{"id":24141,"date":"2022-04-15T08:14:27","date_gmt":"2022-04-15T05:14:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24141"},"modified":"2022-04-15T08:14:28","modified_gmt":"2022-04-15T05:14:28","slug":"daqiqiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/daqiqiy\/","title":{"rendered":"DAQIQIY"},"content":{"rendered":"\n<p>DAQIQIY (asl ismi Abu Mansur Muhammad ibn Ahmad) (956, Balx \u2014 980, Buxoro) \u2014 fors-tojik shoiri. Daqiqiy yoshligida o&#8217;qish uchun Buxoroga kelgan va umrining oxirigacha shu yerda yashab qolgan. Daqiqiy Somoniy amirlaridan Mansur ibn Nuh (961-76 yillar hukmronlik qilgan) hamda Abulqosim Nuh ibn Mansur (976-997 yillar hukmronlik qilgan) saroyida xizmat qilgan. Daqiqiy Sharq adabiyotida mavjud lirikaning barcha janrlarida she&#8217;rlar yozgan. Eski manbalarda uning qasida, g&#8217;azal, ruboiy, qit&#8217;a, bahoriyot, chiston singari janrlardagi asarlardan tarkib topgan devoni borligi ta&#8217;kidlangan. Lekin hanuzgacha shoirning qo&#8217;lyozmasi topilmagan. Shoir merosidan ayrim namunalar tazkira va lug&#8217;atlardagina saqlanib qolgan. Daqiqiy qasidago&#8217;ylik va g&#8217;azalnavislikda ustod san&#8217;atkor darajasiga ko&#8217;tarilgan. U o&#8217;z she&#8217;rlarida do&#8217;stlikni, muhabbatni, ma&#8217;rifatni kuylagan; qasidalarida donishmand, Odil podsho boshchiligidagi markazlashgan davlat uchun kurash g&#8217;oyasini ifodalagan. Bundan tashqari Daqiqiy Abulqosim Nuh ibn Mansur Somoniy topshirig&#8217;i bilan qadimgi ajdodlar tarixi haqida &#171;Shohnoma&#187; yozishga kirishadi. Ammo 1000 baytdan iborat &#171;Arjasp va Gushtasp&#187; dostonini yozib tugatgan paytida o&#8217;z g&#8217;ulomi tomonidan o&#8217;ldiriladi. Keyinchalik Firdavsiy bu dostonni o&#8217;z &#171;Shohnoma&#187;siga kiritgan. Asarda Zaratushtraning paydo bo&#8217;lishi, Gushtasp va boshqa ayonlar uning dinini qabul qilishlari, Turon podshohi arjaspning bu voqeadan noroziligi hamda Gushtasp bilan Arjasp o&#8217;rtasidagi urush hikoya qilingan. Mazkur jangnoma Eron va Turon xalqlari tarixini, jumladan, zardushtiylik dinining paydo bo&#8217;lishini o&#8217;rganishda muhim manba hisoblanadi. Ad.: Bertels E. D., Istoriya persidskotadjikskoy literaturi, M., 1960. Hamidjon Homidiy.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAQIQIY (asl ismi Abu Mansur Muhammad ibn Ahmad) (956, Balx \u2014 980, Buxoro) \u2014 fors-tojik shoiri. Daqiqiy yoshligida o&#8217;qish uchun Buxoroga kelgan va umrining oxirigacha shu yerda yashab qolgan. Daqiqiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/daqiqiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24141","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24141","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24141"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24141\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24147,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24141\/revisions\/24147"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24141"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24141"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24141"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}