{"id":24082,"date":"2022-04-12T13:26:59","date_gmt":"2022-04-12T10:26:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24082"},"modified":"2022-04-12T14:48:40","modified_gmt":"2022-04-12T11:48:40","slug":"moddiy-va-manaviy-madaniyat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/moddiy-va-manaviy-madaniyat\/","title":{"rendered":"Moddiy va ma\u2019naviy madaniyat"},"content":{"rendered":"\n<p>Madaniyat tushunchasi keng va tor ma\u2019nolarga ega. Keng ma&#8217;nodagi madaniyat tushunchasi o\u2018ziga butun inson amaliy faoliyati natijasida bunyod etilgan barcha moddiy va ma&#8217;naviy boyliklarni qamrab oladi. Madaniyat bu insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi jarayonida, ya\u2019ni tabiat va jamiyatni o\u2018zgartirishga qaratilgan mehnat faoliyati jarayonida vujudga keltirilgan barcha boyliklar m ajm uyidan iboratdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Tor ma\u2019nodagi madaniyat tushunchasi insoniyat ma\u2019naviy hayoti sohasini qamrab oluvchi barcha sohalarga nisbatan ishlatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniyat, birinchidan, insonning biologik va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi iste&#8217;mol vositalari shaklida, ikkinchidan, ishlab chiqarish faoliyati mahsuli sifatida olib qaraladi va ikkiga: moddiy hamda ma\u2019naviy madaniyat kabi turga ajratiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Moddiy madaniyat \u2014 bu, eng avvalo. mehnat qurollari, transport, aloqa vositalari, uy-joylar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar, har xil buyumlar, xullas, insoniyatning moddiy ehtiyojlarini qondiruvchi barcha narsalar hamda kishilaming ishlab chiqarish tajribalari, ko\u2018nikmalari va mahoratlaridir. Ma\u2019naviy madaniyat esa kishilarning bilimlari, tajribalari, urf-odatlari, xulq-atvorlari, fan, adabiyot, san\u2019at, falsafa, axloq, huquq, ilmiy dunyoqarash, diniy e\u2019tiqodlari, ta\u2019lim-tarbiya, matbuot, xullas, insoniyatning ma\u2019naviy ehtiyojlarini qondiruvchi barcha ma\u2019naviy boyliklardir.<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniyat o\u2018z taraqqiyoti jarayonida ayrim tarmoqlarga ham bo\u2018linib boradi. Masalan, ma\u2019naviy madaniyat, badiiy madaniyat, estetik madaniyat, axloqiy madaniyat, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati va boshqalarga bo\u2019linsa, moddiy madaniyat texnika madaniyati, dehqonchilik madaniyati, qurilish madaniyati, turmush madaniyati kabi tarmoqlarga ajraladi. O\u2018z navbatida, bu tarmoqlar bir-biri bilan uzviy bog\u2018liq bolgan turli-tuman tushuncha va xatti-harakatlarni qamrab oladi. Masalan, turmush madaniyati uy-joy qurilishidagi ko\u2018rkamlik, kiyim -kechak, poyafzal, oshxona, uy jihozlari, ozodalik, pazandalik, oila va jam iyatda maishiy xizmat va dam olishni tashkil etishni qamrab olishini tushunamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniyat dunyoni o&#8217;zlashtirish jarayonidir. Inson dunyoni o&#8217;zlashtira borib, o \u2018zining ijodiy kuch-quw ati va qobiliyatini namoyon eta boradi, o \u2018zi yaratgan moddiy va ma\u2019naviy boyliklarda o\u2018z mohiyatini moddiylashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Moddiy va ma\u2019naviy madaniyatlarni bir-biridan ajralgan, alohida holda tasavvur qilish mumkin emas. Aslida, moddiy madaniyat ham, ma&#8217;naviy madaniyat ham insoniy faoliyat natijasidir. Lekin har qanday insoniy faoliyat ma\u2019naviy boylik bo\u2018la olmaydi. Shu sababdan ham madaniyat moddiy va ma&#8217;naviy madaniyatlarga bo\u2019linadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Moddiy va ma\u2019naviy ishlab chiqarish yagona ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni hisoblanib, bu jarayonda moddiy ishlab chiqarish