{"id":25156,"date":"2022-04-20T08:16:23","date_gmt":"2022-04-20T05:16:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25156"},"modified":"2022-04-20T08:16:23","modified_gmt":"2022-04-20T05:16:23","slug":"dengizkol","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dengizkol\/","title":{"rendered":"DENGIZKO&#8217;L"},"content":{"rendered":"\n<p>DENGIZKO&#8217;L \u2014 Buxoro viloyati Olot tumanidagi ko&#8217;l. O&#8217;rta asrlarda &#171;Borgini farox&#187;, ya&#8217;ni &#171;katta ko&#8217;l&#187; deb yuritilgan. 10-asr yozma manbalarida Dengizko&#8217;l &#171;Qorako&#8217;l&#187;, &#171;Buxayrayi Somjan&#187; (&#171;Somjan ko&#8217;li&#187;) nomlari bilan atalgan. 10-asrda Arab geografi Ibn Havqal tomonidan chizilgan O&#8217;rta Osiyo xaritasida &#171;Baxr ul-Buxoro&#187; (&#171;Buxoro dengizi&#187;) nomi bilan ko&#8217;rsatilgan. Muhammad Narshaxiy (10- asr) bu ko&#8217;l haqida &#171;kengligi yigirma farsax (140-160 kilometr) bo&#8217;lib, Buxoro daryosining ortiqcha suvi shu ko&#8217;lga yig&#8217;ilgan, unda suv jonivorlari kup, butun Xurosonda bu yerdagidek miqdorda qush va baliq tutilgan emas&#187;, deb yozgan. Ko&#8217;l viloyatning Janub chekkasidagi (Zarafshon daryosining quyi oqimida) tektonik botikda, dengiz sathidan 181,5 metr balandda joylashgan. Dengizko&#8217;lga bir qancha kollektor-zovurdan keladigan tashlama suv va ekin maydonlarini sug&#8217;orish natijasida hosil bo&#8217;lgan sizot suvi kelib quyiladi. Zarafshon daryosining asosiy tarmog&#8217;i \u2014 Toyqir ham to&#8217;linsuv davrida ko&#8217;lgacha yetib boradi. Dengizko&#8217;ldan suv oqib chiqmaydi, sarflanish asosan bug&#8217;lanish va qisman shimilish hisobiga kechadi. 60-yillar va 70-yillarning boshlarida Dengizko&#8217;lning maydoni va chuqurligi tez-tez o&#8217;zgarib turgan: suv ko&#8217;p quyilgan davrlarda ko&#8217;lning maydoni 80-100 kilometr kvadrat, chuqurligi 1,0\u20141,5 metr, yoz oxirida esa tegishlicha &#8212; 40-60 kilometr kvadrat va 25-30 santimetr bo&#8217;lgan. 70-80-yillarda Buxoro viloyatining Janubda yangi yerlarning o&#8217;zlashtirilishi va oqova suvlar miqdorining ortishi natijasida Dengizko&#8217;l yildan-yilga kattalasha bordi. 80-yillarning oxiri (1987) da uzunligi 43,3 kilometr, eng keng joyi \u2014 9 kilometr, eng chuqur joyi 22 metr, suv yuzasi maydoni 267 kilometr kvadrat, suv hajmi \u2014 2,7 kilometr kub bo\u2019lgan. Bu qiymatlar suv sathi tebranishiga mos ravishda yil davomida o\u2019zgarib turadi: kuzda bug&#8217;lanish kamaygach, suv muvozanati turg&#8217;unlashadi, so&#8217;ng suv sathi yana orta boradi. Dengizko&#8217;l kollektorzovur suvlari hisobiga to&#8217;yinadi. Yozda bug&#8217;lanish ancha kuchli. Dengizko&#8217;lda shamol ta&#8217;sirida to&#8217;lqinlar kuzatiladi. Suvi juda sho&#8217;r, ko&#8217;lning tubi ayrim joylarda 0,5 metrgacha qalinlikda osh tuzi bilan qoplangan. Dengizko&#8217;l suvi shifobaxsh.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DENGIZKO&#8217;L \u2014 Buxoro viloyati Olot tumanidagi ko&#8217;l. O&#8217;rta asrlarda &#171;Borgini farox&#187;, ya&#8217;ni &#171;katta ko&#8217;l&#187; deb yuritilgan. 10-asr yozma manbalarida Dengizko&#8217;l &#171;Qorako&#8217;l&#187;, &#171;Buxayrayi Somjan&#187; (&#171;Somjan ko&#8217;li&#187;) nomlari bilan atalgan. 10-asrda Arab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dengizkol\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25156","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25156","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25156"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25156\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25161,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25156\/revisions\/25161"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25156"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25156"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25156"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}