{"id":24304,"date":"2022-04-15T18:31:02","date_gmt":"2022-04-15T15:31:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24304"},"modified":"2022-04-15T18:31:03","modified_gmt":"2022-04-15T15:31:03","slug":"druzlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/druzlar\/","title":{"rendered":"DRUZLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>DRUZLAR (Arabcha duruz) \u2014 shialikda vujudga kelgan firqa (diniy guruh). Asosan Livanda va Suriyada yashaydilar. Ularning karashlari ismoiliylar qarashlariga yaqin. Firqaning paydo bo&#8217;lishi 10-11-asrlarda fotimiylar sulolasidan bo&#8217;lgan xalifa Hakim nomi bilan bog&#8217;liq. Hakim umrining oxirida o&#8217;zini Xudo deb e&#8217;lon qilgan va o&#8217;ziga e&#8217;tiqod qilishni talab etgan. U sirli ravishda o&#8217;lgach, Livan va Antilivan tog&#8217;larida yashovchi xalqlar unga Xudo deb e&#8217;tiqod qila boshlaganlar. Druzlar nomi xalifa Hakimning targ&#8217;ibotchilaridan bo&#8217;lgan Daroziy (1019 yil vafot etgan) ismi bilan bog&#8217;liq. Druzlar aqidasiga ko&#8217;ra, Xudo odam qiyofasiga kirib, insonlar o&#8217;rtasida paydo bo&#8217;lishi mumkin (shuning uchun ular Hakimning qaytishiga ishonadilar). Druzlar Qur&#8217;on mazmunini majoziy talqin qiladilar. Jonning ko&#8217;chib yurishi to&#8217;g&#8217;risidagi tasavvur tufayli o&#8217;limga befarq qaraydilar, Islom dini marosimlarini bajarishni shart deb hisoblamaydilar. Diniy bayramlardan faqat qurbon hayitini va shialarda motam marosimi hisoblangan Ashuroni nishonlaydilar. Druzlar sunniylar tomonidan ta&#8217;qib qilingani uchun shialarga xos bo&#8217;lgan taqiyya talablariga amal qiladilar. Barcha ismoiliylar kabi Druzlar ham shariatni tan olmaydilar. Druzlar ikki qismga; &#171;omiy&#187; (&#171;bexabar&#187;) va &#171;uqqol&#187; (&#171;bilimdonlar&#187;, &#171;xabardorlar&#187;)ga bo&#8217;linadilar. Druzlarda masjidga borish, namoz o&#8217;qish odati yo&#8217;q. Ularning ibodatxonalari &#171;xalvo&#187; deb ataladi. Bu yerda payshanba kunlari faqat &#171;uqqol&#187;largina to&#8217;planadilar. O&#8217;rta asrlardan boshlab Druzlar o&#8217;zlarining merosiy mulklariga va hukmdor amirlar sulolasiga ega bo&#8217;lgan. Livanda druz amirlari hokimiyati, ayniqsa, Faxriddin II Maon (1590-1633) va Bashir II Shixob (1788\/9 \u2014 1840) davrlarida juda yuksalgan. Druzlar Suriya xalqining 1925-27 yillarda frantsuzlar hukmronligiga va 1958 yilda Isroilga qarshi chiqishlarida faol ishtirok etishgan. Hozirgi vaqtda Druzlar Livan milliyvatanparvarlar kuchlari tarkibida jamiyatni qayta qurish uchun kurash olib bormoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DRUZLAR (Arabcha duruz) \u2014 shialikda vujudga kelgan firqa (diniy guruh). Asosan Livanda va Suriyada yashaydilar. Ularning karashlari ismoiliylar qarashlariga yaqin. Firqaning paydo bo&#8217;lishi 10-11-asrlarda fotimiylar sulolasidan bo&#8217;lgan xalifa Hakim nomi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/druzlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24304","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24304","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24304"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24304\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24305,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24304\/revisions\/24305"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24304"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24304"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24304"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}