{"id":25523,"date":"2022-04-20T20:16:40","date_gmt":"2022-04-20T17:16:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25523"},"modified":"2022-04-20T20:16:42","modified_gmt":"2022-04-20T17:16:42","slug":"deformatsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/deformatsiya\/","title":{"rendered":"DEFORMATSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>DEFORMATSIYA (lotincha deformatio \u2014 buzilish) \u2014 1) fizikada \u2014 tashqi kuch, temperatura, elektr va magnit maydonlari ta&#8217;sirida jism shakli va o&#8217;lchamlarining o&#8217;zgarishi. Elastik va plastik xillari bor. Tashki kuch ta&#8217;siri to&#8217;xtagandan keyin Deformatsiya yo&#8217;qolsa (jism o&#8217;z holiga qaytsa) elastik Deformatsiya, saqlansa (jism o&#8217;z holiga qaytmasa) plastik Deformatsiya yuz beradi. Elastiklik va plastiklik nazariyasida qattiq jism Deformatsiyasiga oid harakat va kuchlanish o&#8217;rganiladi. Elastik Deformatsiyalanuvchi qattiq jism yo&#8217;q, har qanday qattiq jism tashqi kuch ta&#8217;sirida plastik Deformatsiyalanadi. Plastik Deformatsiya temperatura, tashqi kuch va Deformatsiya tezligiga bog&#8217;liq. Tashqi kuch ma&#8217;lum vaqt davomida bir xil ta&#8217;sir qilib tursa, Deformatsiya vaqt o&#8217;tgan sari o&#8217;zgara boradi; bu hodisaga yoyiluvchanlik deyiladi. Temperatura ko&#8217;tarilishi bilan yoyiluvchanlik ortadi. Tashqi kuch ortib borgandagi Deformatsiya aktiv (faol), tashki kuch kamayib borgandagi Deformatsiya passiv (sust) Deformatsiya deyiladi. Deformatsiyaning cho&#8217;zilish, siqilish, egilish, buralish xillari mavjud. Mutlaq Deformatsiyaning jism boshlang&#8217;ich o&#8217;lchami (shakli)ga nisbati nisbiy Deformatsiya deyiladi. Deformatsiya qonunlari materiallar qarshiligi, puxtaligi, inshootlar mustahkamligi va hokazolarni hisoblashda tatbiq qilinadi; 2) geologiyada \u2014 tektonik harakatlar natijasida tog\u2019 jinslarining shakli va hajmi o&#8217;zgarishi. Deformatsiyaga uchragan tog jinslarining tarkibi ba&#8217;zan butunlay o&#8217;zgarib ketadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEFORMATSIYA (lotincha deformatio \u2014 buzilish) \u2014 1) fizikada \u2014 tashqi kuch, temperatura, elektr va magnit maydonlari ta&#8217;sirida jism shakli va o&#8217;lchamlarining o&#8217;zgarishi. Elastik va plastik xillari bor. Tashki kuch ta&#8217;siri &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/deformatsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25523","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25523","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25523"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25523\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25527,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25523\/revisions\/25527"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25523"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25523"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25523"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}