{"id":24853,"date":"2022-04-19T09:31:45","date_gmt":"2022-04-19T06:31:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24853"},"modified":"2022-04-19T09:31:46","modified_gmt":"2022-04-19T06:31:46","slug":"donesk-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/donesk-viloyati\/","title":{"rendered":"DONESK VILOYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>DONESK VILOYATI (1961 yilgacha Stalino viloyati) \u2014 Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932 yil 17 iyulda tashkil etilgan. Ukrainaning Janubi-sharqida. Maydoni 26,5 ming kilometr kvadrat. Aholisi 5125,4 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, yahudiy, Belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 18 tumanga bo&#8217;lingan, 49 shahar, 139 shaharcha bor. Markazi \u2014 Donesk shahri. Donesk viloyatining ko&#8217;p qismi daryo vodiylari, jarlar o&#8217;yib yuborgan to&#8217;lqinsimon tekislikdan iborat (balandligi 200 metrgacha). Shimoli-sharqida Donesk qirlari (balandligi 350 metrgacha), undan g&#8217;arbda Dnepr bo&#8217;yi pasttekisligi, Janubda Azov bo&#8217;yi qirlari bor. Iqlimi mo&#8217;tadil kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi shimoli-Sharqda -7,8\u00b0, Janubda -5,4\u00b0, iyulniki shimoli-Sharqda 20,8\u00b0, Janubda 22,8\u00b0. Yiliga 450-500 millimetr yog&#8217;in yog&#8217;adi. Yirik daryolari: Severskiy Dones, samara, Volchya va boshqalar. Tuprog&#8217;i ko&#8217;p qismida qora-tuproq. O&#8217;rmonlar bor. Azov dengizi sohilida cho&#8217;l o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Donesk viloyatida og&#8217;ir sanoat (ko&#8217;mir qazib olish, metallurgiya va mashinasozlik) rivojlangan. Donesk viloyati toshko&#8217;mir qazib olishda MDHda Rossiyadan keyin 2-o&#8217;rinda turadi. Qora metallurgiyada mahalliy koks va Krivoy Rog hamda Kerch rudasi va Nikopol marganesi ishlatiladi. Artyomovsk rangli metall zavodi, Konstantinovka &#171;Ukraink&#187; zavodi, Nikitovka simob kombinati va Chasovni Yar o&#8217;tga chidamli buyumlar kombinati ishlab turibdi. Donesk viloyati og&#8217;ir mashinasozlikning yirik markazlaridan. Koks kimyosi zavodlari bor. Yirik qurilish materiallari sanoatida tsement, oyna, yig&#8217;ma temir-beton, shifer, asbest ishlab chiqariladi. Slavyanskda yirik qalam fabrikasi bor. Yengil va oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Energetika xo&#8217;jaligi mahalliy ko\u2019mir va qisman boshqa yerlardan keltiriladigan neft bilan ishlaydi. Yirik GRESlar bor. Qishloq xo\u2019jaligi ko&#8217;p tarmoqli, yuksak darajada mexanizatsiyalashgan. G&#8217;alla va texnika ekinlari, sabzavot-poliz, kartoshka va yem-xashak ekinlari ekiladi. Bog&#8217;dorchilik ham rivojlangan. Tokzorlar kengaytirilmoqda. Chorvachilikda ko&#8217;proq qoramol boqiladi; cho&#8217;chqachilik, qo&#8217;ychilik va parrandachilik ham rivojlangan. Temir yo\u2019lning asosiy magistrallari: Donbass\u2014Xarkov va Donbass\u2014Dnepr bo&#8217;yi va boshqalar. Temir yo\u2019llar elektrlashtirilgan. Avtomobil yo&#8217;llari uzunligi 8,2 ming kilometr. Aeroportlari: Donesk, Mariupol. Azov dengizi bo&#8217;yidagi yirik porti \u2014 Mariupol. Oliy o&#8217;quv yurtlari, jamoat kutubxonalari, muzeylar, teatrlar ishlab turibdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DONESK VILOYATI (1961 yilgacha Stalino viloyati) \u2014 Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932 yil 17 iyulda tashkil etilgan. Ukrainaning Janubi-sharqida. Maydoni 26,5 ming kilometr kvadrat. Aholisi 5125,4 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/donesk-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24853","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24853","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24853"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24853\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24861,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24853\/revisions\/24861"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24853"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24853"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24853"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}