{"id":25514,"date":"2022-04-20T19:49:42","date_gmt":"2022-04-20T16:49:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25514"},"modified":"2022-04-20T19:49:43","modified_gmt":"2022-04-20T16:49:43","slug":"dehqonchilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dehqonchilik\/","title":{"rendered":"DEHQONCHILIK"},"content":{"rendered":"\n<p>DEHQONCHILIK &#8212; 1) o&#8217;simlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy o&#8217;simliklar (qishloq xo\u2019jalik ekinlari) ni yetishtirish; qishloq xo\u2019jaligining asosiy tarmoqlaridan biri. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni yem-xashak, ko&#8217;pgina sanoat tarmoushri (oziq-ovqat, to&#8217;qimachilik, farmatsevtika va boshqalar) ni xom ashyo bilan ta&#8217;minlaydi. Chorvachilik bilan uzviy bog&#8217;liq. Dalachshshk (asosiy tarmoq), sabzavotchilik, polizchilik, bog&#8217;dorchilik, gulchilik, yaylov-o&#8217;tloqchilik kabi tarmoklarga bo&#8217;linadi. Dehqonchilikda ekinlarni parvarishlash va mahsulotlar yetishtirish texnologiyasining asosiy tadbirlari: mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan, qimmatli biologik va xo&#8217;jalik belgilariga ega bo&#8217;lgan navlar (duragaylar) ni tanlash, almashlab ekishda eng yaxshi o&#8217;tmishdoshni tanlash; ekin ekiladigan maydonlarda yerga yaxshi ishlov berish va o&#8217;g&#8217;itlarni qo&#8217;llash; urug&#8217;likni ekishga tayyorlash, ekish (muddatlari, urug&#8217;lik ekish normasi, ekish usuli, ekish chuqurligi); ekinlarni parvarishlash (tuproqqa ishlov berish, oziqlantirish, begona o&#8217;tlarni yo&#8217;qotish, ekinni zararkunandalar va hasharotlardan himoya qilish, defoliantlar, desikantlar qo&#8217;llash); hosilni yig&#8217;ib-terib olish (asosiy va ikkilamchi mahsulotlarni yig&#8217;ib-terib olish muddatlari va uni tashkil qilish, dalani o&#8217;simlik qoldiklaridan tozalash, hosil yig&#8217;ib olingandan keyin erni haydash); yig&#8217;ib olingan hosilga dastlabki ishlov berish va boshqalar. Qishloq xo\u2019jalik ekinlarini yetishtirishda mukammal agrotexnologiya mintaqa, muayyan hudud, xo&#8217;jalik, almashlab ekish dalasining tuproq-iqlim sharoitlari va ekiladigan o&#8217;simlik xususiyatlariga, shuningdek, xo&#8217;jalikning ishlab chiqarish resurslariga mos kelishi kerak. Dehqonchilikning asosiy vazifasi ekinlarni yetishtirishning ilmiy asoslangan jadal texnologiyalari negizida don, sabzavot, meva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni ko&#8217;paytirishdan iborat. Tuproq, joy, iqlim sharoitlarining xilma-xilligiga qarab Dehqonchilikda ekiladigan ekinlar, tuproqqa ishlov berish usullari katta farqlarga ega. Namgarchilik yetarli bo&#8217;lgan mo&#8217;tadil mintaqalarda turg&#8217;un Dehqonchilik, qurg&#8217;oqchilik hududlarida sug&#8217;orma Dehqonchilik, nam subtropik va tropiklarda 2-3 marta hosil yetishtiriladigan yil bo&#8217;yi Dehqonchilik paydo bo&#8217;lgan. Shu munosabat bilan har bir mintaqa uchun dehqonchilik tizimi ishlab chiqiladi. Shimoliy yarim sharda Dehqonchilikning quyidagi turlari paydo bo&#8217;lgan: turg&#8217;un Dehqonchilik (tuproq-iqlim sharoitlari turli xil asosiy ekinlarni sug&#8217;ormasdan yetishtirish imkonini beradigan hududlarda); qurg&#8217;oqchil Dehqonchilik (ob-havo sharoitlari, ATM yog&#8217;inlari beqaror bo&#8217;lgan dashtlarda); lalmi Dehqonchilik (qishloq xo\u2019jalik ekinlarini yetishtirish faqat ATM yog&#8217;inlariga bog&#8217;liq bo&#8217;lgan, sug&#8217;orilmaydigan yerlarda); sug&#8217;orma Dehqonchilik (cho&#8217;l, chala cho&#8217;l quruq dasht hududlarda); tog&#8217; Dehqonchilik (tuprog&#8217;i kam taraqqiy etgan, ammo tabiiy unumdorligi yuqori bo&#8217;lgan tog&#8217;li hududlarda); qutb Dehqonchilik (Chekka Shimol mintaqasida). Dehqonchilik tosh davrining