{"id":24342,"date":"2022-04-15T20:12:42","date_gmt":"2022-04-15T17:12:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24342"},"modified":"2022-04-15T20:12:44","modified_gmt":"2022-04-15T17:12:44","slug":"devonu-lugotit-turk","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/devonu-lugotit-turk\/","title":{"rendered":"&#171;DEVONU LUG&#8217;OTIT-TURK&#187;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;DEVONU LUG&#8217;OTIT-TURK&#187; (&#171;Turkiy so&#8217;zlar devoni&#187;) \u2014 Mahmud Koshg&#8217;ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071-72). Bu asarda 11-asrning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va G&#8217;arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug&#8217; va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geografiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma&#8217;lumotlar yozib qoldirilgan. &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187;ning qo&#8217;lyozmasi 1914 yil Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan. 319 sahifali bu qo&#8217;lyozma hozirgi Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187; yozilganidan salkam 200 yil keyin, ya&#8217;ni Mahmud Koshg&#8217;ariyning o&#8217;z qo&#8217;li bilan yozilgan nusxadan 1266 yilda kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotihal-soviy aldamashqiy tomonidan ko&#8217;chirilgan. &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187; Arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy so&#8217;zlarni to&#8217;g&#8217;ri talaffuz qilish maqsadida Arabcha harakatlar (harflardagi ost-ust ishoralar) dan foydalanilgan. Bunda, albatta, muallif ancha qiyinchilikka uchragan, chunki Arabcha harf va alif, vov, yo) ishoralari bilan turkiy tovushlarni berib bo&#8217;lmas edi. Turkiy tildagi cho&#8217;ziq va qisqa unlilar, yumshoq va qattiq tovushlar uchun Maxmud Koshg&#8217;ariy maxsus belgilar (harakatlar)ni qo&#8217;llaydi yoki so&#8217;z boshidagi cho&#8217;ziqlikni ikki alif bilan ko&#8217;rsatadi yoki 2 xil talaffuz qilinadigan so&#8217;zlarga 2 xil ishora qo&#8217;yadi: azuqluq, eritmak so&#8217;zlaridagi Z va R harflari ustiga ham kasra, ham damma ishorasini qo&#8217;ygan, demak, bu so&#8217;zlar o&#8217;sha davr talaffuz etilgan: azmqluq \u2014 azuqluq, eritmak \u2014 erutmak kabi. Arabcha harf bilan ko&#8217;rsatish mumkin bo&#8217;lmagan turkiy talaffuzni &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187;da izohlab, ta&#8217;riflab o&#8217;tgan. &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187;da, avvalo, otlar, so&#8217;ng fe&#8217;llar izohlanadi. So&#8217;zlar tartibi ularning tarkibidagi harflarning orta borishiga (2 harfdan 7 harfgacha) qarab amalga oshirilgan. Mahmud Koshg&#8217;ariy &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187;ga o&#8217;zi tuzgan dunyo xaritasi (dunyoning doira shaklidagi tasviri) ni ilova qilgan. Xaritada mamlakat, shahar, qishloq, tog&#8217;, cho&#8217;l, dovon, dengiz, ko&#8217;l, Daryo va hokazolarning nomlari yozilgan. Xaritaga yozilmay qolgan bir qancha nomlar asar matnida izohlangan. Xarita, asosan, hozirgi Sharqiy yarim sharga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Asarda 11-asrdagi shaharlar, qishloqlar, dengiz, ko&#8217;llar, turkiy qabilalar va urug&#8217;lar haqida, urug&#8217;larning ijtimoiy ahvoli, kelib chiqishi, nomlanishi, ichki urug&#8217; va toifalari, ularning joylanishi, urf-odatlari, til xususiyatlari haqida batafsil ma&#8217;lumotlar beriladi. Bundan tashqari, hayvonot va o&#8217;simliklari, ularning nomlanishiga to&#8217;xtalib o&#8217;tadi, astronomik ma&#8217;lumotlar, burj va muchal haqida ham ma&#8217;lumotlar bor. &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187;da ayniqsa qabila va urug&#8217; tillariga oid lingvistik ma&#8217;lumotlar ancha batafsil berilgan. Bunda har so&#8217;zning ma&#8217;nolari (polisemiya, omonim, sinonim, antonim va arxaik so&#8217;zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so&#8217;zlarning etimologiyasiga to&#8217;xtalib o&#8217;tadi. Tovushlar (fonemalar)ning taxlili ancha mukammal: unli va undosh fonemalar, cho&#8217;ziq va qisqa unlilar, ularning urug&#8217;tillaridagi talaffuzi va