{"id":24201,"date":"2022-04-15T14:02:22","date_gmt":"2022-04-15T11:02:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24201"},"modified":"2022-04-15T14:02:23","modified_gmt":"2022-04-15T11:02:23","slug":"dvoryanlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dvoryanlar\/","title":{"rendered":"DVORYANLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>DVORYANLAR, dvoryanlik \u2014 o&#8217;rta asr jamiyatida imtiyozlari merosiy bo&#8217;lib qonun bilan mustahkamlangan oliy tabaqalardan biri (ruhoniylar bilan birga). Xususiy yer egaligi \u2014 Dvoryanlarning iqtisodiy va siyosiy ta&#8217;sirining asosini tashkil etgan. G&#8217;arbiy Yevropada Dvoryanlar qadimgi aristokratlar avlodidan, qirol saroyidagi mansabdor shaxslar, ritsarlardan shakllana borgan va absolyutizm (mutlaq hokimiyatlik) davrida vujudga kelgan. Dvoryanlar oliy va quyi tabaqaga bo&#8217;lingan, bu esa ularning unvonida o&#8217;z ifodasini topgan (Angliyada baron va ritsarlar, Ispaniyada grandlar va idalgolar, Polshada magnatlar va shlyaxtalar va boshqalar) G&#8217;arbiy Yevropa mamlakatlarida tabaqaviy jamiyat tugatilgandan so&#8217;ng Dvoryanlar o&#8217;zining ko&#8217;pgina imtiyozlari va siyosiy ta&#8217;sirini saqlab qolgan. Rossiyada 12-13-asrlarda harbiy-xizmatchilar tabaqasining eng quyi qismi sifatida vujudga kelgan. 14-asrdan Dvoryanlar xizmatlari evaziga yer olishgan. Petr I davrida Dvoryanlarning shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan. Dvoryanlarning safiga davlat xizmatidagi mansab pog&#8217;onasidan ko&#8217;tarilishiga qarab, boshqa tabaqa vakillari ham kelib qo&#8217;shilgan. 1762 yilda Dvoryanlar Petr I tomonidan joriy etilgan majburiy harbiy va fuqarolik davlat xizmatlaridan ozod bo&#8217;lishga erishishgan; Dvoryanlar jismoniy jazoga tortilmagan, yollanma harbiy xizmat majburiyati va shaxsiy soliqlardan ozod etilgan. Yekaterina II tomonidan berilgan inoyatnoma (1785) (rus Dvoryanlarining erkin va ustuvorliklari) Dvoryanlarning shaxsiy imtiyozlariga keng yo&#8217;l ochib bergan, dvoryan o&#8217;z-o&#8217;zini boshqaruv tizimini joriy etgan. Dvoryanlar tabaqa sifatida Oktabr to&#8217;ntarishidan so&#8217;ng tugatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DVORYANLAR, dvoryanlik \u2014 o&#8217;rta asr jamiyatida imtiyozlari merosiy bo&#8217;lib qonun bilan mustahkamlangan oliy tabaqalardan biri (ruhoniylar bilan birga). Xususiy yer egaligi \u2014 Dvoryanlarning iqtisodiy va siyosiy ta&#8217;sirining asosini tashkil etgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dvoryanlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24201","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24201","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24201"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24201\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24207,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24201\/revisions\/24207"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24201"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24201"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24201"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}