{"id":24617,"date":"2022-04-16T14:53:51","date_gmt":"2022-04-16T11:53:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24617"},"modified":"2022-04-16T14:53:52","modified_gmt":"2022-04-16T11:53:52","slug":"dostonchilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dostonchilik\/","title":{"rendered":"DOSTONCHILIK"},"content":{"rendered":"\n<p>DOSTONCHILIK \u2014 xalq og&#8217;zaki poetik ijodidagi qadimgi epik an&#8217;ana. Dastlab qo&#8217;shiq shaklidagi, musiqa asbobisiz kuylanadigan asarlar yaratilgan. Keyinchalik (10\u2014 11-asrlar) do&#8217;mbira jurligida aytiladiganlari yuzaga kelgan. Dostonchilikning bunday namunalari Kaspiy va Orol dengizlari bo&#8217;ylaridagi qadimgi ko&#8217;chmanchi turkiy qabilalar orasida vujudga kelgan. Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi badihago&#8217;ylar ko&#8217;payib borgan sari ustoz-shogirdlik an&#8217;analari vujudga kela boshladi. Natijada 15-16-asrlarga kelib ko&#8217;pgina dostonchilik maktabi paydo bo&#8217;ldi. 17-18-asrlar Dostonchilik taraqqiyotida jiddiy ko&#8217;tarilish bosqichi, 19-20-asrlar esa uning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda baxshilar repertuarida 150 dan ortiq xalq dostonlari bo&#8217;lib, ularni tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, bo&#8217;ron shoir, Jumanbulbul, Jossoq, Xonimjon xalfa, buvi shoira, Suyav baxshi, Amin baxshi, Yo&#8217;ldoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Yo&#8217;ldosh shoir, Suyar shoir, Sherna yuzboshi kabi mashhur baxshilar kuylab kelganlar. Ergash Jumanbulbul o&#8217;g&#8217;li, Fozil Yo&#8217;ldosh o&#8217;g&#8217;li, Po&#8217;lkan, Islom shoir, Saidmurod panoh o&#8217;g&#8217;li, berdi baxshi, Abdulla Nurali o&#8217;g&#8217;li, umir shoir, bola baxshi, Ahmad baxshi kabi etakchi san&#8217;atkorlar o\u2019zlariga zamondosh boshqa baxshilar bilan birgalikda bu epik an&#8217;anani davom ettirdilar. D.da qatiy tartibga rioya qilingan: Doston eshitish uchun maxsus kechalar uyushtirilgan, to&#8217;y-hashamlar ham baxshilarsiz o&#8217;tmagan. Tinglovchilar baxshini to&#8217;rga o&#8217;tqazib, atrofida qo&#8217;r to&#8217;kib o&#8217;tirganlar. Baxshi do&#8217;mbirasini sozlab, tinglovchilarga &#171;nima aytay&#187; termasi bilan murojaat qilgan, &#171;kunlarim&#187;, &#171;Do&#8217;mbiram&#187; termalarini aytib, tinglovchilar e&#8217;tiborini o&#8217;ziga jalb etgan. Baxshi ijro davomida dostondagi har bir tasvirga mos so&#8217;z topib, o&#8217;sha so&#8217;zlarga monand hatti-harakatlar qilgan. Tinglovchilarni qiziqtirish bilan, o&#8217;zi ham tobora avjga chiqqan. Iqtidorli dostonchilar ikki-uch kecha mobaynida, hatto oylab Doston kuylay olganlar. Masalan, Shernazar Berdinazar o&#8217;g&#8217;li yetti kecha davomida Doston ayta olgan. Ba&#8217;zi dostonlarning hajmi ham ikki-uch kecha muttasil ijro etishni taqozo etgan. Dostonchi, odatda, voqea eng qiziq joyga yetganda kuylashni to&#8217;xtatib, tanaffus qilgan, bu esa tinglovchilarning qiziqishini yana ham oshirgan. Dostonchilik kechalariga ikki-uch baxshi tashrif buyurgan. Bunday hollarda dostonchilar o&#8217;zaro tortishuvga kirishganlar: bir birlarining iqtidorlarini, so&#8217;zdagi chechanligini, soz chalishdagi mahoratlarini sinaganlar. Tinglovchilar ularga baho berganlar. Xalq olqishini ololmagan dostonchi davradan chiqib ketgan. Dostonchilik an&#8217;anasi hoz. kunda ham davom etmoqda, ammo kuylash tartibi va sharoitlarida birmuncha o&#8217;zgarishlar bor. Endilikda baxshilar teatrlarda, kontsert zallarida, katta sayil va hasharlarda, radio va televideniye orqali uyushtirilgan Olimpiada va tanlovlarda o&#8217;z mahoratlarini keng tomoshabinlar oldida namoyish etmoqdalar. Ad.: Mirzaev T., Xalq baxshilarining epik repertuari, T., 1979; Razzoqov H., Mirzaev T. va b., O&#8217;zbek xalq og&#8217;zaki poetik ijodi, T., 1980. Tura Mirzaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DOSTONCHILIK \u2014 xalq og&#8217;zaki poetik ijodidagi qadimgi epik an&#8217;ana. Dastlab qo&#8217;shiq shaklidagi, musiqa asbobisiz kuylanadigan asarlar yaratilgan. Keyinchalik (10\u2014 11-asrlar) do&#8217;mbira jurligida aytiladiganlari yuzaga kelgan. Dostonchilikning bunday namunalari Kaspiy va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dostonchilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24617","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24617","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24617"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24617\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24623,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24617\/revisions\/24623"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24617"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24617"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24617"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}