{"id":24092,"date":"2022-04-12T20:06:13","date_gmt":"2022-04-12T17:06:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24092"},"modified":"2022-04-12T20:06:15","modified_gmt":"2022-04-12T17:06:15","slug":"madaniyat-va-sivilizatsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/madaniyat-va-sivilizatsiya\/","title":{"rendered":"Madaniyat va sivilizatsiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Falsafa, sotsiologiya va madaniyatshunoslikka oid fan sohalarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalariga ilmiy yondashuv mavjud bo\u2018lib, ikkala tushunchaning mazmun-mohiyati va bir-biridan farqli jihatlarini tahlil qilib bcrish o&#8217;ta muhim ahamiyatga ega. Chunki ikkala atama ham bir xil mazmunga egadek bo\u2018lib ko&#8217;rinadi. To\u2018g\u2018ri, hozirgi paytda ko\u2018pgina xalqlarda sivilizatsiya atamasi madaniyatning sinonimi sifatida qo\u2018llaniladi. Ayrim xalqlar. masalan, fransuzlar madaniyat so\u2018zi o\u2018rniga sivilizatsiya so\u2018zini qo\u2019llashsa, nemislar dastlab madaniyat, so\u2018ngra sivilizatsiya, ruslar esa avval sivilizatsiya, so\u2018ngra madaniyat so\u2018zini ishlatishadi. Ikkala atama bir xil ma&#8217;non i anglatadimi? Bu savolga javob berish uchun, eng avvalo, sivilizatsiya atamasining lug\u2018aviy ma\u2019nosi va mazmun-mohiyatini bilib olishimiz zarur. (\u00abMadaniyat\u00bb so\u2018zining lug\u2018aviy ma\u2019nosi va mazmun-mohiyatini oldingi mavzularimizda ko\u2018rib o\u2018tgan cdik. Shu boisdan \u00abmadaniyat\u00bb so\u2018zining lug \u2018aviy ma\u2019nosiga qaytadan to\u2018xtalmaymiz).<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abSivilizatsiya\u00bb lotincha (civilis) so\u2019z bo&#8217;lib, \u00abgrajdanlik\u00bb (\u00abfuqarolik\u00bb), \u00abgrajdanlikka oid\u00bb, \u00abdavlatga oid\u00bb degan m a\u2019nolarni anglatadi. Hozirgi kunda madaniyatshunoslikka oid fanlarda \u00absivilizatsiya\u00bb so&#8217;zidan muayyan jamiyat rivojlanishining ma\u2019lum bir taraqqiyotga erishgan davrini ifodalash uchun qo\u2019llash keng tarqalgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cSivilizatsiya\u201d atamasini dastlab shotlandiyalik tarixchi va faylasuf A.Fergyusson (1723-1816) o\u2018z asarlarida qo\u2018llagan. U ning fikriga ko\u2018ra, jahon tarixiy jarayonining ma\u2019lum bir bosqichi sivilizatsiyadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Fransuz ma\u2019rifatparvarlaridan Monteske, Volter va boshqalarning asarlarida adolat va aql-idrokka asoslangan jamiyat haqiqiy sivilizatsiyalashgan jamiyatdir. Chunki adolat va aql-idrokka asoslangan jamiyatgina kishilarga haqiqiy baxt-saodat olib keladi. Adolatsiz va bilimsizlikka asoslangan jamiyat kishilarga kulfat va nadomat keltiradi, insoniyatni ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tanazzulga olib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar insoniyat tarixining eng dastlabki davri \u2014 ibtidoiy jamoa tuzumi davriga e\u2019tibor bersak, o\u2018sha davrda yashagan turli xil qabilalar hozirgi davrda nazarda tutiladigan madaniy taraqqiyot \u2014 sivilizatsiyaga erishmaganlar. Eramizdan taxminan 5 ming yillar avval yer yuzining ayrim mintaqalari, ayniqsa, Sharq (qadimgi Shumer, Misr)da sivilizatsiyalar vujudga kela boshladi. Chunki hali ibtidoiy jamoa tuzumi davrida sivilizatsiya