{"id":24104,"date":"2022-04-13T16:17:28","date_gmt":"2022-04-13T13:17:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24104"},"modified":"2022-04-13T16:17:38","modified_gmt":"2022-04-13T13:17:38","slug":"markaziy-osiyo-xalqlarining-qadimgi-madaniyati-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/markaziy-osiyo-xalqlarining-qadimgi-madaniyati-haqida\/","title":{"rendered":"Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati haqida"},"content":{"rendered":"\n<p>Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, shahar-qal\u2019alarning paydo bolishi, yirik sug&#8217;orish va mudofaa inshootlarining qurilishi, siyosiy tashkilotlar &#8212; davlatlarning tarkib topishiga zamin yaratib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi fors va yunon manbalari eramizdan avvalgi VIII &#8212; VII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo hududida Baqtriya va Xorazm singari quldorlik davlatlari paydo bo&#8217;lganligi haqida xabar beradi. Persepol saroyidagi tosh qabrlarga bitilgan rasmlar, Naqshi Rustam darasidagi shoh Doro qabriga bitilgan bezakli tasvirlar, \u00abAvesto\u00bb, qadimgi yunon, rim va xitoy m ualliflarining asarlarida hozirgi markaziy osiyoliklaming inoddiy va ma\u2019naviy madaniyati haqidagi muayyan ma&#8217;lum otlar berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqil oilalarning urug\u2019 jam orasidan ajralib chiqishi ibtidoiy jamoa tuzumini inqirozga olib keldi va ijtimoiy munosabatlaming yangi bir ko\u2018rinishi \u2014 sinfiy jamiyatning paydo bo&#8217;lishiga zamin hozirladi. Ishlab chiqarish jarayoni mustaqil oila jamoalarini birlashtirib turuvchi asosiy omilga aylandi. Ishlab chiqarishga asoslangan oilalarning ko\u2018payishi ay rim oilalarda ortiqcha mahsulotlarning paydo bo&#8217;lishi va mahsulot ayirboshlashni vujudga keltirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oila jamoasidagi ortiqcha daromad va ayirboshlash eng dastlabki mehnat taqsim otini keltirib chiqardi. Oilalar o\u2018zlari uchun qulay bo\u2019lgan ishlab chiqarish sohasini tanlay boshladilar. Oilalarda to&#8217;plangan ortiqcha boylik &#8212; xususiy mulk urug\u2018larning iqtisodiy tabaqalanishiga sabab bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Markaziy Osiyoda temir davrining boshlanishi taxminlarga ko\u2018ra eramizdan avvalgi 1 ming yillikning dastlabki choragiga to\u2018g\u2018ri keladi. Temirdan mehnat, ov va jang qurollari ishlab chiqarila boshlanadi. Natijada jamiyatning tabaqalanish jarayoni tezlashib ketadi va ikkinchi mehnat taqsimotini vujudga keltiradi, ya\u2019ni dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqadi. Yirik ishlab chiqarish markazlari \u2014shaharlar paydo bo\u2018la boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temirni qayta ishlashning vujudga kelishi ajdodlarimizning eng katta kashfiyotlaridan bin edi. Temirdan mehnat qurollari yaratish jam iyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy hayotida tub burilishlar yasadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi o\u2018zbek xalqining qadimgi davr madaniyati Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlar madaniyati bilan chambarchas bog\u2019liq holda ravnaq topgan. Milliy madaniyatimizning rivojlanish jarayoniga e&#8217;tibor bersak, xalqimiz milliy ongining rivoji va umuminsoniy madaniyatlarning o\u2018zaro ta&#8217;siri ostida ro\u2018y berganligini ko\u2018ramiz. