{"id":24487,"date":"2022-04-16T09:09:36","date_gmt":"2022-04-16T06:09:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24487"},"modified":"2022-04-16T09:09:37","modified_gmt":"2022-04-16T06:09:37","slug":"dezinsektsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dezinsektsiya\/","title":{"rendered":"DEZINSEKTSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>DEZINSEKTSIYA (dez&#8230; va lotincha insectum \u2014 hasharot) \u2014 yuqumli kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchilarni tarqatadigan zararkunanda bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilarni yo&#8217;qotish uchun qo&#8217;llaniladigan chora-tadbirlar majmui. Dezinsektsiya odam va hayvonlarda turli infektsion kasalliklarni tashib yuradigan bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar (kana, pashsha, bit, chivin, iskabtopar), shuningdek, turarjoylardagi suvarak, qandala, burgalarni qirish uchun o&#8217;tkaziladi. Dezinsektsiya terminini birinchi bo&#8217;lib rus mikrobiologi N. F. Gamaleya kiritgan (1910). Profilaktik va qiruvchi Dezinsektsiya bo&#8217;ladi. Profilaktik Dezinsektsiyaga shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish, chiqindilarni vaqtida chiqarib tashlash, turarjoy va xo&#8217;jalik binolarini Ozoda saqlash, hovuz va ariqlarni tozalash, hasharotlar paydo bo&#8217;lishi va ko&#8217;payishining oldini olish kiradi. Qiruvchi Dezinsektsiya fizik, kimyoviy va biologik usullar bilan amalga oshiriladi. Ko&#8217;proq kimyoviy vositalar (jumladan insektisidlar) qo&#8217;llaniladi. Ular ta&#8217;sir etish mexanizmiga ko&#8217;ra teri orqali ta&#8217;sir etadigan (xlorofos, trixlofos va boshqalar), ichak orqali ta&#8217;sir etadigan (bor kislota, bura, butadion va boshqalar) va fumigant \u2014 hasharot organizmiga nafas yo&#8217;llari orqali ta&#8217;sir etadigan vositalarga bo&#8217;linadi. Biologik Dezinsektsiya usuli zarakunandalarni &#171;bir-biriga yedirish&#187;ga (masalan, patogen mikroorganizmlar, gelmintlar, viruslar va hokazolar), fizik Dezinsektsiya esa yuqori yoki past bosim bilan ta&#8217;sir etishga asoslanadi. Bu usullar yordamida hasharotlarning ko&#8217;payishiga ancha chek qo&#8217;yiladi. Veterinariyada Dezinsektsiya chorva mollari sog&#8217;lig&#8217;iga zarar yetkazadigan va ular mahsuldorligining pasayishiga olib keladigan hasharotlar va kanalarni yo&#8217;qotishga qaratilgan tadbirlardir. Hayvonlar, chorvachilik va parrandachilik binolari, fermalar hududlari, omborxonalar, hayvonot xom ashyosini qayta ishlash korxonalari, kushxonalar, go&#8217;sht kombinatlari, veterinariya-sanitariya nazorati o&#8217;rnatiladigan boshqa ob&#8217;ektlarda o&#8217;tkaziladi. O&#8217;zbekistonda veterinariya sohasida Dezinsektsiya masalalari bilan shug&#8217;ullanish uchun 1961 yilda O&#8217;zbekistan veterinariya ilmiy tadqiqot institutida maxsus Araxnoentomologiya laboratoriya tashkil etildi. Laboratoriya gnus va boshqa xavfli hasharotlar va entomozlarga qarshi Dezinsektsiya choralari joriy etish va tadqiq qilish ishlarini yo&#8217;lga qo&#8217;ydi. 40 dan ortiq kimyoviy insektisid, 12 mikrobiologik, 2 ta probiotik preparat, 3 ta antomofaglar va chivinlar feromoni (muskalyur) qo&#8217;llanishga tavsiya etildi. Respublikada veterinariya amaliyotida tsimbush (tsipermetrin), desis, nurel, butoks va boshqalar qo&#8217;llanilmoqda. Dehqonchilikda Dezinsektsiya urug&#8217;lik va kuchatlar, zaxira oziq-ovqat va yem uchun muljallangan mahsulotlar zaxirasidagi va o&#8217;simliklardan olingan texnikaviy xom ashyolardagi, omborlar, un va yorma ishlab chiqaradigan korxonalardagi zararkunanda qasharotlarni yo&#8217;q qilishda qo&#8217;llaniladi. Odatda, kimyoviy Dezinsektsiyada brommetil, dixloretan, xlorpikrin, metallixlorid va boshqalar bilan fumigasiyalash, bino ichini tarkibida geksaxloran yoki uning gamma-izomerlari bo&#8217;lgan aerozollar bilan ishlash, sirtdan ta&#8217;sir qiluvchi insektisidlar purkash, urug&#8217;lik zaxirasini insektisid va akarisid dustlari bilan changlash; novda, kalamchalarni insektisid va akarisidlardan tayyorlangan suyuklikka botirib olish va boshqalar qo&#8217;llaniladi. Ayrim hollarda don va oziq-ovqat mahsulotlarining idish va qoplari insektisidlar bilan ishlanadi, past haroratda sovitiladi yoki yuqori qaroratda qizdiriladi. Dezinsektsiyaning oddiy usuli \u2014 zararkunanda tushgan urug&#8217;lik boshqa joyga ko&#8217;chiriladi yoki maxsus mashinalarda tozalanadi. Shonosir Shovahobov, Ahror Ro&#8217;zimurodov, Abdukarim Zikiryoyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEZINSEKTSIYA (dez&#8230; va lotincha insectum \u2014 hasharot) \u2014 yuqumli kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchilarni tarqatadigan zararkunanda bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilarni yo&#8217;qotish uchun qo&#8217;llaniladigan chora-tadbirlar majmui. Dezinsektsiya odam va hayvonlarda turli infektsion kasalliklarni tashib yuradigan bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar (kana, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dezinsektsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24487","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24487","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24487"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24487\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24492,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24487\/revisions\/24492"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24487"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24487"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24487"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}