{"id":24738,"date":"2022-04-16T18:36:58","date_gmt":"2022-04-16T15:36:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24738"},"modified":"2022-04-16T18:36:59","modified_gmt":"2022-04-16T15:36:59","slug":"demografiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/demografiya\/","title":{"rendered":"DEMOGRAFIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>DEMOGRAFIYA (Yunoncha demos \u2014 xalq va &#8230; grafiya) \u2014 har yili turli sabablarga ko&#8217;ra vafot etgan aholi o&#8217;rnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga to&#8217;ldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga bog\u2019liq holda o&#8217;rganadigan fan. Demografiyaning paydo bo&#8217;lishi asosan 17-asrning 2-yarmidan angliyalik olim J. Graunt (1620\u2014 1674) tadqiqotlari bilan bog&#8217;liqdir. Demografiya terminini 1855 yilda frantsuz olimi A. Giyar qo&#8217;llagan. 1882 yil Xalqaro gigiena va demografiya Kongressining Jeneva sessiyasida rasmiy qabul qilingan. 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlarida keng tarqaldi. O&#8217;zbekistonda, asosan 1960 yillardan qo&#8217;llanila boshladi. Demografiyaning maqsadi muayyan hudud, mamlakat, dunyo aholisi va millatning takror barpo bo&#8217;lishi jarayoni va omillarini o&#8217;rganish, muammolarni belgilab, yechimlarni aniqlash va istiqbolini ko&#8217;rsatib berishdan iborat. Demografiyaning vazifalari: demografik jarayonlar (tug&#8217;ilish, o&#8217;lim, nikoh va ajralish, oilaning demografik xususiyatlari, aholining yosh-jinsiy va oilaviy tarkibi, demografik mayl) va ularning omillarini o&#8217;rganish; demografik bashorat (ma&#8217;lum hudud aholisining soni, yosh-jinsiy tarkibi va demografik vaziyati istiqbolini ilmiy asoslangan holda oldindan aniqlash)larni ishlab chiqish; demografik siyosat (aholi siyosatining uzviy qismi bo&#8217;lib, uning asosiy maqsadi aholining mikdoriy o&#8217;sishini boshqarishdan iborat) chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Demografik siyosat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ilmiy asosini tashkil etmog&#8217;i lozim. Shundagina jamiyat har tomonlama muntazam rivojlanib boradi. Demografik tadqiqot usuli \u2014 statistik, tarixiy taqqoslash, xaritagrafik, sotsiologik, matematik va mantiqiy fikrlash. Demografiyaning taxliliy metodi statistikadan farq qiladi: unda mavhum fikrlash usulidan keng foydalanish asosida aholi tarkibida kelgusida ro&#8217;y beradigan miqdor va sifat o&#8217;zgarishlari ham o&#8217;rganiladi. Shu jihatdan demografik statistika Demografiyaning bir qismidir. Aholi muayyan ijtimoiy hayot tarziga bo&#8217;ysunishi tufayli, demografik jarayonlar ham muayyan ishlab chiqarish usuli va ishlab chiqarish munosabatiga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Aholi murakkab ijtimoiy va tabiiy rivojlanish mahsuli bo&#8217;lib, turli omillar zaminida ko&#8217;payadi. Bu jihatdan Demografiya iqtisod, sosiologiya, geografiya, tibbiyot, tarix fanlari tahlil mavzuiga yaqin bo&#8217;lib, ularning yutuqlaridan foydalanadi, ayni vaqtda, ularga muhim ma&#8217;lumotlar beradi. Demografik jarayonlarni o&#8217;rganishda juda ko&#8217;p ma&#8217;lumotlardan foydalaniladi. Ko&#8217;pchilik davlatlarda demografik ma&#8217;lumotlar statistika tashkilotlari tomonidan to&#8217;plab boriladi. Ular aholi soni, tarkibi va demografik jarayonlarni aks ettirib o&#8217;z ichiga ushbu masalalarga oid raqamli jadval va diagrammali ma&#8217;lumotlar, ilmiy manbalar, sotsiologik-demografik tadqiqotlar natijalarini oladi. Dunyo miqyosida demografik ma&#8217;lumotlarni to&#8217;plash BMT boshchiligida tuzilgan dastur asosida o&#8217;tkaziladi. Demografiya har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum aholisining ko&#8217;payishi va rivojlanish qonuniyatlarini alohida-alohida o&#8217;rganadi, chunki har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga xos aholi o&#8217;sish qonuni demografik vaziyatga ham bevosita ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. 