{"id":24086,"date":"2022-04-12T15:03:54","date_gmt":"2022-04-12T12:03:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24086"},"modified":"2022-04-12T15:03:55","modified_gmt":"2022-04-12T12:03:55","slug":"madaniyatning-vazifalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/madaniyatning-vazifalari\/","title":{"rendered":"Madaniyatning vazifalari"},"content":{"rendered":"\n<p>Madaniyat ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida jamiyatning rivojlanishiga o\u2018z ta\u2019sirini ko\u2018rsatmasdan qolmaydi. Bu ta\u2019sir madaniyatning jamiyat hayotida bajaradigan vazifalarida o\u2018z ifodasini topadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1. Madaniyat, eng avvalo, bilish funksiyasi (vazifasi)ni bajaradi. Kishilar turli tarixiy davrlarda o&#8217;zlarining moddiy va ma&#8217;naviy ehtiyojlarini qondirishga harakat qilganlar. Natijada o&#8217;zlariga ta\u2019sir ko\u2018rsatuvchi tabiatning voqea va hodisalari, tabiatdagi narsalar va predmetlarning xususiyatlari hamda ichki qonuniyatlarini bilishga intilganlar. Ularning noma&#8217;lum jihatlarini ocha borganlar. Ayrimlarini bo\u2018ysundirib, ayrimlariga moslashganlar. turli xil xulosalarga va to\u2018xtamlarga kelganlar. Natijada o\u2018zlarining bilim darajalarini oshira borganlar, ya\u2019ni o&#8217;zlari egallagan bilimlarini o&#8217;zlari yaratgan madaniy boyliklarda moddiylashtirganlar. Demak, madaniyat insonning ijtimoiy voqelikni bilib olishidir. Inson atrof-muhitni bila borib, o\u2018z -o\u2018zini moddiy boyliklarning haqiqiy yaratuvchisi ekanligini, jamiyatdagi o\u2018z o\u2018rni va mavqeyini anglay boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>2. Madaniyatning axborot berish (informativ) vazifasi. Inson o\u2018zini qurshab turgan moddiy dunyo va ijtimoiy muhitni o\u2018zlashtirib hamda anglab borishi natijasida muayyan darajadagi bilim, tajriba, malaka va ko\u2018nikmalai\u00a3a ega bo\u2018la boradi. Ularni boshqa kishilarga, guruh yoki tabaqalarga, o\u2018zidan keyin kelayotgan avlodlaiga yetkazib berish ehtiyojiga ega bo\u2018ladi. Insoniyat hayotining dastlabki davrlarida, ya\u2019ni yozuvning kashf etilguniga qadar kishilar o\u2018zlarining bilimlari, tajriba, malakalarini og\u2018zaki yo\u2018l &#8212; xalq og\u2018zaki ijodi nam unalari orqali, so\u2018ngra yozuv orqali yetkazib berganlar. Hozirgi kunda madaniyatning axborot berish vazifasini ommaviy axborot vositalari, ta\u2019lim tizimi, fan va adabiyot, san\u2019at va qadriyatlar bajarmoqda. Bu vositalar yordamida ham o\u2018tmishda to\u2018plangan, ham bugungi kundagi tajribalar o\u2018zlashtirila boshlandi. Shu boisdan ham biror xalqning madaniyatda erishgan yutug\u2018i boshqa xalqlar tomonidan qabul qilinadi. Demak, madaniyatning ana shu vazifasi tufayli hech qaysi xalq o\u2018z madaniyatini yana qaytadan boshlamaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>3. Madaniyatning aloqa bog&#8217;lashlik (kommunikativ) vazifasi. Yaratilgan va yaratilayotgan har qanday m adaniyatni kishilar, guruhlar, tabaqalar, xalqlar, elat yoki millatlarning o\u2018zaro aloqa-muloqotisiz tasavvur qilish qiyin. Ikkinchi tomondan esa madaniyat insonning o\u2018zaro aloqasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniyatning mazkur vazifasi nafaqat zamonamizning asosiy aloqa bogiovchi vositasi hisoblanadi, balki o\u2018tmish ajdodlarimiz, boshqa xalqlar, elat va millatiarning o\u2018tmish buyuk siymolari bilan bevosita aloqa bog\u2018lashimizga yordam beradi. Masalan, biz nafaqat Forobiy, Ibn Sino, Beruniy yoki boshqa o\u2018tmish ajdodlarimizning, balki, dunyo xalqlari va ularning ko\u2018plab ulug\u2018 siymolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-umidlari, his-tuyg\u2018ulari va turmush tarzi haqidagi tasavvurlarga ham ega bo\u2018lamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni unutmaslik kerakki, madaniyatning