me\u2019yorlari hisoblanuvchi na moddiy va na ma&#8217;naviy boyliklarni yarata olmaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Nemis faylasufi O.Shpengler o&#8217;zining 1918- yilda yozgan \u00abYevropaning soknishi\u00bb asarida sivilizatsiyaga \u00abtexnik-mexanik elementlarning umumiy yig\u2018indisi\u00bb, degan ta&#8217;rifni bersa, madaniyatni \u00abxalqning um um qalbini aks ettiruvchi va muayyan hayotiy jarayonni yashovchi biqiq organizm\u00bb, deb atadi. Uningcha, sivilizatsiya induvidual taqdirga ega bo\u2019lgan, tug&#8217;ilish, ravnaq topish va o\u2018lish davrlaridan iborat bo\u2018lgan ayrim jamiyatdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Faylasufning fikriga ko\u2018ra, madaniyat vaqtda cheklangan. Sivilizatsiyaning, ya\u2019ni texnik taraqqiyot va sanoatning yuksalishi, yirik shaharlaming tezlikda ko&#8217;payishi, siyosat, fan va iqtisodiyot sohasidagi eng yirik muammolarning paydo bo\u2019lishi madaniyatning halok bo\u2018lishini anglatadi. Madaniyat inqirozi jamiyat, xalq va millatni albatta halokatga olib keladi. Demak, uning fikriga \u043a\u043e ra, sivilizatsiya jamiyatni maqtanarli holatga oiib kelmaydi, balki jamiyatni mushkul ahvolga solib qo\u2018yadi. Shuning uchun ham sivilizatsiya har qanday madaniyatning tugallanuvchi bosqichi hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ingliz faylasufi Arnold Toynbi esa sivilizatsiya atamasidan o\u2018ziga xos boshqa jamiyatlar va davrlardan ajralib turuvchi cheklangan yopiq jam iyatni ifodalash uchun foydalangan. U insoniyat madaniy-tarixiy jarayonini 21 ta sivilizatsiyaga ajratadi. Uning fikricha, har bir sivilizatsiya vujudga kelish, o\u2018sish, tanazzul va yemirilish bosqichlarini bosib o\u2018tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nomlari yuqorida keltirilgan olimlaming fikrlarini umumlashtirib aytadigan bo\u2018lsak, sivilizatsiya, birinchidan, insoniyatning farovonligini ta\u2019minlaydigan, adolat haqidagi azaliy orzularini ro&#8217;yobga chiqaradigan jamiyat bo&#8217;lsa, ikkinchidan, insoniyatni halokatga olib boruvchi, axloqsizlik, adolatsizhk va yovuzlik hukmron bo&#8217;ladigan, insonni insoniylik qiyofasidan mahrum etuvchi jamiyatdir. Albatta, bu ikkala qarash madaniyat va sivilizatsiyalami bir-biriga qarama-qarshi qo\u2018yish hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi kunda ko\u2018plab olimlarning asarlari, ilmiy va ma&#8217;lum otnoma shaklidagi adabiyotlarda sivilizatsiya jamiyat rivojlanishining ma\u2019lum bir bosqichini, ya\u2019ni sivilizatsiyalashmagan jamiyatdan o\u2018zining madaniy taraqqiyoti bilan ajralib turuvchi muayyan jamiyatni ifodalovchi tushuncha sifatida talqin qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sivilizatsiyalashgan jamiyatni sivilizatsiyalashmagan jamiyatdan farqlash uchun quyidagi belgilarga alohida e\u2019tibor beriladi:<\/p>\n\n\n\n<p>1 Jamiyatning xo\u2018jalik, harbiy, huquqiy va boshqa hayotiy faoliyat sohalarini muvofiqlashtiruvchi boshqaruv tizimi va tashkilotlarga ega bo\u2019lgan davlatning mavjudligi.<\/p>\n\n\n\n<p>2 Boshqaruv va xo\u2018jalik faoliyatini yuritish uchun zarur bo\u2018lgan yozuvning mavjudligi. (Sivilizatsiyalashgan jamiyatlarda qonunlar yozuv orqali mustahkamlanib borgan. Chunki yozma qonunlar sivilizatsiyalashgan jamiyatning, urf-odatlar esa sivilizatsiyalashmagan jamiyatlarning asosiy belgilari hisoblanadi).