belgilovchi roi o&#8217;ynaydi. Chunki moddiy ne\u2019matlar ishlab chiqarish muayyan jamiyatning barcha tomonlarini, shu jumladan, ma\u2019naviy ishlab chiqarish jarayonini ham belgilab beradi. Aslida ma\u2019naviy ishlab chiqarish &#8212; bu ijtimoiy ong shakllarini tashkil etuvchi davlat, oila, mafkura, huquq, axloq, fan, san\u2019at, diniy e\u2019tiqodlar va boshqalarni ishlab chiqarishdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Moddiy madaniyat. Moddiy boyliklarni yaratishda kishilar ishlab chiqarish vositalari. eng avvalo, mehnat qurollaridan foydalanadilar. Har bir davr moddiy madaniyatining taraqqiyotini o\u2019sha davrda foydalanilgan ishlab chiqarish vositalariga qarab aniqlash mumkin. Masalan, faqat qo\u2018l mehnatidan foydalanilgan davr moddiy madaniyati, undan ko&#8217;ra avtomatlashgan davr va so\u2018ngra, kompyuterlardan foydalaniladigan hozirgi zamon moddiy madaniyati avvalgi davrlar moddiy-texnika taraqqiyotidan ancha yuqori ekanligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Insoniyat ilmiy tafakkuri taraqqiyotining turli davrlariga e\u2019tibor bersak, X-IX asrgacha madaniyat tushunchasi faqat ma\u2019naviy madaniyatga nisbatan ishlatilib kelinganligini ko\u2018ramiz. Asosiy e\u2019tibor moddiy boyliklarni yaratuvchi inson, uning diniy e\u2019tiqodlari, axloqiy hatti-harakatlari, ilm olishga intilishi, ijodkorlik salohiyatiga qaratilgan. Ishlab chiqarish jarayoni, ya&#8217;ni tabiatga ta&#8217;sir ko\u2018rsatib, moddiy boyliklar islilab chiqarish diqqat-e&#8217;tibordan chetda qolgan. Go\u2018yo ishlab chiqarish bilan shug\u2018ullanishi tabiiydek ko\u2018ringan. Bu esa nafaqat insonning moddiy-madaniy boyliklami yaratishdagi o\u2018rnini, balki jamiyatning moddiy hayotini o&#8217;rganishni ham e\u2019tibordan chetda qoldirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kishilarning moddiy boyliklami ishlab chiqarish jarayonidagi o\u2018rni, undan oladigan ulushi, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch sifatidagi qadr-qimmati, huquqlari. burch va majburiyatlari, m oddiy manfaatdorligi, farovon hayot kechirishi masalasi, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida zarur bo&#8217;lgan tajriba, malaka va ko\u2018nikmalarga alohida e\u2019tibor berila boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kishilarning moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayoni moddiy madaniyatning ko&#8217;plab tarmoqlari vujudga kelishiga olib keldi. Odamlaming tabiatga ongli ta\u2019sir ko\u2018rsatishi dastlab dehqonchilik madaniyatini vujudga keltirdi. Agrar sug\u2018orma dehqonchilikni rivojlantirish jarayonida kishilar yerga ishlov berish madaniyatini egalladilar. Hunarmandchilikning taraqqiy etishi esa turli xil kasbiy madaniyatlarning shakllanishiga, ishlab chiqarishga texnikaning kirib kelishi ishlab chiqarish texnika madaniyati kabi moddiy madaniyatning turli sohalarining vujudga kelishiga sabab bo\u2018ldi. Kishilar turmush shart-sharoitlarining yaxshilana borishi o&#8217;zida ham moddiy, ham ma\u2019naviy madaniyatni birlashtiruvchi turm ush madaniyatining vujudga kelishiga olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi paytda zamonaviy texnika yutuqlari jamiyat moddiy m adaniyatining asosini belgilab beruvchi kuchga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Moddiy madaniyatning tarkibiy tuzilishiga nazar tashlasak, u uch xil unsurdan: ishlab chiqarish vositalari, iste&#8217;mol vositalari va yaratuvchanlik faoliyati kabi unsurlardan tashkil topganligini ko\u2018ramiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Ishlab chiqarish vositalari tarkibiga mehnat qurollari va ular bilan ta\u2019sir ko\u2018rsatiladigan mehnat manbayi, transport va aloqa vositalari, ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan turli xil sun&#8217;iy inshootlar kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uy-joy, kiyim-kechak, oziq -ovqat, uy -ro\u2018zg\u2018or buyumlari iste\u2019mol vositalarining tarkibiga kiradi. Ishlab chiqarish va iste\u2019mol vositalarining qay tarzda shakllanganligiga qarab muayyan xalq, elat yoki millatning umum madaniy taraqqiyotiga baho berish mumkin. Masalan, birgina iste&#8217;mol vositalarini o&#8217;rganish xalqning ehtiyojlari ko\u2019lami qay darajadaligini ko\u2018rsatadi, chunki ehtiyojlarning keng ko&#8217;lamliligi moddiy- madaniy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Moddiy madaniyatning uchinchi unsuri moddiy boyliklarni yaratish, rivojlantirish, boyitish va ulardan foydalanish kabilarni o&#8217;z ichiga oladi. Yaratuvchanlik faoliyati jarayonida kishilarning bilimlari, malakalari, ko\u2018nikma, ijodiy salohiyati va kasbiy tajribalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ko&#8217;chadi va moddiylashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xulosa qilib aytganda, jamiyatning moddiy madaniyati, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalari va ularning natijalarini o \u2018z ichiga oladi. Moddiy madaniyat kishilarning moddiy ehtiyojlarini qondirish, yuqori darajadagi farovonlikni ta\u2019minlaydigan shart-sharoitlarini yaratish jarayonidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019naviy madaniyat. Ma\u2019naviy madaniyat bu ma\u2019naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong shakllarini vujudga keltirish sohalaridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019naviy madaniyat haqida fikr yuritishdan avval, uning jamiyat ma\u2019naviy hayoti tushunchasidan farqini aniqlab olish zarur. Jamiyatning ma\u2019naviy hayoti tushunchasi kishilar, jamoa, elat, millat, sinflar hayoti ma\u2019naviy jarayonlarini xarakterlovchi umumiy tushuncha hisoblanadi. Bizningcha, ma\u2019naviy madaniyat muayyan jamiyatning mafkura sohasi, ijtimoiy psixologiya, axloq, san\u2019at, diniy e\u2019tiqodlar kabi tomonlarini tashkil etadi. Ma\u2019naviy madaniyat tushunchasi tarixiy jihatdan yo\u2018lga qo\u2018yilgan ma\u2019naviy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste\u2019mol (foydalanish) jarayonlarini ham qamrab oladi. Ma\u2019naviy madaniyat ijtimoiy ong shakllarining u yoki bu yig\u2018indisi emas, balki muayyan g\u2018oyalar, qarashlar, tasavvurlar, tushunchalar va boshqalarni vujudga keltiruvchi ijodiy faoliyatdir. Hozirgi zamon madaniyatshunoslaridan V .M .M ejuyev, S.N .Artanovskiy, A .I.Arnoldov, E .A .B aller, E .V .Sokolov, M .Xayrullayev, S .Shermuhamedov, U.Qoraboyev, A .Erkayev, K.Xonnazarov, A .Eshonqulov, M .Abduliayev va boshqalar ko\u2018rsatib o \u2018tishganidek, ma\u2019naviy madaniyat bu \u2014 ma\u2019naviy boyliklarni ishlab chiqarish, unga mos bo&#8217;lgan munosabatlam i birlashtiruvchi kishilar hayotiy faoliyatining ijodiy mazmunidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, ma\u2019naviy ishlab chiqarish kishilar o\u2018rtasidagi o\u2018zaro munosabatlarni ham, ijtimoiy ong shaklini shakllantirishga yordam beruvchi turli xil vositalar, muassasalar, tashkilotlarni ham o\u2018z ichiga qamrab oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019naviy ishlab chiqarish o\u2018ziga insoniy his-tuyg\u2018ularni, sezgi va idrokni, m antiqiy va badiiy tafakkurni, estetik kechinmalar, ideal tushuncha va orzu-havaslarni, nazariyalar va qarashlarni, mulohaza va boshqalarni birlashtiruvchi insoniy faoliyat hamdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Turli xil tasavvurlar, g\u2018oyalar, nazariyalar, ta&#8217;limotlar, ilmiy bilimlar, san\u2019at asarlari, axloqiy va huquqiy me\u2019yorlar, falsafiy va siyosiy