{"id":25143,"date":"2022-04-20T08:13:05","date_gmt":"2022-04-20T05:13:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25143"},"modified":"2022-04-20T08:13:07","modified_gmt":"2022-04-20T05:13:07","slug":"dengiz-transporti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dengiz-transporti\/","title":{"rendered":"DENGIZ TRANSPORTI"},"content":{"rendered":"\n<p>DENGIZ TRANSPORTI &#8212; okean, dengiz, dengiz kanallari orqali kemalarda yuk va yo&#8217;lovchi tashuvchi suv transporta turi. Xizmat ko&#8217;rsatish doirasiga ko&#8217;ra, uning ichki Dengiz transporti (bir mamlakat o&#8217;rtasidagi portlararo qatnaydigan) va xalqaro Dengiz transporti (mamlakatlararo qatnaydigan) turlari mavjud. Dengiz transporti vazifasiga ko&#8217;ra, yo&#8217;lovchilar, quruq va suyuq yuklarni tashuvchi hamda yordamchi xizmat ko&#8217;rsatuvchi kemalardan iborat bo&#8217;ladi. Dengiz transporti tarixi taxminan miloddan avvalgi 6-4-asrlarda inson dengizni o&#8217;rganib, o&#8217;zlashtira boshlagach, paydo bo&#8217;ldi. Dastlab eshkakli kemalar, miloddan avvalgi 3-asrlarda esa yelkanli kemalar kashf etildi. Bu kemalar bir necha asrlar mobaynida suv yo&#8217;llari orqali aloqa bog&#8217;lashda, savdo munosabatlari yuritishda keng qo&#8217;llanildi. Sanoatning o&#8217;sishi va xalqaro savdoning kengayishi bilan Dengiz transporti ham takomillashib bordi. Bug&#8217; mashinasi ixtiro qilinganidan keyin birinchi bug&#8217; bilan harakatlanadigan mexanik dvigateli paroxodlar yaratildi. So&#8217;ng o&#8217;z navbatida, ichki yonuv dvigatelli teploxodlar, atom reaktorli \u2014 atom muzyorar kemalari ixtiro qilindi. Hoz. zamonaviy Dengiz transporti murakkab muhandislik qurilmasi bo&#8217;lib, ular kompyuterlashtirilgan avtomat boshqaruv va nazorat qurilmalari, murakkab elektron radionavigatsiya vositalari bilan ta&#8217;minlangan. Ulardan ayrimlarining yuk tashish quvvati 500 ming tonnagacha, asosiy elektr energiyasi quvvati 73,6 MVt (100 ming ot kuchi) gacha yetadi. Hoz. vaqtda kemalarda yo&#8217;lovchi tashish o&#8217;rnini havo transporti egallagan bo&#8217;lib, ular faqat dengizda sayohat maqsadidagina amalga oshiriladi. Yuk tashish borasida Dengiz transportining salmog&#8217;i katta bo&#8217;lib, geografik xususiyatlarga ko&#8217;ra bu ko&#8217;rsatkich mamlakatlarda turlichadir. Dengiz transporti asosan AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Yaponiya, Germaniya, Rossiya, Polsha, Yugoslaviya va b. davlatlarda keng rivojlangan (masalan, Yaponiyada 1062 port, Frantsiyada 300 port bor, shundan 6 tasi eng yirik va hokazolar). 20-asrda Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O&#8217;zbekistan uchun ham Dengiz transporti muhim ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Buyuk Ipak yo&#8217;lini tiklash loyihasi doirasida barpo etilgan Yevropa\u2014Kavkaz\u2014Osiyo transport yo&#8217;lagi orqali Kaspiy dengizida Turkmanboshi, Boku, qora dengizda Poti, Batumi portlaridan Yevropa mamlakatlari yo&#8217;nalishlarida yuklar zamonaviy Dengiz transportida tashiladi. Dengiz floti tarkibiga kiruvchi bandargoxlar, kema ishlab chiqarish va ta&#8217;mirlash zavodlari va boshqa Dengiz transportiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Nuriddin Musaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DENGIZ TRANSPORTI &#8212; okean, dengiz, dengiz kanallari orqali kemalarda yuk va yo&#8217;lovchi tashuvchi suv transporta turi. Xizmat ko&#8217;rsatish doirasiga ko&#8217;ra, uning ichki Dengiz transporti (bir mamlakat o&#8217;rtasidagi portlararo qatnaydigan) va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dengiz-transporti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25143","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25143","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25143"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25143\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25149,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25143\/revisions\/25149"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25143"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25143"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25143"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}