{"id":24343,"date":"2022-04-15T20:10:57","date_gmt":"2022-04-15T17:10:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24343"},"modified":"2022-04-15T20:10:59","modified_gmt":"2022-04-15T17:10:59","slug":"devoni-hikmat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/devoni-hikmat\/","title":{"rendered":"&#171;DEVONI HIKMAT&#187;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;DEVONI HIKMAT&#187; &#8212; Ahmad Yassaviyning she&#8217;rlarini o&#8217;z ichiga olgan majmua. Asl nusxasi saqlanmagan. 19-asrdan boshlab Toshkent, Buxoro, Kogon, Qozon, Istanbul shaharlarida bir necha bor nashr etilgan. Mavjud qo&#8217;lyozma va bosma nusxalar bir-biridan farq qiladi. Ahmad Yassaviy &#171;Devoni hikmat&#187;ni shu nom bilan kitob tarzida tartib bermagan. Uni Yassaviyning murid va izdoshlari tuzishgan. Ya&#8217;ni ustozlarining hikmatlarini bir joyga jamlab, unga &#171;Devoni hikmat&#187; nomini berishgan. Yassaviylik tariqatiga kirganlar uchun &#171;Devoni hikmat&#187;dagi she&#8217;rlarni o&#8217;qib yod olish, hatto qobiliyati yetadiganlar uchun shunday shaklda she&#8217;rlar yozish tariqatning daxlsiz talablaridan hisoblangan. Yassaviylik tariqati ko&#8217;plab shoirlarni yetishtirib chiqarishda o&#8217;ziga xos maktab vazifasini bajargan. &#171;Devoni hikmat&#187;dagi hamma she&#8217;rlar ham Yassaviyga mansub emas. Unda Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan. Asar poetik jihatdan xalq qushiklariga yaqin. Shu bois u xalq ommasi orasida keng tarqalgan. Natijada Yassaviy hikmatlari og&#8217;izdan-og&#8217;izga kuchib, kitobdan-kitobga o&#8217;tib, o&#8217;z asl tilini va uslubini o&#8217;zgartirgan, ammo ularning asosiy g&#8217;oyaviy mazmuni saqlanib qolgan. &#171;Devoni hikmat&#187; Islom dini asoslaridan bahs etuvchi, shariatning ahkomi va ahli sunnatning aqidalaridan saboq beruvchi, tasavvuf sirlari va tariqatning odobu arkoni yoritilgan qomusiy xarakterdagi asardir. Unda ilohiy ishq g&#8217;oyasi va didaktik mazmun yo&#8217;nalishi yetakchilik qiladi. &#171;Devoni hikmat&#187;da Munojot, qasida, munozara janri talablariga muvofiq keladigan she&#8217;rlar bilan bir qatorda, &#171;Me&#8217;rojnoma&#187; (Hazrat Muhammad alayhissalom madh etilgan manzuma) ham o&#8217;rin olgan. Yassaviy tariqati turli davrlarda va turli joylarda Ahmad Yassaviyning ko&#8217;plab shogirdlari va muxlislari tomonidan davom ettirilgan. Sulaymon Boqirg&#8217;oniy, Bobo Mochin, Shamsiddin O&#8217;zgandiy Xudoydod, qul Nasimiy, Ubaydiy va boshqa tasavvuf shoirlar &#171;Devoni hikmat&#187; ta&#8217;sirida bir qator asarlar yozgan. Shu bois &#171;Devoni hikmat&#187; faqat Yassaviyniki bo&#8217;lmay, Yassaviy tariqatining bir necha asrlik umumiy bir adabiy yodgorligi hisoblanadi. Ad.: Ibrohim Haqqul, Ahmad Yassaviy, T., 2001.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;DEVONI HIKMAT&#187; &#8212; Ahmad Yassaviyning she&#8217;rlarini o&#8217;z ichiga olgan majmua. Asl nusxasi saqlanmagan. 19-asrdan boshlab Toshkent, Buxoro, Kogon, Qozon, Istanbul shaharlarida bir necha bor nashr etilgan. Mavjud qo&#8217;lyozma va bosma &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/devoni-hikmat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24343","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24343","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24343"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24343\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24344,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24343\/revisions\/24344"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24343"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24343"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24343"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}