{"id":24089,"date":"2022-04-12T16:07:04","date_gmt":"2022-04-12T13:07:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24089"},"modified":"2022-04-12T16:07:05","modified_gmt":"2022-04-12T13:07:05","slug":"madaniyat-va-madaniy-meros","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/madaniyat-va-madaniy-meros\/","title":{"rendered":"Madaniyat va madaniy meros"},"content":{"rendered":"\n<p>XX asrning so\u2018nggi choragi nafaqat texnik taraqqiyotning yuqori darajaga ko&#8217;tarilganligi, balki milliy madaniyatlarning yuksalishi, turli etnik guruhlar va millatlarning o\u2018zligini anglashi, o\u2018z milliy madaniy qadriyatlari va merosini tiklashga bo&#8217;lgan intilishlarining kuchayganligi bilan ham xarakterlanadi. Milliy o&#8217;zlikni anglash jarayoni sobiq sotsialistik lager va sobiq sho\u2018rolar davlatining parchalanishi tufayli yanada teziashdi va yaqqolroq ko&#8217;zga tashlana boshladi. Milliy va mafkuraviy istibdod iskanjasidan ozod bo\u2019la boshlagan turli etnik guruhlar o\u2018zlarining unutilayotgan azaliy va madaniy merosini tiklay boshladilar. Bu jarayonni 130 yil mustamlakachilik iskanjasida bo\u2018lgan xalqimizning o\u2018zligiga qaytishi va madaniy merosni qaytadan tiklashdagi intilishida ham ko&#8217;rsak bo\u2019ladi. Ayniqsa, jamiyatni isloh qilish jarayonida madaniy merosga bo\u2018lgan munosabat tubdan o&#8217;zgardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu xususda Prezidentimiz Islom Karimov birinchi chaqiriq Oliy Majlisning IV sessiyasida so\u2018zlagan nutqida: \u00abJamiyatimizni isloh qilish va yangilash boshlangani tufayli inson ma\u2019naviyati, yuksak axloqi va madaniyatining qudratli qatlamlari ochildi, go\u2018zal milliy an\u2019analar tiklandi, jahon sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo&#8217;shgan ajdodlarimizning ulkan ma\u2019naviy merosiga murojaat etish boshlandi\u00bb, degan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniy meros deganda biz nimani tushunamiz? Madaniy merosni tiklashdan ko\u2018zlangan maqsad nima? Madaniy merosni tiklashda qaysi mezonlarga amal qilinadi?<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniy meros tushunchasini aniqlab olish uchun, umuman, meros, madaniy meros va ma&#8217;naviy meros tushunchalarini bir-biridan farqlay olishimiz zarur.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abMeros\u00bb tushunchasi keng ko\u2019lamli tushuncha bo\u2018lib, u o\u2018ziga madaniy va ma\u2019naviy meroslarni ham birlashtiradi. Meros &#8212; bu insoniyat tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida yaratilgan va keyingi avlodlargacha yetib kelgan moddiy va madaniy boyliklar yig\u2018indisidir. Madaniy meros esa o\u2018tmish ajdodlarning o\u2018z avlodlariga vorisiylik asosida yetkazib berilgan, asrlar, dolg\u2018ali davrlar, buhronli kunlar sinovlaridan o\u2018tib kelgan, insoniyatning hozirgi va keyingi davrlari taraqqiyotiga yordam beruvchi moddiy va ma\u2019naviy boyliklari majmuyidir. Ma\u2019naviy meros esa, o\u2018tmish ajdodlarning hayo\u00ediy tajribalari, dunyoqarashi, axloq-odobi, iymon -e\u2019tiqodi, badiiy-estetik, ilmiy, falsafiy, siyosiy-huquqiy qarashlari va milliy-ma\u2019naviy qadriyatlari yig\u2018indisidir.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abMadaniy meros\u00bb aslida m adaniyatshunoslik (\u00abmadaniyat tarixi va nazariyasi\u00bb) fanining asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniy meros, umuman, merosning, ma\u2019naviy meros esa madaniy merosning doirasiga kiradi. O\u2018tmishdan bizga yetib kelgan barcha narsalar umumiy merosni tashkil etsa-da, faqat uning madaniy qadriyatlar darajasiga chiqqan qismigina madaniy meros hisoblanadi. Masalan, sobiq sho\u2018rolar davrida yaratilgan, uning siyosati va mafkurasiga xizmat qilgan va uni targ&#8217;ib etgan, endilikda mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmay qo\u2018ygan ayrim badiiy asarlar, kinofilmlar, teatr va musiqa, haykaltaroshlik va tasviriy san&#8217;at asarlari, inqilob, quloqlashtirish, bosmachilik harakati va ularga qarshi kurashganlar haqidagi asarlar madaniy meros bo\u2018la olmaydi. Ularni faqat tarixiy fakt sifatida saqlab qo&#8217;yish mumkin, xolos.