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati rivojida \u00abBuyuk ipak yo\u2018li\u00bbning roli benihoya katta bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Eramizdan avvalgi II ming yillikning oxiri va 1 ming yillikning boshlariga kelib, O\u2018rta Osiyoda Baqtriya, So\u2018g\u2019diyona va Xorazm kabi madaniyjihatdan rivojlangan davlatlar paydo bo\u2018ldi. Mazkur davlatlaming qadimgi davr madaniy taraqqiyoti boshqa bir qator xalqlar: Eron, Xitoy va Hind madaniyatlarining ta\u2019siri ostida ro\u2019y bergan. Masalan, taxminan eramizdan avvalgi I ming yillik o\u2018rtalariga kelib Baqtriya Hindiston bilan bo\u2018ladigan savdo-sotiqning asosiy markaziga aylandi. Savdo-sotiqning yuksalishi natijasida mustahkam qilib qurilgan qal\u2019alar xalqning keng iste\u2019mol va tashqi savdoga olib chiqiladigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan iqtisodiy va madaniy markazlariga aylana boshladi. Yirik iqtisodiy markaz \u2014 shaharlarning vujudga kela borishi uchinchi mehnat taqsimotining vujudga kelishiga sabab bo\u2018ldi. Jismoniy va aqliy mehnat bir-biridan ajrala bordi. Shaharlarda nafaqat moddiy va madaniy boyliklarni yaratuvchi tabaqalar, shuningdek, ma\u2019naviy-madaniy boyliklar, ma\u2019naviy qadriyatlami yuzaga keltiruvchi tabaqa- aqliy mehnat ahli shakllana boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayniqsa, hunarm andchilik taraqqiy etgan shahar-qal\u2019alarda aqliy mehnat bilan shug\u2018ullanuvchi ruhoniylar, san\u2019atkorlar, shoirlar boy-badavlat kishilarning farzandlariga G &#8216;arb san&#8217;ati va sodda ko\u2019rinishdagi fanlar sohalaridan ta\u2019lim-tarbiya beruvchi ziyoli tabaqalari vujudga kela bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, shahar-qal\u2019alarning paydo bo\u2018lishi, yirik sug\u2018orish va mudofaa inshootlarining qurilishi, ma\u2019muriy boshqaruv tizimi \u2014 davlatlarning tarkib topishiga zamin yaratib berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Eramizdan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida yaratilgan \u00abAvesto\u00bb matnlariga e\u2019tibor bersak, qadim ajdodlarimiz o\u2018sha davrlardayoq dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikni rivojlantira olganligini kokramiz. \u00abAvesto\u00bbning \u00abYasna\u00bb va \u00abVandidod\u00bb kabi qismlarida Ahuramazdaning eng yaqin yordamchilari, ya\u2019ni buyuk kuch-qudratga ega bo&#8217;lgan ilohlardan biri \u2013 Xshatra Varya ma\u2019danlardan turli xil buyumlar yasovchi hunarmandlar homiysi sifatida talqin qilinadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, eramizdan avvalgi I ming yillikning boshlaridayoq Markaziy Osiyo hududida ijtimoiy- iqtisodiy o&#8217;zgarishlar sodir bo&#8217;lgan. Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik madaniyati ancha rivojlanib, mehnat taqsimoti tugallanib ulgurgan, ijtimoiy tabaqalanish amalga oshib, davlat hokimiyati o\u2018rnatilgan va mustaqil davlatchilikning tamal toshi qo\u2018yilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayniqsa, Qadimgi moddiy va ma\u2019naviy madaniyatimiz haqidagi ma\u2019lum otlarni, eng avvalo, \u00abAvesto\u00bbdan, shuningdek, yunon tarixchilari Gerodot, Kvint Kursiy Ruf, Piulara, Arrian, D iodor, Strabon, Pompey Trog, Yustin asarlaridan olish mumkin. Masalan, Strabon xorazmiylarni sakmassagetlar turkumiga kiritadi, qadimgi so\u2018g\u2018dlar va baqtriyaliklar turmush tarzi va xulq-atvori bilan o\u2018zaro farqlanmaydi, deydi. Tarixiy va arxeologik manbalarga ko\u2018ra xorazmiylar, baqtriyaliklar va so\u2018g\u2018diylar o\u2018z kiyim-kechaklari, bosh kiyimlari, qurol-aslahalari bilan saklardan farq qilmaganlar. Vohadagi elatlar saklar bilan deyarii bir tilda gapJashganiar. Etnik jihatdan dehqonchilik vohalarida joylashgan elatlarda Amudaryoning yuqori havzasidagi xorazmiylar, Gurgan quyi oqimidagi girkanlar, Kopetdog etaklaridagi umumiy nomdagi parfianlar, Murg\u2018ob havzasidagi marg&#8217;iyonlar, Zarafshon, Qashqadaryo vohalaridagi so\u2018g\u2018dkir, Surxondaryo vohasidagi baqtriyaliklar va parkana (Farg\u2018ona)liklar tarixiy manbalarda tilga olinadi. Yuqori Amudaryoning ikki sohilidagi barcha elatlar eramizdan