qarashlar, mifologiya va din ma\u2019naviy madaniyatning asosiy unsurlari hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019naviy madaniyatning ayrim elementlar (tarkibiy qismlar)i muayyan norm ativ (me\u2019yoriy) vazifani bajaradi. Masalan, siyosiy, huquqiy, axloqiy qarashlar, shuningdek, ma\u2019naviy qadriyatlar hisoblanuvchi urf-odatlar, marosimlar, rasm -rusum va udumlar kishilarda muayyan me\u2019yoriy xatti-harakatlarga amal qilishni talab qiladi. Ma\u2019naviy qadriyatlar o&#8217;zida ko\u2018proq axloqiy me\u2019yorlami birlashtirib, kishilarning axloqiy xatti-harakatlarini nazorat ostiga oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Moddiy va ma\u2019naviy madaniyatlarning o \u2018zaro bog\u2018liqligi va farqli jihatlari.<strong> <\/strong>Moddiy va ma&#8217;naviy madaniyatlaming o&#8217;zaro bog\u2018liqligi kishilarning ehtiyojlari, qobiliyatlari, maqsadlarining moddiy ko\u2018rinishga aylanishida yaqqol ko \u2018zga tashlanadi. Masalan, madaniy qadriyatlarda ehtiyojlar, qobiliyatlar, maqsadlar ham ma\u2019naviy ko\u2018rinishda, ham moddiy ko\u2018rinishda namoyon bo\u2018ladi. Yoki xalqimiz tarixiga oid muzeyga qo\u2018yilgan eksponatlarni tomosha qilar ekanmiz, ularda o&#8217;tmish ajdodlarimizning didlari, dunyoqarashlari, intilishlari va orzu &#8212; umidlari, tabiatga bo\u2018lgan m unosabatlari, ijodiy imkoniyatlari, qobiliyatlari, ya\u2019ni ma&#8217;naviy dunyosining qay darajada shakllanganligini anglab yetamiz. Shuningdek, kiyimlarimiz, turli xil binolar, oziq-ovqatlar, transport vositalari, turfa uy-ro\u2018zg\u2018or buyumlarimiz va boshqalar aslida moddiy-madaniy boyliklar hisoblansa-da, ularda kishilaming dunyoqarashi, didi, orzu-umid va his-tuyg\u2018ulari, intilishlariyu ruhiy holatlari, bilimlariyu tajribalari o\u2018z ifodasini topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz yashab turgan dunyoda moddiy va ma&#8217;naviy madaniyatning unsurlari bir butunlik va o&#8217;zaro ta&#8217;sir doirasida mavjud bo&#8217;ladi. Masalan, moddiy va madaniy boyliklarni yaratishda mehnat qurollari: ish qurollari, texnika, texnologiya, uy-ro\u2018zg\u2018or buyumlari va boshqalar moddiy madaniyatdagi; so\u2018z. xatti-harakat, bo\u2018yoq, loyiha, qog&#8217;oz, yozuv qurollari va boshqalar ma\u2019naviy madaniyatdagi asosiy mehnat qurollari hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Moddiy boyliklar: kiyim-kechak. turaijoy, oziq-ovqat, transport va aloqa vositalari, yordamchi inshootlar; ma&#8217;naviy boyliklar: me\u2019moriy yodgorliklar, musiqa, kino, haykaltaroshlik, teatr tomoshalari, adabiy va ilmiy asarlar, matbuot va televideniye faoliyati va boshqalarni yaratish mehnat jarayonisiz vujudga kelmaydi. Mehnat mahsulotlarining yaratilishi qachonki ma&#8217;naviy-madaniy boyliklar o&#8217;zlarining yaratuvchilari tomonidan idrok etilgan taqdirdagina moddiy-madaniy boyliklarga aylanadi, moddiylashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Moddiy va ma\u2019naviy madaniyatlar nafaqat o&#8217;zaro bir-biri bilan bog&#8217;liq holda mavjud bo&#8217;ladi, balki ularni bir-biridan ajratib turuvchi farqli jihatlar ham ko\u2018zga tashlanib turadi. Bu farq, birinchidan, ma&#8217;naviy madaniyatning ikki shaklda \u2014 predmetlar va faoliyatning mahsuli sifatida mavjud bo\u2019lishida ko\u2018zga tashlanadi. Kitoblar, tasviriy va haykaltaroshlik san\u2019ati asarlari, me\u2019moriy yodgorliklar, kinofllmlar, televideniye va boshqalar ma\u2019naviy madaniyatning moddiy, ya&#8217;ni predmet shaklidagi kolrinishlaridir. Sozanda, xonanda, raqqos, aktyor, suxandon. pedagoglarning va targ&#8217;ibotchilarning ijro hamda mahoratlari faoliyatning mahsullari hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Moddiy madaniy boyliklar vaqt o&#8217;tishi