so&#8217;nggi bosqichi (neolit)da paydo bo&#8217;ldi. Tuproqni yumshatishda ishlatilgan dastlabki qurol-yog&#8217;och yoki tosh poynakli yog&#8217;och so&#8217;qa hisoblanadi. Tuproqqa ishlov berish qurollari (so&#8217;qa, omoch, ketmon, plug) va ot-ulov kuchlari (ot, ho&#8217;kiz, traktor, elektr tortish qurilmalari) ning takomillashib borishiga qarab haydalma Dehqonchilik paydo bo&#8217;ldi va rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o&#8217;sishi, tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi natijasida Dehqonchilik usullari ham o&#8217;zgarib, asta-sekin ekstensiv shakllardan (olinadigan yalpi hosilni ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga ko&#8217;paytirish) intensiv shakllarga (yer maydonlarini kengaytirmagan holda ekinlar hosildorligi o&#8217;sishini turli omillar \u2014 mexanizatsiya, meliotrasiya, kimyolashtirish, agrotexnika va boshqalar hisobiga ta&#8217;minlash) o&#8217;tib, takomillashib bordi. Hozirgi davrda jahonda Dehqonchilik qilinadigan va ko&#8217;p yillik daraxtzorlar bilan band bo&#8217;lgan yerlar 1512 million gektarni tashkil qiladi. Jahon Dehqonchilikda bug\u2019doy, sholi, makkajo&#8217;xori, arpa, kartoshka, sabzavotpoliz ekinlari, mevalar, uzum eng ko&#8217;p ekiladi. Jahon Dehqonchilikda sug&#8217;oriladigan jami yerlar maydoni 271,4 million gektarni tashkil etadi. Sug&#8217;oriladigan maydonlar (million gektar): Afrikada \u2014 12,5, shimoliy Amerikada \u2014 30,4, Osiyoda \u2014 191,2, Yevropada \u2014 24,6, Avstraliyada \u2014 2,4. Jahonda AQSh, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Qozog&#8217;iston kabi mamlakatlarda katta maydonlarda Dehqonchilik qilinadi. Haydaladigan va doimiy ekiladigan yer maydoni AQShda 176,9 million gektar (sug&#8217;oriladigan yerlar 21,4 million gektar), Xitoyda 124,1 million gektar (sug&#8217;oriladigan yerlar 52,5 million gektar), Hindistonda 161,9 million gektar (Sug\u2019oriladigan yerlar 59 million gektar), Rossiyada 127,9 million gektar (sug&#8217;oriladigan yerlar 4,6 million gektar), Qozog&#8217;istonda 30 million gektar (sug&#8217;oriladigan yerlar 2,3 million gektar). 20-asr oxiriga kelib Yevropa mamlakatlarida ham sug&#8217;orma Dehqonchilik rivojlandi. Sug&#8217;oriladigan yerlar maydoni (million gektar) Frantsiyada \u2014 2, Italiyada \u2014 2,7, Ruminiyada \u2014 2,8, Ispaniyada \u2014 3,6, Ukrainada \u2014 2,5 ni tashkil qiladi (1999). O&#8217;rta Osiyo, shu jumladan O&#8217;zbekiston Dehqonchilikning qadimiy markazlaridan biri hisoblanadi. Ibtidoiy Dehqonchilikdan madaniy Dehqonchilikka o&#8217;tish davrida O&#8217;rta Osiyoda Osiyo hamda Yevropaning boshqa mintaqalariga qaraganda yerni ishlashda qo&#8217;llanilgan temir qurollar ertaroq paydo bo&#8217;lgan. S.P. Tolstovning taxminicha, miloddan avvalgi 2-ming yillikning o&#8217;rtalarida Xorazmda qayir tipidagi sugorishga asoslangan chopiq qilinadigan Dehqonchilik rivoj topgan. Farg&#8217;ona vodiysida ibtidoiy jamiyatda yashagan urug&#8217;lar (ayniqsa jez davrida) soy va daryo etaklarida liman usulida sug&#8217;orishnn qo&#8217;llab, loyqa bosgan yerlarga tariq, arpa va boshqa donli ekinlar ekishgan. Arxeologik tadqiqotlarning ko&#8217;rsatishicha, O&#8217;rta Osiyoda miloddan avvalgi 10-asrda, asosan g&#8217;alla ekinlari, sholi, g&#8217;o&#8217;za, kunjut, qovun, tok va boshqalar o&#8217;stirilgan. 20-asr boshlariga qadar O&#8217;rta Osiyoda, xususan hozirgi O&#8217;zbekiston hududida Dehqonchilikning texnikaviy va agronomik darajasi past edi. Asosan ekstensiv Dehqonchilik tizimi qo&#8217;llanilgan. Barcha qishloq xo\u2019jalik ekinlari, jumladan g&#8217;o&#8217;za, makkajo&#8217;xori, oq jo&#8217;xori, sholi, boshoqli don, dukkakli don ekinlari faqat qo&#8217;l kuchi bilan yetishtirilar, don ekinlari hosildorligi gektariga 6-7 tsentnerdan oshmas edi. Asosiy ulov \u2014 ot, ho&#8217;kiz, tuya, qishloq xo\u2019jalik qurollari \u2014 omoch, ketmon, o&#8217;roq, yog&#8217;och moladan iborat bo&#8217;lgan, mineral o&#8217;g&#8217;itlar umuman qo&#8217;llanilmagan. 