avvalgi 1 ming yillik o&#8217;rtalarida yuksak madaniyatga ega bo&#8217;lib, irrigatsiya va qurilish inshootlarini, hunarmandchilik va G\u2018arb san\u2019ati sirlarini egallagan, zo\u2018r ma\u2019naviy qadriyatlarni yaratgan etnik guruhlar, hatto qo\u2018shni davlatlarga o\u2018z ta&#8217;sirini o\u2018tkazganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Har qanday xalq yoki elatning dovrug&#8217;i o\u2018z madaniyatining o\u2018ta rivojlangan, ishlab chiqarishdagi yutuqlari va xalq og\u2018zaki ijodi nam unalarining keng qamrovligi bilan boshqa xalqlarga yetib boradi. Qadimgi yunon va rim tarixchilari o\u2018z asarlarida avlod-ajdodlarimizning turush-turmushi, hayot kechirishi, mashg\u2018ulot turi, qo\u2018shni xalqlar bilan bordi-keldisi &#8212; iqtisodiy va madaniy aloqalari, xarakteri va intilishlari haqida so\u2018z yuritadilar. Yunon solnomachisi Diodor o\u2018zining \u00abTarixiy kutubxona\u00bb asarida Markaziy Osiyoning qadimgi xalqlari: skiflar, saklar, massagetlar, arimasplar haqida qisqacha bo\u2018lsa-da to&#8217;xtalib o\u2018tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozir biz yashab turgan hududlarda qadim-qadimda skiflar va ularning turli qabilalari &#8212; shak (sak), massaget va boshqalar yashaganlar. Keyinchalik skiflar hozirgi Volga, Don, Dunay daryolari bo&#8217;ylarigacha bo\u2018lgan hududlarni bosib olganlar. \u00abSkiflar Markaziy Osiyodan tarqalgan edi\u00bb, &#8212; deb yozadi rus olimi A.B.Ditmar o\u2018zining \u00abSkifiyadan Elefantingacha\u00bb nomli asarida. Demak, turli sabablarga ko\u2018ra (bizningcha, o\u2018zaro qabilaviy kelishm ovchiliklar natijasida) Markaziy Osiyo hududlaridan ketib qolgan skiflar Yevropaning ancha ichkarisigacha cho\u2018ziigan bepoyon o\u2018lkalarga kirib borib yashaganlar va u yerlarda o\u2018ziga xos madaniyatni yaratganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning ta\u2019kidlashicha, skiflar quyidagi xudolarga sig\u2018inganlar: \u00abTabiyati &#8212; ma\u2019budalar ma&#8217;budi (yunonlarda Gestiya), Papey &#8212; osmon xudosi (yunonlarda Zevs), Api (Geya), Taytosir (Appolon) &#8212; cho\u2018ponlar, keyinchalik poklik xudosi. Argimpasa (Afrodita) &#8212; sevgi, muhabbat va go\u2018zallik xudosi, Fagimasad (Poseydon) &#8212; dengiz xudosi. Skiflarda urush xudosidan boshqa xudolarga haykal o&#8217;rnatish, ibodatxona va mehrob qurish odat emas, \u2014 deb yozadi tarixchi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gerodot sanab o\u2018tgan yetti xudo ma\u2019bud zardushtiylaming yetti ma&#8217;budlari \u2014 Ahuramazda va Olti Amesha Spentalariy Voxu Manna (ezgu-niyat), Atavaxishta (to\u2018g\u2018rilik, rost so\u2018zlash), Xshatra Varya (umid va qudrat), Spenta Armaeti (komillik, mukammallik), Xaurvatat (salomatlik), Ameretat (umrboqiylik) hamda borliq haqidagi tushunchalariga muvofiq &#8212; yetti qavat osmon, yetti qavat yer, yetti sayyora haqidagi tushunchasi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lishi mumkin. Qadimgi skiflarning diniy tushunchasi va tasavvurlari hamda xudolari yaxlit, muayyan tizimga ega bo\u2018lgan, ya\u2019ni har bir ma\u2019buda hayotning muayyan bir sohasini boshqaradi, yuqoridan quyiga, asosiydan ikkinchi darajalilari bilan uzviy bog\u2018liq tarzda tasavvur qilingan. Skiflar borliqni uch qism: osmon, O\u2019rtalik va yerdan iborat deb bilganlar. Olov &#8212; esa ana shu uch qismni bir-biri bilan bog\u2019laydi. Olov &#8212; ilohiy kuch, u Tahiti nomi bilan bog&#8217;liq. Tabiti skif xudolari panteonida birinchi o\u2018rinda turgan. U &#8212; asosiy xudo. Xonadon, oila, o\u2018choq xudosi hisoblangan. Shu sababli skiflar \u00abshoh Tabiti nomi bilan\u00bb deb qasam ichganlar. Tabitining bosh xudo sifatida e\u2019zozlangani bejiz emas, chunki olov ko\u2018chmanchilar hayotining