{"id":24400,"date":"2022-04-15T21:26:37","date_gmt":"2022-04-15T18:26:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24400"},"modified":"2022-04-15T21:26:39","modified_gmt":"2022-04-15T18:26:39","slug":"deduktsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/deduktsiya\/","title":{"rendered":"DEDUKTSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>DEDUKTSIYA (lotincha deductio \u2014 xulosa chiqarish) \u2014 manttsh qoidalariga ko&#8217;ra xulosa chiqarish. Dastlab formal mantiqda umumiylikdan xususiylik, ayrimlik tomon muhokama yuritish Deduktsiya deb atalgan. Masalan, &#171;barcha metallar elektr o\u2019tkazuvchandir (umumiy) va &#171;mis \u2014 metall&#187; degan ikki hukm (asos)dan deduktiv yo\u2019l bilan &#171;Mis elektr o\u2019tkazuvchandir&#187; degan xususiy yangi hukm (xulosa) chiqariladi. Induktsiyaning qarama-qarshisi. Mantiqqa oid adabiyotlarda &#171;Deduktsiya&#187;atamasini birinchi bor rimlik mantikshunos faylasuf Boesiy (480\u2014 524) ishlatganligini ta&#8217;kidlaydilar. Biroq, bu ta&#8217;limot sillogizm shaklida birinchi bor Aristotelning &#171;birinchi analitika&#187; asarida tahlil qilingan. Keyinchalik Deduktsiya tushunchasini R. Dekart, G. Leybnis kabi faylasuflar rivojlantirdilar. O&#8217;rta asr Arab falsafasida Kindiy, Roziy, G&#8217;azoliy, Ibn Rushd tomonidan Deduktsiyaga alohida e&#8217;tibor berilgan. Unga yangi bilim berish vositasi deb qaraganlar. Forobiy, Ibn Sino Aristotelning deduktiv mantig&#8217;iga yangilik kiritib mantiqning sillogizm shaklinigina emas, balki shartli, ayiruvchi kabi shakllarini ishlab chiqdilar. Xulosa chiqarishning yangi (yuqoridagi) usullarini yaratdilar. Hozirgi zamon fanida &#171;Deduktsiya&#187; termini keng ma&#8217;noda qo&#8217;llanilib, muayyan hukmdan mantiq qonunlari asosida xulosa chiqarish tushuniladi. Agar asos qilib olingan hukm haqiqiy va Deduktsiya qonunlariga rioya qilingan bo&#8217;lsa, undan chiqariladigan xulosa ham haqiqiy bo&#8217;ladi. Deduktsiya \u2014 isbotning asosiy vositasidir. Shuning uchun fandagi nazariyalar deduktiv metod natijasida yaratiladi. Odatda, deduktiv metod ma&#8217;lum sohada faktik materiallar to&#8217;plangandan so&#8217;ng, ularni chuqur o&#8217;rganish, tizimga solish va boshqa maqsadlarda qo&#8217;llaniladi. Deduktsiya psixologiya va bilish nazariyasisa ham amal qiladi. Deduktsiya psixologiyada shaxsning individual tafakkuri jarayonini o&#8217;rgansa, bilish nazariyasida ilmiy bilish metodi sifatida namoyon bo&#8217;ladi. Deduktiv metod turli shakllarda, xususan aksiomatik metod, shuningdek, gipotetik \u2014 deduktiv metod shaklida uchraydi. Mavjud faktik materiallardan deduktiv yo&#8217;l bilan nazariya yaratishda asos bo&#8217;ladigan fikrlar majmuasi (aksioma va boshqalar) tanlab olinib, mantiq qonunlari asosida ulardan boshqa bilimlar hosil qilinadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEDUKTSIYA (lotincha deductio \u2014 xulosa chiqarish) \u2014 manttsh qoidalariga ko&#8217;ra xulosa chiqarish. Dastlab formal mantiqda umumiylikdan xususiylik, ayrimlik tomon muhokama yuritish Deduktsiya deb atalgan. Masalan, &#171;barcha metallar elektr o\u2019tkazuvchandir (umumiy) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/deduktsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24400","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24400","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24400"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24400\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24403,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24400\/revisions\/24403"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24400"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24400"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24400"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}