20-asrning 20-yillaridan O&#8217;zbekistonda Dehqonchilikning ilmiy bazasini yaratish boshlandi, tajriba stansiyalari, tajriba-tayanch xo&#8217;jaliklari, ilmiy tadqiqot va o&#8217;quv institutlari tashkil etildi, Dehqonchilikda turli mineral o&#8217;g&#8217;itlar, o&#8217;simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalaridan foydalanila boshlandi, respublikaning o&#8217;zida o&#8217;g&#8217;itlar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari qurildi, irrigatsiya-melioratsiya qurilishi rivojlantirildi. O&#8217;zbekistonda keyingi 90 yil mobaynida asosiy Dehqonchilik qilinadigan sug&#8217;oriladigan yerlar maydoni 2,34 marta ko&#8217;paydi va 2000 yilga kelib 4238,6 ming gektar yetdi (1914 yilda 1809,5 ming gektar). Qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishda mexanizatsiyani keng joriy qilish natijasida Dehqonchilik madaniyati yuksaldi: ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyasi yaxshilandi, mineral o&#8217;g&#8217;itlardan foydalanishning salmog&#8217;i va ularning turk tarkibi ortdi, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari keng ko&#8217;lamda amalga oshirildi, davlat nav va urug&#8217;lik nazorati ishlari yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin umuman mamlakat qishloq xo\u2019jaligida, shu jumladan Dehqonchilikda chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. Birinchi navbatda Dehqonchilikni olib borishning tashkiliy shakllari o&#8217;zgartirilib kolxozlar va sovxozlar dastlab jamoa xo&#8217;jaliklariga, so&#8217;ngra 1995 yildan boshlab shirkatlar, ijarachilar uyushmalari, xalq korporatsiya va boshqalarga aylantirildi, dehqon xo&#8217;jaligi, fermer xo&#8217;jaligi kabi yangi xo&#8217;jalik yuritish shakllari paydo bo&#8217;ldi, qishloq xo\u2019jalik korxonalarida oila pudrati keng yoyildi, aholining tomorqa xo&#8217;jaligini rivojlantirishga e&#8217;tibor berildi. O&#8217;zbekistan Respublikasida Dehqonchilikda tub burilishlarning huquqiy asoslarini yaratadigan &#171;Yer to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1990), &#171;Suv va suvdan foydalanish to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1993), &#171;Dehqon xo&#8217;jaligi to&#8217;g&#8217;risida&#187;, &#171;Fermer xo&#8217;jaligi to&#8217;g&#8217;risida&#187;, &#171;Qishloq xo&#8217;jaligi kooperativi (shirkat xo&#8217;jaligi) to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1998) va boshqa qonunlar, shuningdek, O&#8217;zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998) qabul qilindi va amalga kiritildi. Respublika qishloq xo\u2019jaligida Dehqonchilik yetakchi o&#8217;rinda turadi, uning qishloq xo\u2019jalik yalpi mahsuloti hajmidagi hissasi 60-65%. Dehqonchilikda agrotexnikaning ilg&#8217;or usullarini qo&#8217;llash, ekinlarning hosildor navlarini yaratish, navlarni muttasil yangilash va nav almashtirish, o&#8217;g&#8217;itlardan samarali foydalanish, o&#8217;simliklar himoyasi xizmatini yo&#8217;lga qo&#8217;yish, ekin maydonlari tarkiblarini o&#8217;zgartirish tufayli yuqori natijalarga erishildi. Dehqonchilikda g&#8217;o&#8217;za maydonlari qisqartirildi, aholini oziq-ovqat bilan ta&#8217;minlashni tubdan yaxshilash uchun respublikada don ekinlari maydoni ko&#8217;paytirildi va respublikaning g&#8217;alla mustaqilligi ta&#8217;minlandi. 