{"id":25392,"date":"2022-04-20T14:56:23","date_gmt":"2022-04-20T11:56:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25392"},"modified":"2022-04-20T14:56:23","modified_gmt":"2022-04-20T11:56:23","slug":"denov","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/denov\/","title":{"rendered":"DENOV"},"content":{"rendered":"\n<p>DENOV \u2014 Surxondaryo viloyatdagi shahar (1958 yildan). Denov tumani markazi. Kattaligi va aholisining soni jihatidan Termizdan keyin ikkinchi o&#8217;rinda turadi. Dengiz sathidan qariyb 600 metr balandlikda. Surxondaryo va Sangardak daryolari oralig&#8217;ida. Temir yo\u2019l stantsiyasi. Denovdan Termizgacha bo&#8217;lgan masofa 156 kilometr. Aholisi 63 ming kishi (2000). Yiliga 360 millimetr yog&#8217;in tushadi. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 2,4\u00b0, iyulniki 28,2\u00b0. Denov qadimgi shahar. Yozma manbalarda 14-asr oxirlaridan &#171;Dehinav&#187; shaklida, ya&#8217;ni &#171;yangi qishloq&#187; mazmunida tilga olingan. Mahmud ibn Vali (17-asr) ning yozishicha, Dehinav ajoyib bozori, katta masjidi va xonaqosi bo&#8217;lgan mustahkam qal&#8217;ashahar hisoblangan. Ba&#8217;zi tadqiqotchilar Chag&#8217;oniyon shahri Denov o\u2019rnida bo&#8217;lgan, deb hisoblab kelishgandi. Arxeologlarning aniqlashiga ko&#8217;ra, Chag&#8217;oniyon shahri aslida Denovdan 6 kilometr Janubi-Sharqda joylashgan Budroch manzilgohi o&#8217;rniga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Denovning hozirgi o&#8217;rnida miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirlarida manzilgoh bo&#8217;lgan. Mo&#8217;g&#8217;ullar istilosidan keyin Chag&#8217;oniyon shahri mavqei pasayib ketgach, Temuriylar davrida Dehinav asosiy markazlardan biriga aylandi. Arxeologik topilmalar Denov qal&#8217;asi 15-asrga oidligini, uni mustahkam qo&#8217;rg&#8217;on bo&#8217;lganligini tasdiqlaydi. Denov qal&#8217;asi murakkab me&#8217;morlik obidasi bo&#8217;lib, chor atrofida xandaq qazilgan. Qal&#8217;aning diametrik 110 metr bo&#8217;lib, qalin devor bilan o&#8217;ralgan. Denov 17-18 &#8212; asrlarda Buxoro xonligi tarkibida karvon savdosining markazlaridan bo&#8217;lgan, shaharda hunarmandchilikning yuzdan ziyod turi, ayniqsa ko&#8217;n-charm tayyorlash, etikdo&#8217;zlik, to&#8217;quvchilik, zardo&#8217;zlik, qandolatchilik, o&#8217;yinchoqsozlik va hokazolar rivojlangan. 1907 yil Denovda amirning soliq siyosatiga qarshi yirik xalq harakati bo&#8217;lib o&#8217;tgan. 1920 yil Denovda sho&#8217;rolar hokimiyati o&#8217;rnatilgach, hunarmandchilik ustaxonalari yopilib, shaharga savdo mollari kelishi to&#8217;xtab qoldi. 1925 yil Denov orqali o&#8217;tuvchi Termiz\u2014Dushanba temir yo\u2019l qurildi. Denov sanoat korxonalari bilan nafaqat viloyatda balki respublikada munosib o&#8217;rin tutadi. Sanoat korxonalari, asosan, viloyatda yetishtirilgan qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. &#171;Denovsut&#187; korxonalari, paxta tozalash, mexanika, araq-vino, konserva zavodlari, paxta titish fabrikasi bor. Denovda ishbilarmonlik va tadbirkorlikka keng yo&#8217;l ochilgan. Kichik korxona, firma, shirkatlar faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Ularda 20 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar tayyorlanayapti. Mustaqillik yillarida shaharda hunarmandchilikning ravnaqiga katta e&#8217;tibor berilgan. Beshiksozlik, sandiqsozlik, temirchilik, duradgorlik va boshqalar rivojlangan. Hunarmandlar ayniqsa sandiqsozlikni san&#8217;at darajasiga ko&#8217;targanlar. 8 umumiy ta&#8217;lim maktabi, gimnaziya, xorijiy tillar, kimyo, fizika-matematika litseylari, tibbiyot bilim yurti, shahar biznes maktabi, bolalar san&#8217;at maktabi, poliklinikalar, 13 kutubxona (200 ming nusxa kitob), madaniyat va istirohat bog&#8217;lari, dehqon bozori mavjud. Denovdan O&#8217;zbekistan poytaxti Toshkentga va yana bir qancha viloyat markazlariga muntazam avtobuslar qatnaydi. Shahar hududida me&#8217;moriy yodgorliklardan Said otaliq madrasasi (16-asr) saqlangan. Madrasani asl holiga qaytarish ishlari olib borilmoqda. Uning old qismidagi hudud obodonlashtirilgan. 1992 yilda Denov televideniyesi ish boshladi. Sayfulla Tursunov, Javli Tursunov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DENOV \u2014 Surxondaryo viloyatdagi shahar (1958 yildan). Denov tumani markazi. Kattaligi va aholisining soni jihatidan Termizdan keyin ikkinchi o&#8217;rinda turadi. Dengiz sathidan qariyb 600 metr balandlikda. Surxondaryo va Sangardak daryolari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/denov\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25392","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25392","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25392"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25392\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25399,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25392\/revisions\/25399"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25392"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25392"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25392"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}