{"id":24609,"date":"2022-04-16T14:50:45","date_gmt":"2022-04-16T11:50:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24609"},"modified":"2022-04-16T14:50:46","modified_gmt":"2022-04-16T11:50:46","slug":"doston","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/doston\/","title":{"rendered":"DOSTON"},"content":{"rendered":"\n<p>DOSTON, poema \u2014 liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. O&#8217;zbek xalq, og&#8217;zaki ijodi va o&#8217;zbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. Dostonda muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda hayot, voqelik keng ko&#8217;lamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa ko&#8217;p bo&#8217;ladi. Syujeti sertarmoq, rang-barang. Xalq og&#8217;zakii jodidagi Dostonlar nazm va nasrav., yozma adabiyotdagi Dostonlar nazmda bo&#8217;ladi, bunda Nasr voqealarni bog&#8217;lovchi vazifasini o&#8217;taydi. Yozma adabiyotdagi Dostonlarda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon Dostonlarida lirik asos yanada salmoqliroqdir. Jahon mumtoz adabiyotidagi Dostonlar keng qamrovligi va hajmining kattaligi, ko&#8217;tarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy muammolari, syujetining sertarmokligi va dramatizmining o&#8217;tkirligi, personajlarining ko&#8217;pligi bilan ajraladi. Bunday asarlar markazida jamiyat va xalq takdiri turadi, jamiyat, xalq va qahramon yaxlit, bir butunlikda tasvirlanadi, ular o&#8217;rtasida ziddiyat bo&#8217;lmaydi, balki shu xalq, shu qahramon bilan tashki dushmanlar o&#8217;rtasidagi kurash, yaxshilik bilan yomonlik o&#8217;rtasidagi ziddiyat tasvirlanadi. Ularda vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, do&#8217;stlik va sadoqat, mehnatsevarlik g&#8217;oyalari ilgari suriladi. Ilk dostonlar Yunonistonda paydo bo&#8217;ldi. Ularda afsonaviy qahramonlarning jasorati, xudolarning karomati haqida kuylangan. Gomerning &#171;Iliada&#187; va &#171;Odisseya&#187;, Dantening &#171;Ilohiy komediya&#187;, Firdavsiyning &#171;Shohnoma&#187; asarlari Doston janrining qadimgi namunalaridir. Dostonlar, o&#8217;z mohiyatiga ko&#8217;ra, qahramonlik (&#171;Alpomish&#187;, &#171;Farhod va Shirin&#187;), sarguzasht-detektiv (&#171;Sabbai sayyor&#187;), ishqiy-romantik (&#171;Tohir va Zuhra&#187;, &#171;Layli va Majnun&#187;), jangnoma (&#171;Yusuf va Ahmad&#187;, &#171;Saddi Iskandariy&#187;), tarixiy-memuar (&#171;Shayboniynoma&#187;, &#171;Jizzax qo&#8217;zg&#8217;oloni&#187;), falsafiy (&#171;hayrat ul-Abror&#187;), fantastik-allegorik (&#171;Lison uttayr&#187;), didaktik (&#171;Qutadg&#8217;u bilig&#187;) turga bo&#8217;linadi. Qahramonlik Dostonlarida xalq, jamiyat taqdiri tasvirlansa, ishqiy-romantik Dostonlarda oshiq-ma&#8217;shuqlarning sarguzashti bosh o&#8217;rinda turadi. Tarixiy-memuar yoxud tarixiy-biografik Dostonlarda biror tarixiy shaxslar ramziylashtirilib, bo&#8217;rttirib tasvirlanadi. Umuman, Dostonlarda ideallashtirish, mubolag&#8217;ali tasvir ustun bo&#8217;ladi, ularda turli afsonalar, asotirlar, hikoyatlar, dev, parilar, Xizr, ajdar, ajabtovur otlar (&#171;Alpomish&#187;dagi Boychibor), sehr-jodu ko&#8217;p ishtirok etadi. Xalq Dostonlari baxshi, dostonchi va xalq shoirlari tomonidan dutor, do&#8217;mbira va xalq cholg&#8217;u asboblari jo&#8217;rligida ijro etiladi. Folklordagi Dostonlar bilan yozma adabiyotdagi Dostonlar shaklshamoyili jihatidan bir xil ko&#8217;rinishda