manbayi, oilaning hamrohi, farovonligi va sihat-salomatligining asosiy omili bo&#8217;lgan. Har bir xonadonda o\u2018choqning mavjudligi (keyinchalik olovxonaning paydo bo\u2018lishi) urug\u2018-aymoq birligining timsolt hisoblangan. Bundan ko&#8217;rinadiki, skiflardagi muqaddas yettilik va uchlik raqamlari dastlab olovga sig\u2018inuvchi ajdodlarimiz ilmiy, badiiy hamda diniy dunyoqarashlari, rasm -rusum , udunt va marosimlarida. so\u2018ngra M arkaziy Osiyoda yashovchi turli qabila, elat va m iliatlar turmush tarzidagi muqaddas sonlar shaklida saqlanib kelingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi yunon va rim tarixchilarining asarlaridan yana shuni bilib olish mumkinki, M arkaziy Osiyodagi madaniyat qadimgi yunon va rim madaniyatidan hech ham qolishm agan. Masalan, Plutarxning \u00abAleksandr\u00bb, Poliyenning \u00abG&#8217;arbiy hiylalar\u00bb nomli asarlarida bu o\u2018lkadagi mustahkam devorlar bilan o\u2018ratgan muhtasham shaharlar grek-makedonlarni hayratda qoldirgan. Chunki Markaziy Osiyo o\u2018sha davrdayoq \u00abShaharlar o&#8217;lkasi\u00bb nomini oigan. Arrianning ko&#8217;rsatishicha, So&#8217;g&#8217;diyonadagi deyarli barcha shahar va qishloqlar mustahkam devor bilan o&#8217;rab olingan edi. Aleksandr Makedonskiy bu shahar va qishloqlami faqat o\u2018zining toshotar qurollari bilangina ishg\u2018ol qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, Markaziy Osiyoda yashagan xalqlarning temirdan yasalgan qurollari nihoyatda chidamli va bejirim bo\u2019lgan. Oltin idishlardan buyum o\u2018rnida foydalanganlar. Oltin ular uchun qimmatli ahamiyatga ega bo\u2019lmagan. Yustin o&#8217;zining \u00abPompey Trog epitomi\u00bb nomli asarida skiflaming kumush va oltindan hazar qilishlarini yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Strabon esa o \u2018zining mashhur \u00abGeograf\u00eeya\u00bb asarida turkiy qabilalardan yana biri &#8212; qadimgi saklarning urf-odatlari, bayramlari va diniy qarashlariga qisqacha to\u2018xtalib o\u2018tadi. Uning yozishicha, \u00abSaklar o\u2018zlari e\u2019tiqod qiladigan mabudalarga atab mustahkam devorli butxona (ibodatxona) quradilar va bu butxonada \u00abSakalya\u00bb nomli bayramlarini nishonlaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, Yustin o\u2019z asarida qadim ajdodlarimizning ko\u2018chmanchi hayot kechirishi natijasida tabiatning turli hodisalariga duch kelib, osmon jismlarining o\u2018zgarishi, fasllar almashinuvi, inson hayoti va tabiat o\u2018rtasidagi o\u2018zaro aloqadorlik sirlarini bilishlarini ko\u2018rsatib beradi. Uning fikricha, skiflar tug\u2018ma donishmand bo\u2019lishgan. \u00abJuda qiziq holatga duch kelasan. yunonlar uzoq yillar o&#8217;qib o&#8217;rgana olmagan donishmandlik va falsafiylikni skiflarga tabiatning o\u2018zi in\u2019om qilgan\u00bb, \u2014 deb yozadi Yustin.<\/p>\n\n\n\n<p>Aleksandr Makedonskiyning Markaziy Osiyo hududlarini zabt etishi natijasida yunonlar bilan mahalliy xalqlar, Yevropa bilan Osiyo o\u2018rtasida o\u2018zaro iqtisodiy-madaniy aloqalar vujudga kelgan. Yunonlar osiyoliklarning madaniyatiga, osiyoliklar esa yunonlar madaniyatiga qiziqish bilan qaray boshlaganlar. Makedonskiy qo&#8217;shinlari bilan bosqinchilik va qirg&#8217;in urush dahshatlari kirib kelgan bo\u2019lsa, shu bilan birga, o\u2018ziga xos yunon madaniyati ham kirib kelgan. Yunon tili davlat tili hisoblangan. Yunon yozuvi hatto islom dini kirib kelgunga qadar ham muomalada bo&#8217;lgan. