{"id":24352,"date":"2022-04-15T20:30:12","date_gmt":"2022-04-15T17:30:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24352"},"modified":"2022-04-15T20:30:16","modified_gmt":"2022-04-15T17:30:16","slug":"devori-qiyomat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/devori-qiyomat\/","title":{"rendered":"DEVORI QIYOMAT"},"content":{"rendered":"\n<p>DEVORI QIYOMAT, devoir ko&#8217;ndalang \u2014 arxeologik yodgorlik, qadimgi Samarqand va uning atrofidagi qishloqlarni uragan mudofaa devori xarobasi (miloddan avvalgi 4-2-asrlar \u2014 milodiy 8-asr). Samarqandning Janubda Darg&#8217;om kanalining o&#8217;ng qirg&#8217;og&#8217;i bo&#8217;ylab ko&#8217;tarma (balandligi 4 metrgacha, kengligi 12 metr, uzunligi 50 metr) shaklida saqlanib qolgan. Devori qiyomat xarobasini V.L. Vyatkin tekshirgan (1903). 1936 yilda M. E. Masson Sharq geograflari ma&#8217;lumotlari bilan arxeologik qazishmalar natijalarini qiyoslagan. 1969 yilda Yu. F. Buryakov, M. M. Toshev arxeologik qazishmalar olib borgan. O&#8217;rta asr Sharq manbalarida yozilishicha, Devori qiyomatning uzunligi 12 farsax (72 kilometr), balandligi 14 gaz (taxminan 10 metr) bo&#8217;lib, tepasi kungurador Burjlar bilan mustahkamlangan 12 darvozasi bo&#8217;lgan. Devorning eng chet nuqtalari Sharqda Cho&#8217;ponota tepaligining yon bag&#8217;irlari, Janubda Darg&#8217;om kanaliga yaqin joy, g&#8217;arbda Xeshrav qishlog&#8217;i va shimolda Qunduz So&#8217;fi qishlog&#8217;i bo&#8217;lgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Devori qiyomatning ayrim qismlari turli davrlarda qurilganligi aniqlandi. Dastlab (miloddan avvalgi 4-asr) Devori qiyomatning shim. qismi paxsadan 2 qator qilib, o&#8217;rtasi yo&#8217;laksimon xonalar shaklida qurilgan. Keyinchalik bu xonalarga murdalar ko&#8217;milgan. Abu Muslim buyrug&#8217;i bilan Devori qiyomat 752-753 yillarda Janubga 7,5 farsax (45 kilometr) davom ettirilib, yangi aholi zich yashaydigan hudud o&#8217;rab olingan. U paxsa va xom g&#8217;ishtdan qurilgan. Devori qiyomatning Janub qismi 1466 yildan boshlab devori ko&#8217;ndalang deb atalgan. 19-asrda esa Iskandar devori degan nom bilan ham yuritilgan. Bu devor Devori qiyomat deb 18-asrdan so&#8217;ng atala boshlagan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEVORI QIYOMAT, devoir ko&#8217;ndalang \u2014 arxeologik yodgorlik, qadimgi Samarqand va uning atrofidagi qishloqlarni uragan mudofaa devori xarobasi (miloddan avvalgi 4-2-asrlar \u2014 milodiy 8-asr). Samarqandning Janubda Darg&#8217;om kanalining o&#8217;ng qirg&#8217;og&#8217;i bo&#8217;ylab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/devori-qiyomat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24352","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24352","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24352"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24352\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24358,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24352\/revisions\/24358"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24352"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24352"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24352"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}