<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniy va ma\u2019naviy meros o\u2018rtasiga \u00abbuyuk Xitoy devori\u00bbni qo\u2018yib bo\u2018lmaydi. Sababi, ma\u2019naviy faoliyatning ma\u2019naviy-ruhiy bilimlar. qobiliyatlar, iste\u2019dod va salohiyat, aql-farosat, ilmiy va am aliy bilim lar, tajriba, malaka va ko\u2018nikmalar kabi elementiari madaniy merosning yaratilishida bevosita ishtirok etadi. Boshqacha qilib aytganda, insonning ma\u2019naviy-ruhiy holatlari natijalari madaniy merosda moddiylashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniy va ma\u2019naviy meroslar, birinchidan, umumiy va xususiy jihatlar (madaniy merosda umumiylik, ma&#8217;naviy merosda xususiylik) ning ustunlik qilishi, ikkinchidan, madaniy meros, umuman, madaniyat yutuqlarini, ma\u2019naviy meros esa faqat ma\u2019naviy madaniyat yutuqlarini qamrab olishi jihatlari bi\u00edan bir-biridan farqlanadi. Ma\u2019naviy merosga nafaqat madaniyatning moddiylashgan shakl\u00edari (arxitektura, kinofllm, sahna asar\u00edan, badiiy asarlar va boshqalar), balki ilm-fan, falsafiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy, diniy g&#8217;oyalar, tushunchalar, tasavvurlar va boshqalar ham kiradi. Ma\u2019naviy meros zamonlar o \u2018tsa-da, o\u2019z qadrini yo\u2018qotmaydi, barcha davrlarda kishilarning ongi va his-tuyg\u2018usiga ta\u2019sir etib, ezgulikka chorlaydi. Ma\u2019naviy meros kishilarning umum saviyasini kengaytiruvchi bilimlarning bitmas-tuganmas manbayi hamdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Albatta, o&#8217;zligini anglayotgan har bir xalq, miilat yoki elat o\u2018z ajdodlarining madaniy merosini tiklash, asrab-avaylash, r\u00edvojlantirish, boyitishga, keyingi avlodlarga yetkazib berishga harakat qiladi. O\u2018zbek xalqining bundan ko&#8217;zlagan maqsadi, avvalo, unutilayotgan mi\u00fciy-madaniy merosimizni qaytadan tiklash, o&#8217;zligimizni saqlab qolish va hozirgi davr ijtimoiy taraqqiyotiga javob beradigan komil insonni vujudga keltirishdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Albatta, o\u2018tmish madaniy merosini tiklash va uni o\u2018rganishda unga tobe bo&#8217;lib qolmaslik o\u2018ta muhim . Hozirgi kunda o\u2018tmish madaniy merosiga jamiyatimizni isloh qilish nuqtayi nazaridan turib, ayrimlariga yangicha mazmun bag&#8217;ishlagan holda yondashish talab qilinadi. Masalan, islom madaniy merosiga m utaassiblik va aqidaparastlik nuqtayi nazaridan emas, aksincha, umuminsoniy madaniy boylik, iymon-e\u2019tiqod pokligiga, umuminsoniy axloq me\u2019yorlari, ma\u2019naviy hayotimizni boyituvchi azaliy qadriyatlarimizni mustahkamlovchi. milliy qiyofamizni namoyon qiluvchi asosiy manba sifatida yondashishimiz zarur.<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniy merosga baho berganda uning qay darajada milliy madaniyatimiz ravnaqiga xizmat qila olishini, xalqimiz ma&#8217;naviy hayotini shakllantirishi va m ustahkamlashi, kishilarimizni ezgulik va poklikka chorlay olishini, yovuzlik, tubanlik, nopoklik va axloqsizlikka qarshi kurasha olishini asosiy mezon qilib olish zarur.<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy madaniy merosimizga yondashishda quyidagi umuminsoniy mezonlarga suyanishimiz maqsadga muvof\u00edqdir: a) insonparvarlik: b) vatanparvarlik; d) xalqchillik; e) taraqqiyparvarlik.<\/p>\n\n\n\n<p>Umuman olganda, madaniy merosga inson, vatan, xalq va umumjamiyat taraqqiyoti manfaatlaridan kelib chiqqan holda yondashiladi. Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz Islom Karimov ta\u2019kidlaganlaridek, ota-bobolarimizdan bizga boy ma\u2019naviy meros qolgan. Endi biz o \u2018sha ulkan ma\u2019naviy salohiyatni yanada yuksaltirishimiz, farzandlarimizga, kelajak avlodga munosib meros qilib qoldirishimiz kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XX asrning so\u2018nggi choragi nafaqat texnik taraqqiyotning yuqori darajaga ko&#8217;tarilganligi, balki milliy madaniyatlarning yuksalishi, turli etnik guruhlar va millatlarning o\u2018zligini anglashi, o\u2018z milliy madaniy qadriyatlari va merosini tiklashga bo&#8217;lgan intilishlarining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/madaniyat-va-madaniy-meros\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7929,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[101],"tags":[],"class_list":["post-24089","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-madaniyat","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24089","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24089"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24089\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24090,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24089\/revisions\/24090"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7929"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24089"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24089"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24089"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}