham ilm ulashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurahmon Jomiy o\u2018zining \u00abLujjat ul-asror\u00bb asarida o&#8217;zidan oldin yashagan mutafakkirlarning fikrini davom ettirib, insonning mukammalligi {madaniy-ma\u2019naviy komilligi) uning halol va pok yashashi biror-bir kasb etagidan tutishi, o\u2018z mehnati evaziga kun ko\u2018rishida, deb biladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jomiyning musiqaga oid \u00abRisolayi musiqiy\u00bb asarida musiqaning insonning kamol topishi, unga ma\u2019naviy ozuqa berishi, uning ma\u2019naviy ehtiyojlarini qondirishdagi ahamiyati haqidagi fikrlari o\u2018ta muhimdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Alisher Navoiy esa yetuk axloqlilik, ma&#8217;rifatga intilish va adolatparvarlikni, ya\u2019ni buyuk insoniy ideallarni qamrab oluvchi insonparvarlikni madaniyatlilik tarzida tushunadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Alisher Navoiy o\u2018z asarlarida madaniyat masalasini ijtimoiy va axloqiy hodisalar bilan o\u2018zaro bog\u2018liqlikda, deb biladi. Insonning madaniy-ma\u2019naviy qiyofaga ega bo&#8217;lishi faqatgina adolatli jamiyatdagina amalga oshadi, deb hisoblaydi,<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddin Davoniy o&#8217;zining \u00abAxloqi Jaloliy\u00bb asarida Forobiy singari fozillar shahrini madaniy shahar tarzida tushunadi. Uningcha, fozil shahar \u00abshunday shaharki, uning qoidasi baxt-saodatga erishuvidan va baxtsizlikka olib boradigan hodisalarni bartaraf qilishdan iborat\u00bb. Davoniy ham kishilarni ma&#8217;rifatli bo\u2018lishga, kasb-hunar egallashga chaqiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyingi davr mutafakkirlari, ayniqsa, Turkiston ma&#8217;rifatparvarlik harakati vakillari madaniyat tushunchasini xalqni savodli, ilmli, ma\u2019rifatli qilish g\u2018oyasi bilan birlashtirdilar. Ular shaxs, millat, davlat va jamiyatning madaniylik darajasini shaxs va xalqning o\u2018z -o\u2018zini va milliy o&#8217;zligini anglashida, deb bildilar. Ma\u2019rifatparvarlik harakati vakillarining aksariyat qismi jamiyat va insonning ma\u2019naviy-madaniy rivojlanishini madaniy taraqqiyotda Osiyoga nisbatan ancha ilgarilab ketgan Yevropaning ilg\u2018or madaniy yutuqlarini o \u2018zlashtirishda ko\u2018rdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abKultura\u00bb so\u2018zi ma&#8217;nosining rivojlanish bosqichlariga to&#8217;xtaladigan bo\u2019lsak. dastlab u lotincha \u00abcultura\u00bb so\u2018zidan olingan bo\u2018lib, yerga, tuproqqa ishlov berish ma&#8217;nolarini anglatgan. Rimning mashhur huquqshunosi, notig\u2018i va publitsisti Mark Tulliy Sitseron (eramizdan avvalgi 106-43- yillar) o&#8217;zining \u00abTuskulan suhbatlari\u00bb nomli asarida, mashhur shoir Kvint Goratsiy Flakk (eramizdan avvalgi 65-8-yillar) o\u2018zining \u00abSatiralar\u00bb nomli asarida birinchi marta \u00abkultura\u00bb so&#8217;zini \u00abcultura anima\u00bb \u2014 \u00abRuh (jon)ni takomillashtirish\u00bb tarzida qo&#8217;llaydilar. Shuni unutm aslik kerakki, \u00abkultura\u00bb so\u2018zi dastlab moddiy ishlab chiqarishga nisbatan ishlatilgan bo\u2018lsa, birmuncha keyinroq ruhiyatga tegishli atama sifatida qo&#8217;llanila boshlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, madaniyatshunoslik fani madaniyat tushunchasini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etuvchi falsafiy ta\u2019limotdir. Shuning uchun ham bu fan madaniyatning paydo bo\u2019lishi va ijtimoiy-tarixiy jarayonda rivojlana borishining o \u2018ziga xos qonunlarini o \u2018rgana borib, uning ijtimoiy hodisa sifatidagi mazmuni va