20-asrning 2-yarmiga qadar O&#8217;zbekistonda aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasi nisbatan pastligi tufayli aholi o&#8217;rtasida o&#8217;lim yuqori bo&#8217;lgan. Garchi tug&#8217;ilish yuqori bo&#8217;lsa ham aholi juda sekin ko&#8217;paygan. 20-asrning 2-yarmidan O&#8217;zbekistonda aholi o&#8217;rtasida o&#8217;lim bir oz kamayib, aholining o&#8217;rtacha umr ko&#8217;rishi uzaydi. Natijada aholining miqdor va sifat o&#8217;sishi ro&#8217;y berdi. Shu davrda O&#8217;zbekistonda Demografiyaning rivojlanishiga e&#8217;tibor berildi. Demografik tadqiqotlar Mirzo Ulug&#8217;bek nomidagi O&#8217;zMU Aholishunoslik ilmiy tadqiqot laboratoriya, demografiya, ijtimoiy geografiya va mintaqaviy iqtisod, sotsiologiya kafedralari, Respublika &#171;oila&#187; ilmiy-amaliy markazi, mehnat, aholi bandligi va ijtimoiy muhofazani o&#8217;rganish Respublika ilmiy markazi, O&#8217;zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining iqtisodiyot instituti, O&#8217;zbekiston Respublikasi &#171;ijtimoiy fikr&#187; jamoatchilik markazida olib boriladi. O&#8217;zbekistonning demografik taraqqiyoti, uning xususiyatlari, omillari va muammolari I. Mullajonov, R. Ubaydullaeva, M. Qoraxonov, E. Ahmedov, O. Otamirzaev, L. P. Maksakova, A. Soliev, H. Salimov, A. Qayumov, M. Bo&#8217;rieva, O. A. Ergashev, E. Safarov, O. Saidahmedov, G. Murtazina, Z. X. Rayimjonov, R.K. Ortiqboev va boshqa olimlarning ilmiy tadqiqotlarida keng o&#8217;rganilgan. 1993 yildan O&#8217;zbekistonda BMTning Aholishunoslik jamg&#8217;armasi (UNFPA) o&#8217;z faoliyatini boshlagan. Uning faoliyati mintaqa davlatlarini, Qozog&#8217;iston va Ozarbayjonni qamrab oladi. Jamg&#8217;arma aholi salomatligi, ayniqsa, ayollar salomatligini yaxshilash borasida tadbirlarni amalga oshiradi, mamlakatda milliy tashkilotlar, tibbiyot muassasalariga sog&#8217;lom oilani shakllantirish maqsadida keng qamrovli sotsiologik-demografik tadqiqotlar o&#8217;tkazadi. Ad.: Bo&#8217;rieva M. P., O&#8217;zbekistonda oila demografiyasi, T., 1997; Bo&#8217;rieva M. R., Demografiya asoslari, T., 2001; Borisov V. A., Demografiya, M., 1999. Mamlakat Burseva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEMOGRAFIYA (Yunoncha demos \u2014 xalq va &#8230; grafiya) \u2014 har yili turli sabablarga ko&#8217;ra vafot etgan aholi o&#8217;rnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga to&#8217;ldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga bog\u2019liq holda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/demografiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24738","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24738","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24738"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24738\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24745,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24738\/revisions\/24745"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24738"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24738"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24738"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}