bo&#8217;lsada, yozma adabiyotdagi Dostonlar yozuvchining dunyoni o&#8217;ziga xos tarzda idrok etishi, baholashi va o&#8217;z fikr-g&#8217;oyalari, orzu-armonlarini ifodalash tarzi, usulida farqlanadi. Garchand, Navoiyning aksar Dostonlari, jumladan, &#171;Layli va Majnun&#187;, &#171;Saddi Iskandariy&#187; asarlari asosida folklor mavzui turgan bo&#8217;lsada, shoir ularni o&#8217;z estetik qarashlari va badiiy niyatidan kelib chiqib tubdan qayta yaratgan. O&#8217;zbek Dostonchiligi asrlar davomida o&#8217;sib, kamol topib, shakli rang-baranglashib bordi. O&#8217;rxun-Yenisey yozuvida, Avestoyaa, &#171;Devonu lug&#8217;otit turk&#187; dagi qadimgi Doston parchalarida, turkiy xalqlar mulki bo&#8217;lmish &#171;kitobi dodam Qo&#8217;rqut&#187;da va ayniqsa &#171;Alpomish&#187;, &#171;Go&#8217;ro&#8217;g&#8217;li&#187; turkum Dostonlarida o&#8217;zbek Dostonchiligining taraqqiyot yullari, davrlarini kurish mumkin. Navoiy &#171;Xamsa&#187;si o&#8217;zbek Dostonchiligi tarixida yuksak cho&#8217;qqi bo&#8217;ldi. &#171;Xamsa&#187;da, Gegel iborasi bilan aytganda, &#171;dunyoning qahramonlik holati&#187;ni tasvirlash kuchli, uning falsafiy-axloqiy mazmuni chuqur, unda shaxs barkamolligi, Fozil inson va adolatli jamiyat targ&#8217;ib etiladi, yaxshilik va yomonlik ildizlari qidiriladi. 20-asrga kelganda, o&#8217;zbek Dostonlari hajman toraydi, lirizm kuchaydi. Dunyoni, voqelikni va inson ruhiy olamini, ruhiy kechinmalarini idrok etish va haqqoniy tasvirlash bosh fazilat bo&#8217;lib qoldi (Mirtemirning &#171;Surat&#187; dostoni). Hozirgi Dostonlarga afsona, asotirlar ham faol kirib keldi. E. Vohidovning &#171;ruxlar isyoni&#187;, A. Oripovning &#171;Jannatga yo&#8217;l&#187; Dostonlarida ana shu yangiliklar yaqqol ko\u2019rinadi. Hozirgi zamon o&#8217;zbek Dostonlarida drama janri belgilari (konflikt, dialog), ayniqsa epik tasvir unsurlari faollashdi. (E. Vohidov, &#171;Istanbul fojiasi&#187;, O. Matjon, &#171;Paxlavon Mahmud&#187; va boshqalar). Bundan tashqari, shoirning his-tuyg&#8217;ulari, taassurotlari, o&#8217;ymushohadalari, kechinmalaridan iborat bo&#8217;lgan lirik Dostonlar ham yaratilmoqda. 20-asr o&#8217;zbek adabiyotida Dostonlar kamayishini roman janri rivoji bilan izohlash mumkin. Voqelikni afsona, asotirlar va ertaklar asosida bayon etib, bolalarga mo&#8217;ljallangan yirik she&#8217;riy asarlar yozishda ham Doston janridan foydalaniladi. Salohiddin Mamajonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DOSTON, poema \u2014 liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. O&#8217;zbek xalq, og&#8217;zaki ijodi va o&#8217;zbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. Dostonda muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda hayot, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/doston\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24609","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24609","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24609"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24609\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24615,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24609\/revisions\/24615"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24609"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24609"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24609"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}