{"id":25047,"date":"2022-04-19T16:01:48","date_gmt":"2022-04-19T13:01:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25047"},"modified":"2022-04-19T16:01:49","modified_gmt":"2022-04-19T13:01:49","slug":"dok","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dok\/","title":{"rendered":"DOK"},"content":{"rendered":"\n<p>DOK (inglizcha dock) \u2014 1) kemalarning suvga botib turadigan qismini qurish, suvdan chiqarib ko&#8217;zdan kechirish va ta&#8217;mirlash uchun xizmat qiladigan inshoot. Dok quruq, suvli va suzib yuruvchi xillarga bo&#8217;linadi. Quruq Dok gavan yoki havzaning qirg&#8217;og&#8217;iga quriladi. U devorlari va tubi suv o&#8217;tkazmaydigan kamera, shlyuz, nasos stansiyasi, kemalarni kameraga kiritish va undan chiqarish jihozlaridan iborat. Dok yog&#8217;och, tosh, po&#8217;lat, beton va temir-betondan quriladi. Unga suv to&#8217;ldirilib, ta&#8217;mirlanadigan kema kiritiladi va suv chiqarib yuboriladi, shunda kema maxsus to&#8217;sinlarga o&#8217;tirib qoladi. Suvli Dokda kema kamera devori bo&#8217;ylab yasalgan maydonga o&#8217;tiradi. Buning uchun maydonlar orasidagi kanalga nasos yordamida suv to&#8217;ldirilib, kema kiritiladi va suv chiqarib yuboriladi. Suvli Dokda bir vaqtda ikki kema ta&#8217;mirlanishi mumkin. Suzib yuruvchi Dok chetlariga ko&#8217;tarish kranlari o&#8217;rnatilgan uzun pontondan iborat. Kemani Dokga kiritish uchun pontonga suv to&#8217;ldirilib, kema kiradigan darajada suvga botiriladi va kranlar orasiga to&#8217;g&#8217;ri keltiriladi, so&#8217;ngra nasos yordamida pontondagi suv chiqarib tashlanadi, Dok suv betiga qalqib chiqadi va kema ponton tubiga o&#8217;tiradi. Bunday Dokning afzalligi uni istalgan joyga olib borish mumkinligidir. Suzib yuruvchi Dok po&#8217;lat va temir-betondan yasaladi; 2) dengiz sathi keskin o&#8217;zgarib turadigan joylarda kemalar yuk ortish yoki yuk tushirishga qo&#8217;yiladigan port havzasi (kamerasi). Bunday Dokda suv sathi o&#8217;zgarmay turadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DOK (inglizcha dock) \u2014 1) kemalarning suvga botib turadigan qismini qurish, suvdan chiqarib ko&#8217;zdan kechirish va ta&#8217;mirlash uchun xizmat qiladigan inshoot. Dok quruq, suvli va suzib yuruvchi xillarga bo&#8217;linadi. Quruq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dok\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25047","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25047","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25047"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25047\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25048,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25047\/revisions\/25048"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25047"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25047"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25047"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}