{"id":24098,"date":"2022-04-13T07:31:52","date_gmt":"2022-04-13T04:31:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24098"},"modified":"2022-04-13T07:31:53","modified_gmt":"2022-04-13T04:31:53","slug":"neolit-davri-madaniyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/neolit-davri-madaniyati\/","title":{"rendered":"Neolit davri madaniyati"},"content":{"rendered":"\n<p><em>(Eramizdan avvalgi VI <\/em><em>&#8212; <\/em><em>I V ming yilliklar)<\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<p>Mintaqamizning iqtisodiy-geografik joylashuvi, tarixiy manbalarva asarlarda ko&#8217;rsatilishicha, eramizdan avvalgi VI- IV ming yilliklar oralig\u2018ida Markaziy Osiyo geografik joylanishuvi va iqlim sharoitiga ko\u2018ra ikkita yirik madaniy-tarixiy hududga bo\u2018lingan. Mazkur bo\u2018linish o\u2018sha davr kishilarining xo\u2018jalik yuritishida, turmush tarzi va o&#8217;zaro madaniy aloqalari hamda san\u2019atida o\u2018z aksini topgan. Janubi-g\u2018arbiy hududlarda (hozirgi Turkmanistonning janubiy hududlarida) dehqonchilik va chorvachilik bilan shug\u2018ullanuvchi o\u2018troq qabilalar yashagan bo\u2018lsa, shimoliy hududlarda ovchilik, baliq ovlash va yig\u2018uvchi-terimchilik bilan shug\u2018ullanadigan kishilar istiqomat qilganlar. Ular o\u2018rtasida tosh qurollardan foydalanish uzoq davrlargacha saqlanib qolgan. Albatta, xo\u2018jalik yuritishning cheklanganligi shimolda yashovchi turli qabilalar madaniyati va san\u2019atining janubiy hududda yashovchi qabilalar madaniyatidan orqada qolishiga sabab bo\u2018lgan. Faqat eramizdan avvalgi 11 ming yillikka kelibgina shimolda yashovchi kishilar dehqonchilik bilan shug\u2018ullanishni yo\u2018lga qo\u2018ya boshlaganlar, o\u2018troq hayot kechirishga o&#8217;tishgan, metall (bronza)dan mehnat qurollari yasashgan. Albatta, mazkur o\u2018zgarishlar ma\u2019naviy madaniyat, ayniqsa, uning tarkibiy qismi hisoblangan san&#8217;atda o\u2018z ifodasini topa boshlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Dehqonchilik bilan shug\u2018ullanish qo&#8217;shni hududlarda yashovchi turli qabilalar bilan madaniy aloqalar o\u2018rnatishga olib kelgan. Ularning ma\u2019naviy madaniyati Bolqon yarim orolidan Hindistongacha cho\u2018zilgan ulkan hududda birmuncha ertaroq shakllangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Neolit davri Markaziy Osiyo xalqlari ma&#8217;naviy madaniyatining shakllanishi va rivojlanishiga qadimgi Sharqning yuksak madaniyatga erisligan Elam (Eronning togkli hududlari. Eramizdan avvalgi III ming yillikdan VI asrning o \u2018rtalarigacha bo&#8217;lgan davrini o\u2018z ichiga olgan davlat. Eramizdan avvalgi XIII-XII asrlarda davlatchilik va madaniyat gullab-yashnagan) va Shumer, qadimgi Misr va buyuk Hind sivilizatsiyasi hisoblangan Moxinjondora (hozirgi Pokistondagi Sind viloyati hududida eramizdan avvalgi III va II ming yilliklardagi buyuk shahar madaniyati) va Harrapa (hozirgi Pokiston hududidagi Panjob viloyati, eramizdan avvalgi III va II ming yillikning birinchi yarmida yuksalgan shahar madaniyati) sivilizatsiyalari o\u2018z ta\u2019sirini ko\u2018rsatgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Eramizdan avvalgi V ming yillikda yashagan qabilalar madaniyatining asosiy xususiyati diniy qarashlaming vujudga kela borganligi va bu bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan terrakota haykalchalarining ko\u2018proq ona timsolini tasvirlaganligidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2018lda yasalgan sopol idishlarga qizg\u2019ish-qora rangdagi tabiiy bo\u2018yoqlar bilan turli geometrik shakllar chizilgan. Ayniqsa, uchburchak, to\u2018rsimon, o\u2018simlik shoxlari ko\u2018rinishidagi va bir-birini kesib o\u2018tuvchi chiziqlardan keng foydalanilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayrim idishlarning tashqi tomonlariga hayvonlarning ko\u2018proq. tog\u2018 echkisining suratlarini tushirish rasm bo&#8217;la borgan. Bu esa dehqonchilik madaniyati bilan shug\u2018ullanuvchi qabilalar o\u2018rtasida totemistik qarashlarning kurtaklari paydo bo\u2018lganligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Neolit davri (eramizdan avvalgj VI-IV ming yilliklar oralig\u2019i) insoniyatning tayyor mahsulotlardan foydalanishi, mahsulotlarni ishlab chiqarishga o\u2018tishi bilan xarakterlanadi. Bu davrga kelib chorvachilik va dehqonchilik paydo bo&#8217;ladi, tosh qurollar yanada takomillashtirilib, kulolchilik va qurilish ishlari rivojlanadi, to\u2018qimachilik va hayvon terilaridan buyumlar ishlab chiqarish vujudga keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hayot kechirish manbalarining ko\u2018payishi, kishilaming yashash uchun yangidan yangi hududlarga ko\u2018chib o\u2018tishi kengayadi. Bu esa qabilalar o\u2018rtasida hosildor yerlar va ov qilinadigan maskanlarni egallash uchun kurashlarni vujudga keltiradi. Mazkur o&#8217;zgarishlar kishilarning tabiat bilan o\u2018sha davr madaniyatining rivojlanishida o\u2018z ifodasini topgan. ya\u2019ni kishilarning dunyoqarashi, ishlab chiqarish m unosabatlarini, hayot shart-sharoitlarida tub o\u2018zgarishlaming vujudga kelishiga olib kelgan. Mehnat taqsimotining osha borishi, qabilaviy munosabatlarning kuchayishi va mustahkam lanishi, matriarxat davridan patriarxat davriga o\u2018tish kishilar o\u2018rtasidagi munosabatlami yanada murakkablashtirgan. Magik qarashlar kuchaygan. Dehqonchilikka oid afsonalar rivojlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunga qaramasdan, neolit davri san&#8217;atida kishilarning mehnat faoliyatini aks ettirish asosiy mavzuligicha qolgan. Loydan turli xil kichik haykalchalar yasash, o&#8217;ta sodda badiiy hunarmandchilik va naqqoshlikning rivojlanishi amaliy-dekorativ (bezak) san\u2019atining paydo bo\u2018lishi neolit davri madaniyatining xarakterli xususiyati hisoblanadi. O\u2018sha davr badiiy hunarmandchiligida kishilar mehnat jarayonlarida estetik tomonlarni his qila boshlaganligi ko\u2018zga tashlanadi. Ularning obyektiv dunyo qonuniyatlarini qanchalik darajada anglab borganligi ham turm ushda ishlatilgan ko\u2018plab buyumlar va amaliy bezak san\u2019atida o\u2018z ifodasini topgan. Predmetlarda aks etgan naqshlar, o\u2018z xarakteriga ko\u2018ra, turli xil: parallel chiziqlar, qo\u2018sh spiral, egri chiziqlar, doira va boshqa shakllarda bo\u2018lgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>(Eramizdan avvalgi VI &#8212; I V ming yilliklar) Mintaqamizning iqtisodiy-geografik joylashuvi, tarixiy manbalarva asarlarda ko&#8217;rsatilishicha, eramizdan avvalgi VI- IV ming yilliklar oralig\u2018ida Markaziy Osiyo geografik joylanishuvi va iqlim sharoitiga ko\u2018ra &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/neolit-davri-madaniyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7929,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[101],"tags":[],"class_list":["post-24098","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-madaniyat","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24098","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24098"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24098\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24099,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24098\/revisions\/24099"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7929"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24098"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24098"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24098"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}