{"id":24570,"date":"2022-04-16T13:24:44","date_gmt":"2022-04-16T10:24:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24570"},"modified":"2022-04-16T13:24:45","modified_gmt":"2022-04-16T10:24:45","slug":"dekart","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dekart\/","title":{"rendered":"DEKART"},"content":{"rendered":"\n<p>DEKART (Descartes) Rene (lotincha nomi \u2014 Karteziy; 1596.31.3, Lae, Turen \u2014 1650.11.2, Stokgolm) \u2014 frantsuz faylasufi, matematigi, fizigi, fiziologi. Laflesh iezuit kollejida ta&#8217;lim oldi, yunon va lotin tillarini, matematika va falsafani o&#8217;rgandi. 1629 yilda Niderlandiyaga ko&#8217;chib bordi, fan bilan shug&#8217;ullanadi. Qirolicha Xristina taklifi bilan 1649 yilda Shvetsiyaga boradi va o&#8217;sha joyda vafot etadi. Dekart falsafasi uning mat.si, kosmogoniyasi, fizikasi bilan bog&#8217;liq. Matematikada analitik geometriya asoschilaridan biri (to&#8217;g&#8217;ri burchakli koordinatalar tizimi uning nomi bilan ataladi), o&#8217;zgaruvchi miqdor va funktsiya tushunchasini bergan (&#171;Geometriya&#187;, 1637), bir qancha algebra belgilarini joriy qilgan. &#171;Dioptrika&#187; (1637) asarida yorug&#8217;lik nurining ikki muhit chegarasida sinishi haqidagi qonunni bayon qilgan. Harakat miqdorining saqlanish qonunini ta&#8217;riflagan. Osmon jismlarining yuzaga kelishi va harakati materiya zarralarining uyurma harakatidan deb tushuntiruvchi nazariya (Dekart uyurmalari) muallifi. U fiziologiyaga oid bir qancha tajribalar o&#8217;tkazdi va birinchi bo&#8217;lib shartsiz refleks haqidagi tasavvurni yaratdi. Dekart fazo materiya bilan to&#8217;la, materiyasiz fazo yo&#8217;q, deb tushundi. Dekart falsafasi asosida jon va tana, &#171;fikrlovchi&#187; va &#171;ko&#8217;lamli&#187; substantsiya dualizmi yotadi. Materiyani ko&#8217;lam (yoki fazo) ga tenglashtirgan, harakatni jismlarning o&#8217;z joyini o&#8217;zgartirishidan iborat deb bilgan. Dekart fikricha, harakatning umumiy sababchisi Xudo bo&#8217;lib, u materiya, harakat va osoyishtalikni yaratgan. Inson jonsiz a&#8217;zoi badanni tafakkurga va irodaga ega bo&#8217;lgan jon bilan bog&#8217;lab turadi. Dekart falsafasi Xudo, jism va jondan iborat uchta tug&#8217;ma g&#8217;oya bor degan qoidaga asoslanadi. U Xudoning mavjudligini, tashqi olamning realligini isbotlashga harakat qilgan. Dekart g&#8217;oyasiga ko&#8217;ra, insonning mohiyati uning fikrlashidadir. &#171;Fikrlayapman, demak mavjudman&#187; degan fikri shundan kelib chiqqan. Uning fikricha, ilmda ishonchli, isbotlangan, tajribada tekshirilgan dastlabki asos ikki yo&#8217;l bilan \u2014 birinchisi induktsiya va analiz orqali, ikkinchisi \u2014 deduktsiya va sintez orqali izlab topiladi. Dekart ikkinchi yo&#8217;lni ma&#8217;qul yo&#8217;l deb hisoblaydi. U inson aql-idrokining bilish jarayonidagi o&#8217;rniga yuksak baho beradi. &#171;Har bir xulosaga shubha bilan qarash kerak&#187;, deydi u. Har jihatdan ratsional-faylasuf bo&#8217;lgan Dekart 17-18-asr falsafasi va fani taraqqiyotiga salmoqli hissa qo&#8217;shdi. Uning falsafa va tabiatshunoslikka oid ta&#8217;limotlari ta&#8217;sirida vujudga kelgan ilmiy maktablar majmuasi karteziychilik falsafasi nomi bilan mashhur bo&#8217;ldi. Asosiy asarlari: &#171;geometriya&#187; (1637), &#171;Metod haqida mulohazalar&#187; (1637), &#171;Falsafa asoslari&#187; (1644) va boshqalar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEKART (Descartes) Rene (lotincha nomi \u2014 Karteziy; 1596.31.3, Lae, Turen \u2014 1650.11.2, Stokgolm) \u2014 frantsuz faylasufi, matematigi, fizigi, fiziologi. Laflesh iezuit kollejida ta&#8217;lim oldi, yunon va lotin tillarini, matematika va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dekart\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24570","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24570","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24570"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24570\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24577,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24570\/revisions\/24577"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24570"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24570"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24570"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}