{"id":24521,"date":"2022-04-16T10:52:30","date_gmt":"2022-04-16T07:52:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24521"},"modified":"2022-04-16T10:52:31","modified_gmt":"2022-04-16T07:52:31","slug":"deygish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/deygish\/","title":{"rendered":"DEYGISH"},"content":{"rendered":"\n<p>DEYGISH \u2014 daryoning kuchli oqimi va suv sathining keskin o&#8217;zgarishi natijasida qirg&#8217;oqlarning shiddatli yuvilishi. Oqim bilan yuvilgan qirg&#8217;oq o&#8217;pirilib, suv qayir tomon suriladi, sohil zonasida joylashgan ekinzorlarni yuvib, irrigatsiya inshootlarini vayron qiladi, xalq xo&#8217;jaligiga katta zarar yetkazadi. O&#8217;tmishda Xorazm vohasidagi tabiiy ofat turlaridan biri bo&#8217;lgan. Ya. G&#8217;ulomovning yozishiga ko\u2019ra, Amudaryoda toshqin paytida suv sathi yerga nisbatan 0,6\u20141,6 metr baland ko&#8217;tariladi. Shuning uchun har ikki qirg&#8217;oqning yoqasida baland dambalar (qochilar) qurilgan, bu dambalar vohani suv bosishdan saklagan. Daryo suvi asta-sekin qirg&#8217;oqlarni yuvgan, ba&#8217;zan butun-butun joylarni yuvib ketgan, ba&#8217;zan esa yangi sayozliklar va orollar hosil qilgan. Bu dahshatli oqimga Xorazm vohasida maxsus &#171;Deygish&#187;yoki &#171;yiqqin&#187; (qozoq va qoraqalpoqlar tilida) degan nomlar berilgan. Deygish bundan ming yil ilgari Xorazmning qadimgi poytaxti \u2014 Kot shahrini butunlay yuvib, yo&#8217;q qilib yuborgan. Deygish Amudaryonnng o&#8217;rta va quyi oqimida, ayniqsa, yozgi toshqin davrida (iyun \u2014 avgust) tez-tez sodir bo&#8217;ladi. Suvning ko&#8217;tarilishi va pasayishi ko&#8217;pincha 8-10 kun davomida ro&#8217;y beradi. Deygish daryolarda suv kamaygan davrda (noyabr\u2014 dekabr) ham kuzatiladi. Amudaryo o&#8217;zani bir necha yil davomida 5-6 kilometr va undan ko&#8217;proq suriladi. Daryo o&#8217;zanida yangidan-yangi sayozlik va chuqur joylar, orolchalar paydo bo&#8217;ladi, biroq ular bir joyda turmasdan siljib yuradi. Bu esa kanallarga suv olish ishlarini qiyinlashtiradi. 1937 yil Deygish oqibatida To&#8217;rtko&#8217;l shahri vayron bo&#8217;lgan. 1990 yillardan Amudaryo quyi oqimi Tuyamo&#8217;yin suv ombori orqali tartibga solingach, bu yerlarda Deygish hodisasining ta&#8217;siri bir oz pasaydi. Deygishga karshi kurashning samarali usuli \u2014 Daryo oqimi kuchini qirqadigan va qirg&#8217;oqning yuvilishini kamaytiradigan to&#8217;g&#8217;rilagich qurilmalar o&#8217;rnatishdir. Amudaryoning quyi oqimida, asosan yirik suv olish inshootlari yaqinida 10 dan ortiq shunday to&#8217;g&#8217;rilagichlar barpo etilgan. Qirg&#8217;oqni yuvilishdan saklash uchun dambalar quriladi. Bir-biridan 200-250 metr masofada qurilgan qo&#8217;sh dambalar eng turg&#8217;un va chidamli hisoblanadi. Har 1-2 kilometr birinchi va ikkinchi qatorlar orasida ko&#8217;ndalang damba (traverslar) barpo qilinadi. Tuproqdan yasalgan bunday ko\u2019tarmalar Amudaryoning quyi oqimida ikkala qirg&#8217;oq bo&#8217;ylab 900 kilometrdan ortiq masofada qurilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEYGISH \u2014 daryoning kuchli oqimi va suv sathining keskin o&#8217;zgarishi natijasida qirg&#8217;oqlarning shiddatli yuvilishi. Oqim bilan yuvilgan qirg&#8217;oq o&#8217;pirilib, suv qayir tomon suriladi, sohil zonasida joylashgan ekinzorlarni yuvib, irrigatsiya inshootlarini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/deygish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24521","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24521","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24521"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24521\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24528,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24521\/revisions\/24528"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24521"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24521"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24521"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}