bilan eskiradi, vayron bo\u2019ladi, buziladi, xizmat vazifasini o\u2019tab, nom-nishonsiz yo\u2018q bo\u2018lib ketishi mumkin. Ma\u2019naviy madaniy boyliklar esa asrlar o&#8217;tsa-da, keyingi avlodlar ongi va ko\u2018z o\u2018ngida milliy qadriyatlar shaklida saqlanib qoladi. Ulardagi asosiy mazmun, g\u2018oyalar, tamoyillar. me&#8217;yorlar avlodlardan avlodlarga o\u2018tadi, abadiy yashab qoladi. Ular har bir tarixiy-madaniy jarayonda ijtimoiy taraqqiyotga yordam beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Moddiy va ma\u2019naviy madaniyatlar o\u2018rtasidagi ikkinchi farqli jihat insonning moddiy ehtiyojlari \u2014 oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqalarga bo\u2018lgan ehtiyojlari ma\u2019lum darajada cheklangan boladi. Ma\u2019naviy ehtiyojlari, ya\u2019ni bilim olish, san\u2019at asarlarini tomosha qilish yoki tinglashi, fan sohalarini o\u2018rganishi, kishilar bilan m uloqotda bo\u2018lishi, urf-odatlar, marosimlami tashkil etishi yoki undagi ishtiroki hamda aqliy faoliyatning boshqa turlariga ehtiyoji doimo va to&#8217;xtovsiz ravishda oshib boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uchinchidan, moddiy va ma\u2019naviy madaniyat o\u2018rtasidagi farqlardan yana biri shuki, moddiy qadriyatlar (moddiy madaniyat) ko\u2018proq iste\u2019molga mo\u2018ljallangan bo\u2018lsa, ma&#8217;navjy qadriyatlar (ma\u2019naviy madaniyat) inson shaxsini shakllantinshga, uni kamol toptirishga xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2018rtinchidan, moddiy madaniyatning turli elementlari aniq ehtiyojlarni qondirishga mo\u2019ljallangan bo\u2018ladi. Masalan, mehnat qurollari faqat ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga, oziq-ovqat faqat tirik organizmning moddalar almashinuvi ehtiyojini qondirishga, kiyim -kechaklar tabiat hodisalari ta\u2019siridan saqlanishga xizmat qiladi. Shuningdek, transport va aloqa vositalarining, uy-ro\u2018zg\u2018or buyumlarining ham aniq bir vazifalari mavjud. Ma\u2019naviy madaniyatning har bir unsuri ko&#8217;p qirrali xususiyatga ega bo\u2018ladi, ya\u2019ni o\u2018zida boshqa elementlar (tarkibiy qismlar)ning vazifalarini birlashtiradi. Masalan, san\u2019atni olib qarasak, u nafaqat badiiy estetik, balki siyosiy, axloqiy, mafkuraviy, diniy mazm unga ham ega bo\u2018ladi. Yoki huquq o\u2018zida axloqiy, siyosiy, mafkuraviy va hatto, diniy mazmun-mohiyatni birlashtiradi. Ma\u2019naviy qadriyatlarda ham siyosiy, mafkuraviy, huquqiy, axloqiy, falsafiy, estetik, diniy mazmun birlashib keladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Madaniyat tushunchasi keng va tor ma\u2019nolarga ega. Keng ma&#8217;nodagi madaniyat tushunchasi o\u2018ziga butun inson amaliy faoliyati natijasida bunyod etilgan barcha moddiy va ma&#8217;naviy boyliklarni qamrab oladi. Madaniyat bu insoniyatning ijtimoiy-tarixiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/moddiy-va-manaviy-madaniyat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7929,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[101],"tags":[],"class_list":["post-24082","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-madaniyat","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24082","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24082"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24082\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24084,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24082\/revisions\/24084"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7929"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24082"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24082"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24082"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}