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari va shimolda yashovchi turkiy qavmlaming diniy qarashlarida yagonalik mavjud bolgan. Buni qadimgi yunon, xitoy, arman tarixchilari va \u00abAvesto\u00bb matnlari orqali aniqlash mumkin. Masalan, yunon tarixchisi Gerodot o\u2018zining \u00abTarix\u00bb kitobida \u00abmassagetlar ichida uluglangan yagona xudo \u2014 bu Quyoshdir, Quyoshga ular otlarni qurbonlik qiladilar, chunki xudoga dunyodagi eng uchqur jonliqni qurbon qilish lozim deb o\u2018ylaydilar\u00bb, deb qayd etgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi \u00abAvesto\u00bbda ham (ayniqsa, Yasna va Yasht kitoblarida) ilohiy kuch-qudratga ega bo\u2019lgan Quyosh barcha narsalarga jon va kuch-quvvat beruvchi oliy iloh ekanligi ta&#8217;kidlanadi:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Biz Quyoshga sig\u2018inamiz,\r\nBezavol Nurga,\r\nUchqur uning tulporlari.\r\nQachon Quyosh nur raratadir,\r\nQachon ilitadi Quyosh,\r\nDoim turar yuz ming adad\r\nMa\u2019budlar,\r\nTanlaydirlar baxtni shunda ma\u2019budlar\r\nTaqsimlaydir baxtni shunda ma\u2019budlar.\r\nQutlug\u2018 Mazda xalq aylagan bu Zaminga,\r\nOlamlarga nur etadir baxsh,\r\nHaqiqatga rushdu rivoj.\r<\/pre>\n\n\n\n<p>\u00abAvesto\u00bbda Quyosh xudosi Xurshid nomi bilan yuritiladi va unga nisbatan \u00ababadiy\u00bb, \u00abbarhayot\u00bb, \u00abshukuhli\u00bb sifatlari beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiy asotirlarda ham Quyoshga sig\u2018inish, unga atab qurbonliklar qilish, tur\u00fc xil marosimlar o\u2018tkazish haqida ma\u2019lum otlar uchraydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Eramizdan avvalgi 1 ming y\u00fclikning o \u2018rtalaridan boshlab Markaziy Osiyo hududlariga turkiy qabilalaming tez-tez ko\u2018chib kelishlari natijasida, bu yerlarda turli xil tillarning shakllanish jarayoni ro&#8217;y beradi. Masalan, eramizdan avvalgi III asrlarda Sirdaryo va Yettisuv cho\u2018llariga shimoldan xunnlar ko\u2018chib kelib, o\u2018zlarining yirik qabila ittifoqini tashkil qiladilar. Ular Oltoy oilasining turkiy guruhiga kiruvchi lillarda so\u2018zlashganlar. Xunnlar vaqt o \u2018tgach, so\u2018g\u2018diyonaliklar bilan chatishib ketganlar. Xuddi shu davrlarda Sirdaryoning o\u2018rta va quyi oqimida turkiy tilda so\u2018zlashuvchi etnik guruhlaming ta\u2019siri kuchaya boradi. Turkiy tillar, avniqsa, turk xoqonligi davrida (eramizning VI-VIII asrlari) Shimoliy Enasoy (Yenisey)dan Mo\u2018g\u2018ulistonga qadar cho\u2018zilgan keng hududlarda asosiy tillarga aylanadi. Xullas, Markaziy Osiyoning ko\u2018pgina hududlarida forsiy va turkiy xalqlar tillari vujudga kelgan. Bu tillarda so&#8217;zlashuvchi tur\u00fc etnik guruhlarning iqtisodiy-madaniy aloqalari natijasida urf-odatlari, marosimlari, yashash tarzi, ma&#8217;naviy madaniyati bir-biriga o\u2018xshash bo\u2019lgan hozirgi Markaziy O\u2018rta osiyoliklaming qadimgi ajdodlari shakllangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, shahar-qal\u2019alarning paydo bolishi, yirik sug&#8217;orish va mudofaa inshootlarining qurilishi, siyosiy tashkilotlar &#8212; davlatlarning tarkib topishiga zamin yaratib beradi. Qadimgi fors va yunon manbalari eramizdan avvalgi VIII &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/markaziy-osiyo-xalqlarining-qadimgi-madaniyati-haqida\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7929,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[101],"tags":[],"class_list":["post-24104","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-madaniyat","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24104","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24104"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24104\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24106,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24104\/revisions\/24106"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7929"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24104"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24104"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24104"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}