orfografiyasi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil izohlangan. Morfologiya sohasida so&#8217;z turkumlarini, davr an&#8217;anasiga ko&#8217;ra, 3 so&#8217;z turkumiga: fe&#8217;l, ism, bog&#8217;lovchiga bo&#8217;lib, ularning yasalish va turlanish yo&#8217;llarini ko&#8217;rsatib o&#8217;tadi. &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187;da 250 dan ortiq maqol va matallar, o&#8217;nlab she&#8217;riy parchalar keltirilgan. V. V. Bartold &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187;dan o&#8217;z ilmiy ishlarida keng foydalanganini sharqshunos S. Volin ko&#8217;rsatib o&#8217;tgan. Tilshunos olim V. I. Belyaev &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187; haqida shunday yozadi: &#171;biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga asoslangan&#8230; Muallif bergan ma&#8217;lumotlar&#8230; arxeologik kashfiyotlar bu ma&#8217;lumotlarning aksariyatini isbot etmoqda&#187;. Nemis sharqshunosi K. Brokkelman &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187;asarini 1928 yil nemis tiliga tarjima qildi. &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187; qo&#8217;lyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915-17) keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939-41) turk tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187;ning turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957 yil amalga oshirildi. &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187; ikkinchi bo&#8217;lib o&#8217;zbek tiliga tarjima qilinib, muhim izoh va tafsirlari bilan 1960-63 yillari Toshkentda &#171;fan&#187; nashriyotida 3 jildda chop etilgan. Bu tilshunos olim, Filologiya fanlari doktori, professor Solih Mutallibovning 35 yillik mehnati natijasi edi. Ushbu nashr faqat tarjima bo&#8217;lmay, turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy nomlariga izoh, va tafsir hamdir. O&#8217;zbekcha nashrining muqaddima qismida 11-asr filologlari, &#171;Qutadg&#8217;u bilig&#187; asari, Maxmud Koshg&#8217;ariyning lingvistik qarashlari, turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urug&#8217; va qabilalar, tillarning hozirgi turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkripsiyasi to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumotlar berilgan. &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187; O&#8217;zbekcha nashrining oxirida turkiy urug&#8217;, qabila, shaharlar va boshqalar to&#8217;g&#8217;risida batafsil ma&#8217;lumotlar bor, asarning har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan so&#8217;z va iboralar keng ta&#8217;riflanadi, izohlanadi. O&#8217;zbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, uning har bir jildi asosida tuzilgan ko&#8217;rsatkichdir. Unda &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187;da uchragan so&#8217;zlar alifbo tarzida keltirilib, so&#8217;zning o&#8217;zbek va rus tilida tarjimasi beriladi. Mazkur so&#8217;zning &#171;Devonu lug\u2019otit-turk&#187;ning qaysi betlarida uchrashi (oldin o&#8217;zbekcha, so&#8217;ng turkcha nashrlarining beti, satri) ko&#8217;rsatib o&#8217;tiladi. G&#8217;anijon Abdurahmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;DEVONU LUG&#8217;OTIT-TURK&#187; (&#171;Turkiy so&#8217;zlar devoni&#187;) \u2014 Mahmud Koshg&#8217;ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071-72). Bu asarda 11-asrning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va G&#8217;arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug&#8217; va qabilalar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/devonu-lugotit-turk\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24342","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24342","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24342"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24342\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24349,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24342\/revisions\/24349"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24342"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24342"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24342"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}