bu vazifasi kishiga ikki xil &#8212; ham ijobiy, ham salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatishi mumkin. Masalan, Sharq xalqlarining tabiati va ruhiyatiga, axloqiy va estetik qarashlariga yot bo\u2018lgan begona m adaniy tuzumlar kishilarimizga salbiy ta\u2019sir ko&#8217;rsatadi. Lekin umuminsoniyat tomonidan qadrlanadigan umumaxloq, huquq, badiiy tafakkur, iymon-e\u2019tiqod me\u2019yorlari kishilarga ijobiy ta\u2019sir ko\u2018rsatib, komil insonni shakllantirishga yordam beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>4. Madaniyatning tartibga solish (regulativ) vazifasi. Kishilarning tabiat, jamiyat va boshqa kishilarga nisbatan bo\u2018lgan munosabatlari jamiyat ustqurmasining asosiy elementlari hisoblanuvchi davlat tashkilotlari. ular olib boruvchi siyosat, uni mustahkamlovchi va tarqatuvchi huquq hamda mafkura. axloq, san\u2019at, ijtimoiy-gumanitar fanlar va din tomonidan tartibga solib turiladi. Ijtimoiy hodisa hisoblanuvchi turli xil marosimlar va urf-odatlar ham madaniyatning tartibga soluvchilik vazifasini bajaradi. Kishilaming atrof-muhitga nisbatan bo\u2018lgan munosabatlari natijasida axloqiy, estetik, diniy, siyosiy va huquqiy me\u2019yorlar vujudga keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>5. Madaniyatning baholash funksiyasi (vazifasi). Inson tomonidan yaratilgan va hozirgi kunimizgacha asrab-avaylanib, qadrlanib va saqlanib kelinayotgan barcha madaniy qadriyatlar turli davrlarda yashagan kishilaming bergan baholari tufayli bizgacha yetib kelgan. Chunki turli davrlarda yaratilgan madaniy boyliklar har doim ham jamiyat taraqqiyoti uchun ijobiy rol o\u2018ynab kelmagan. Madaniy boyliklarga baho berishda har bir davr kishilarining o\u2018z qarashlari va qadriyatlari m uhim o\u2018rin tutadi. Xulosa qilib aytganda, shakllangan va barqaror holatga kelgan qadriyatlargina madaniyatning boyishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, salbiy hodisalarning jamiyat taraqqiyotiga va kishilar manfaatiga zid bo\u2019lgan me&#8217;yorlarning jamiyat hayotidan joy olishiga yo\u2018l qo\u2018ymaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniyatning aynan baholash vazifasi tufayli eng nodir, eng qimmatli madaniy boyliklar tanlanadi, ularni yaratish jarayonidagi barqarorlik. davomiylik va vorislik ta&#8217;minlanadi. Madaniyatning yuqorida sanab o\u2018tilgan barcha vazifalari bir-birlari bilan uzviy aloqadorlik va bog\u2018lanishda bo\u2019ladi. Ular bir-birini to\u2019ldiradi, boyitib boradi va pirovard natijasida ijtimoiy taraqqiyot hamda shaxs kamolotiga xizmat qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Madaniyat ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida jamiyatning rivojlanishiga o\u2018z ta\u2019sirini ko\u2018rsatmasdan qolmaydi. Bu ta\u2019sir madaniyatning jamiyat hayotida bajaradigan vazifalarida o\u2018z ifodasini topadi. 1. Madaniyat, eng avvalo, bilish funksiyasi (vazifasi)ni bajaradi. Kishilar turli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/madaniyatning-vazifalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7929,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[101],"tags":[],"class_list":["post-24086","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-madaniyat","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24086","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24086"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24086\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24087,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24086\/revisions\/24087"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7929"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24086"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24086"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24086"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}