mohiyatini hamda xususiyatini ochib berishga kirishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muayyan xalqning madaniyati dastavval ushbu xalqning har bir ijtimoiy tarixiy davrda yaratilgan moddiy va ma\u2019naviy faoliyatining o&#8217;ziga xos tomonlari, xususiyatlari, o \u2018zaro aloqadorligi bilan belgilanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Insoniyat tomonidan barcha moddiy va ma\u2019naviy boyliklarini yaratish jarayoni quyidan yuqoriga, oddiydan murakkablikka, alohidalikdan umumiylikka ega bo\u2018luvchi o\u2018ziga xos uzluksiz jarayon hisoblanib, uning o\u2018tmishi va hozirgi ko\u2018rinishi o \u2018rtasida dialektik birlik mavjuddir. Madaniy boyliklarning yaratilishi jarayonidagi barcha bosqichlar doimo bir-birini to\u2018ldirib borgan. Ibtidoiy davrda insoniyat tom onidan yaratilgan eng oddiy tosh qurollar bilan hozirgi zamonaviy mehnat qurollari o\u2018rtasida ham o&#8217;ziga xos bog\u2018liqlik mavjuddir. Chunki, birinchidan, agar ibtidoiy tosh qurollari mavjud bo\u2018lmaganida edi, hozirgi zamon qurollari ham vujudga kelmagan bo&#8217;lardi, ikkinchidan, ibtidoiy qurollrning ham, zamonaviy qurollarning ham bajaradigan vazifasi bir xil.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019naviy madaniyat haqida ham shu fikrni aytish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Lekin insoniyat tarixining muayyan bosqichida yaratilgan madaniyat o\u2018zidan oldingi bosqlchiarda yaratilgan madaniyatdan farq qiladi va o&#8217;zgargan holda vujudga keladi. Jamiyat o\u2018zidan oldingi madaniy boyliklarni ko\u2018r-ko\u2018rona qabul qilmaydi, balki ularni ijobiy tomondan o&#8217;zgartiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniyat har bir davr ehtiyojlariga moslangan tarzda yaratiladi. Agar moddiy va ma\u2019naviy madaniyatlarning o&#8217;zaro ta\u2019siri masalasiga e\u2019tibor bersak, insoniyat tom onidan dastlab moddiy madaniyat elementlari yaratilganligini, so&#8217;ngra u (moddiy m adaniyat)ning bir necha elementlarini o\u2018zida birlashtirgan (albatta, turli xil vazifalarni bajaruvchi) birm uncha murakkabroq turlari paydo bo\u2018lganligini ko\u2018ramiz. Boshqacha qilib aytganda, insoniyat dastlab o\u2018zining moddiy-biologik ehtiyojlarini qondiruvchi moddiy boyliklarni, so\u2019ng ma\u2019naviy -ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi ma\u2019naviy boyliklarni yaratganliklarini anglab yetamiz. Shu bilan birga moddiy madaniyat har qanday jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasining bazasi &#8212; oddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etadi va jamiyatning ustqurmasi ma\u2019naviy hayotini belgilab beradi. Moddiy ehtiyoj ma&#8217;naviy ehtiyojni belgilab berganidek, moddiy madaniyat ma\u2019naviy madaniyatning shakllanish va rivojlanish jarayonini belgilab beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo bu ma\u2019naviy madaniyat moddiy madaniyatga butunlay tobe, degan ma\u2019noni anglatmaydi. Ayrim tarixiy davrlar, bosqichlar va jarayonlarda ma\u2019naviy madaniyat nisbiy mustaqillikka ega bo\u2019ladi. Tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari va jarayonlari shuni ko\u2018rsatadiki, ayrim hollarda madaniyat jamiyatning umumiy taraqqiyotidan ilgarilab ketadi, ayrim hollarda esa orqada qoladi. Masalan, Yevropadagi Uyg&#8217;onish davrida ma\u2019naviy madaniyat umum ijtimoiy taraqqiyot jarayonidan ancha ilgarilab ketgan. Buyuk kashfiyotlar amalga oshirilgan. Ilg&#8217;or g\u2018oyalar va nazariyalarning vujudga kelishi ijtimoiy taraqqiyotga to\u2018sqinlik qilayotgan diniy mutaassiblik (fanatizm)ni yengadi va yangi ishlab