<\/p>\n\n\n\n<p>3 Ajdodlardan o&#8217;tib kelayotgan an\u2019anaviy qonun-qoidalar va huquqiy norma (me\u2019yor)lar yig\u2018indisining mavjudligi, ya\u2019ni jamiyatda qonunlar tizimining qaror topishi. (Sivilizatsiyaga erishgan jamiyatda mavqeyi, e\u2019tiqodidan qat\u2019yi nazar aholining barcha qatlamlari qonunlar tizimiga qat\u2019iy bo\u2018ysunadi).<\/p>\n\n\n\n<p>Albatta, sivilizatsiya belgilarining barchasi birdaniga yuzaga kelmasligi, biri ertaroq, ikkinchisi birm uncha keyinroq vujudga kelishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida ko\u2018rsatilgan belgilarning bo\u2019lmasligi esa jamiyatni tanazzulga olib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sivilizatsiyalashgan jamiyatda, eng avvalo, insonga alohida e\u2019tibor beriladi. uning haq-huquqlari hisobga olinadi. Bunda jamiyatning siyosiy va xo\u2018jalik yuritish mexanizmi bekamu-ko\u2018st ishlaydi, insonning yaratuvchilik faoliyati uchun mo\u2018tadil imkoniyatlaryaratiladi. Qaysiki davrda inson omiliga, insonning buyuk bunyodkorlik salohiyatiga e\u2019tibor berilgan bo\u2018lsa. o\u2018sha davrda jamiyat taraqqiyoti, uning moddiy va ma&#8217;naviy hayoti eng yuqori daraja \u2014 sivilizatsiyaga ega bo\u2018lgan. Misol tariqasida qadimgi Yunon va Rim, VIII-IX asrlardagi Xitoy, IX -XII asrlardagi Markaziy Osiyo, XIV &#8212; XVII asrlardagi G &#8216;arbiy Yevropa sivilizatsiyalarini olib ko\u2018rish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Sivilizatsiya \u2014 bu, eng avvalo, madaniy taraqqiyotdir. Sivilizatsiyalar turli ko\u2018rinishlarda bo\u2018lishi mumkin. Sivilizatsiya bir davlat hududida yoki bir davlatning ikkinchi bir davlatda o\u2018z hukmronligini o\u2018rnatish orqali. shuningdek, sivilizatsiyalar bir vaqtning o\u2018zida bir nechta mintaqada birin-ketin yuzaga kelishi ham mumkin. Sivilizatsiya haqida ilgari surilgan barcha tushunchalarni tahlil qilsak, ularning mazmun-mohiyati muayyan jamiyatning ijtimoiy va moddiy taraqqiyotga erishganlik darajasini bildirishini anglab yetamiz.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Falsafa, sotsiologiya va madaniyatshunoslikka oid fan sohalarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalariga ilmiy yondashuv mavjud bo\u2018lib, ikkala tushunchaning mazmun-mohiyati va bir-biridan farqli jihatlarini tahlil qilib bcrish o&#8217;ta muhim ahamiyatga ega. Chunki &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/madaniyat-va-sivilizatsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7929,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[101],"tags":[],"class_list":["post-24092","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-madaniyat","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24092","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24092"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24092\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24093,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24092\/revisions\/24093"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7929"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24092"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24092"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24092"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}