2000 yilda jami toifadagi xo&#8217;jaliklarda ekin ekilgan maydonlar 3774,9 ming gektarni tashkil qildi. Ekin maydonlari tarkibida don ekinlari \u2014 42,7, g&#8217;o&#8217;za \u2014 38,2, sabzavot \u2014 3,4, kartoshka \u2014 1,4, yem-xashak ekinlari \u2014 11,3, poliz ekinlari \u2014 0,9% tashkil etdi. Respublika dehqonchiligida texnika ekinlari (g&#8217;o&#8217;za, tamaki, qand lavlagi), don ekinlari (bugdoy, sholi, arpa, makkajo&#8217;xori, dukkakli don ekinlari), sabzavot-kartoshka, poliz ekinlari, em-xashak ekinlari, bog&#8217;dorchilik o&#8217;z ahamiyatiga ko&#8217;ra yetakchi o&#8217;rinlarda turadi. Respublikada 2000 yilda (ming tonna) paxta \u2014 3001,8, don \u2014 3915,7, shu jumladan bug&#8217;doy \u2014 3521,7, sholi \u2014 154,8, makkajo&#8217;xori doni \u2014 131,4, kartoshka \u2014 729,8, sabzavotlar \u2014 2637,3, poliz mahsulotlari \u2014 457,3, meva va rezavor meva \u2014 796,9, uzum \u2014 625,4 yetishtirildi. Dehqonchilik madaniyatini og&#8217;ishmay oshira borish, fan yutuqlarini va ilg&#8217;or tajribalarini keng joriy etish natijasida O&#8217;zbekistonning ko&#8217;pgina ilg&#8217;or xo&#8217;jaliklarida paxta hosildorligi gektariga 35-45 tsentner, boshoqli don ekinlari 50-70 tsentner, sholi 60-70 tsentner, kartoshka 250-300 tsentner, poliz ekinlari 300-400 tsentner, makkajo&#8217;xori doni hosildorligi 80\u2014 100 tsentnerga yetdi; 2) qishloq xo\u2019jalik ekinlarini yetishtirish va tuproq unumdorligini oshirishning umumiy usullarini o&#8217;rganadigan fan (agronomiyaning bo&#8217;limi). Dehqonchilik fan sifatida yuqori va barqaror hosildorlikni ta&#8217;minlash uchun tuproqqa hamda ekinga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishning turli usullarini, xususan, tuproqning o&#8217;simlik o&#8217;sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni ta&#8217;minlaydigan suv, ozuqa, havo va harorat rejimini boshqarish, ilmiy asoslangan Dehqonchilik tizimlarini va eng maqbul almashlab ekishni, shuningdek, hosildorlikni pasaytiradigan salbiy omillar (qurg&#8217;oqchilik, garmsel, tuproq eroziyasi, begona o&#8217;tlar va boshqalar)ni bartaraf etish yoki ularning ta&#8217;sirini kamaytirish usullarini o&#8217;rganadi va ishlab chiqadi. Dehqonchilik tuproqshunoslik, agrofizika, agrokimyo, selektsiya, urug&#8217;chilik, kishlok xo&#8217;jaligi Fitopatologiyasi, entomologiya, melioratsiya, meteorologiya, yer tuzish va boshqalar bilan chambarchas bog&#8217;liq. Dehqonchilikka oid ilmiy tadqiqot ishlari ilmiy tadqiqot muassasalari, tajriba stansiyalari, tajriba dalalari va tayanch punktlarida, qishloq xo\u2019jalik oliy o&#8217;quv yurtlarining tajriba dalalarida olib boriladi. Ad.: Ermatov A., Dehqonchilik. T., 1990; Rastenievodstvo\/Pod Red. V. P. Vavilova, M., 1986; FAO Production yearbook 1999, vol. 53. [Food and Agriculture Organisation of the United Nations. Pome, 2001]. Abdurahim Ermatov, Sulton Xolnazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEHQONCHILIK &#8212; 1) o&#8217;simlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy o&#8217;simliklar (qishloq xo\u2019jalik ekinlari) ni yetishtirish; qishloq xo\u2019jaligining asosiy tarmoqlaridan biri. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni yem-xashak, ko&#8217;pgina sanoat tarmoushri (oziq-ovqat, to&#8217;qimachilik, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dehqonchilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25514","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25514","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25514"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25514\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25517,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25514\/revisions\/25517"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25514"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25514"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25514"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}