chiqarish usuli &#8212; kapitalistik ishlab chiqarish usuli elementlarining ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga, fan va texnika taraqqiyotiga yo\u2019l ochiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Moddiy va ma\u2019naviy madaniyat yagona birlik va umumiylikda mavjud bo\u2019ladi. Ularni bir-biridan ajratgan holda tasavvur etib bo\u2018lmaydi. Chunki, insonning o\u2018zi biologik va ijtimoiy omillardan iborat bo\u2018lib, biologik mavjudot sifatida o&#8217;zida moddiy ehtiyojlar bilan birgalikda ma&#8217;naviyatga bo&#8217;lgan ehtiyojlami ham birlashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Inson dastlab o&#8217;zidagi biologik ehtiyojlarni qondirish uchun turli xil moddiy boyliklarni, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, turli-tuman uy -ro\u2018zg\u2018or buyumlarini ishlab chiqaradi. Bu iste&#8217;mol vositalarini ishlab chiqarish jarayonida zarur bo\u2018lgan ishlab chiqarish vositaiari (mehnat predmeti va mehnat vositaiari)ni yaratadi. Albatta, moddiy boyliklar insonning muayyan qobiliyat, tajriba, ko&#8217;nikma va malakalarisiz vujudga kelmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo\u2018lgan barcha elementlar: mehnat vositalari. ishlab chiqarish qurollari, insoniy qobiliyat, malaka, ko\u2018nikma va tajriba, shuningdek, iste&#8217;mol vositalari \u2014 moddiy madaniyatning asosiy elementlarini tashkil etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Inson ijtimoiy mayjudot sifatida ma\u2019naviy ehtiyojlarini ham qondirishga harakat qiladi. Insonning ijtimoiy mavjudotligi ijtimoiy ongining turli shakllari; ilmiy, badiiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa qarashlari bilan bevosita bog\u2018liqdir. U o\u2018zining bu qarashlarini insoniyat tomonidan yaratilgan fan, san&#8217;at, huquq, axloq va diniy e\u2019tiqod kabilar orqali ifodalaydi. Kishilar o&#8217;zlarining ma\u2019naviy ehtiyojlarini qondirish, ob\u2019yektiv borliqni va umuminsoniyat tomonidan yaratilgan barcha ma&#8217;naviy boyliklami o&#8217;zlashtirish jarayonida o\u2018z ma\u2019naviy qiyofalarini ham o\u2018zgartira boradilar. Boshqacha qilib aytganda, inson ma\u2019naviy boyliklar yaratish jarayonida o\u2018z qiyofasini o \u2018zgartirib, ijodiy kuch va qobiliyatlarini rivojlantiradi, aqliy, axloqiy va badiiy-estetik jihatdan takomillashadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Madaniyat tushunchasi va uning mohiyati. Yuzaki qaralganda, kundalik hayotda \u201cmadaniyat\u201d so\u2019zidan insonning faoliyat tarzini va jamiyatning qay darajada rivojlanganligini aniqlovchi ko\u2019rsatkich sifatida foydalanilgandek tuyuladi. Lekin madaniyat so\u2019zining mazmun-mohiyatiga chuqurroq e\u2019tibor &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/madaniyat-tushunchasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7929,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[101],"tags":[],"class_list":["post-24074","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-madaniyat","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24074","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24074"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24074\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24081,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24074\/revisions\/24081"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7929"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24074"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24074"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24074"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}