{"id":25566,"date":"2022-04-21T10:40:36","date_gmt":"2022-04-21T07:40:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25566"},"modified":"2022-04-21T10:40:37","modified_gmt":"2022-04-21T07:40:37","slug":"difteriya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/difteriya\/","title":{"rendered":"DIFTERIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>DIFTERIYA (Yunoncha diptherien \u2014 parda, et), bo&#8217;g&#8217;ma \u2014 asosan hiqildoq, tomoq shilliq pardalarining yallig&#8217;lanishi va a&#8217;zolarning zararlanishi bilan kechadigan o&#8217;tkir infektsion kasallik. Kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi kirgan joyni zich parda bosishi va umuman organizmning og&#8217;ir zaharlanishi (intoksikasiya) bilan kechadi. Difteriya bilan ko&#8217;proq bolalar kasallanadi. Kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchisini birinchi bo&#8217;lib nemis olimlaridan E. Klebs va F. Lefler aniqlagan (1883\u2014 84). Difteriyani difteriya tayoqchasi yoki Lefler tayoqchasi (uni tasvirlagan olim nomi bilan ataladi) qo&#8217;zg&#8217;atadi. U atrof muhit ta&#8217;siriga ancha chidamli: bemor tutgan buyumlar (idishtovoq, kitob, o&#8217;yinchoq, kiyim-kechak va boshqalar) da bir necha hafta saqlanishi mumkin, ammo oftobda va dezinfektsiyalovchi moddalar ta&#8217;sirida tezda o&#8217;ladi. Kasallik asosan bemordan yuqadi, u butun kasallik davomida va, hatto, sog&#8217;ayib ketganidan keyin ham bir qancha vaktgacha atrofdagilar uchun xavfli hisoblanadi. Bemor yo&#8217;talganda, aksirganda, so&#8217;zlashganda Difteriya mikroblari so&#8217;lak, shilimshiq, balg&#8217;am tomchilari bilan havoga chiqadi. Sog&#8217;lom odam shunday havodan nafas olganida unga kasallik yukadi. Bakteriya tashuvchi kishi ham kasallik manbai bo&#8217;lishi mumkin. Difteriya tayoqchasi ko&#8217;pincha burunhalqum, tomoq va yuqori nafas yo&#8217;llari (qiqildoq, traxeyani) zararlantiradi. Difteriya tayoqchasi shilliq pardaga o&#8217;rnashib oladi va o&#8217;zidan toksin (zahar) ajratadi, u qon va limfa bilan butun organizmga tarqaladi. Difteriya toksini shilliq pardani yallig&#8217;lantirib, unda zich parda \u2014 qarash hosil qiladi. Difteriya tayoqchasining o&#8217;rnashgan joyiga va ko&#8217;payishiga qarab tomoq, burun, hiqildoq, ko&#8217;z, tashqi jinsiy a&#8217;zolar va teri Difteriyasi kuzatiladi. Kasallikning inkubatsion davri 2-10 kun. Tomoq Difteriyasi holsizlanish va haroratning ko&#8217;tarilishi (38-39\u00b0) bilan boshlanadi. Tomoq og&#8217;rib jag&#8217;osti limfa tugunlari shishadi; tomoq shilliq pardasi qizaradi, murtak bezlari va yumshoq tanglay oq yoki kulrang parda bilan qoplanadi. Difteriyaning toksinli shakli ham rivojlanishi mumkin, u tez avj oladi; temperatura 40\u00b0 gacha ko&#8217;tariladi, yutinganda tomoq qattiq og&#8217;riydi, bemor qayta-qayta qusadi. Umuman darmonsizlanadi, bo&#8217;shashadi, yurak urishi tezlashadi, rangi siniqadi. Jag&#8217; osti limfa tugunlari sohasidagi teri osti kletchatkalari shishadi va u bo&#8217;yinga, ba&#8217;zan ko&#8217;krak qafasiga tarqaladi. Tomoq shishi Difteriyaning ilk belgisi bo&#8217;lib, bunda murtak bezlari va yumshoq tanglay to&#8217;qimalari bir-biriga deyarli jips yopishadi. Pardali karash tanglay, burun halqumni qoplab olib, bemor xirillab nafas olishga majbur bo&#8217;ladi, og&#8217;zini sal ochib yuradi, keyinroq burundan ko&#8217;p shilimshiq keladi. Burun Difteriyasi uzoq davom etadigan tumov bilan kechadi, ko&#8217;pincha burunning bir tomoni bitib, qon aralash shilimshiq keladi. Jarayon sust kechib, uzoqqa cho&#8217;zilganida bir talay Difteriya tayoqchalari chiqib, tevarak atrofdagilarga jiddiy xavf tug\u2019diradi. Hiqildoq Difteriyasi asosan go&#8217;dak bolalarda uchraydi; bola xirillab yo&#8217;taladi, ovozi bo&#8217;g&#8217;iladi, nafas olishi qiyinlashadi, hiqildog&#8217;i shishadi, ovoz boylamlari tortishadi (spazm). Difteriyaga boshqa kasalliklar (qizamik, skarlatina) qo&#8217;shilganda kasallik ayniqsa og&#8217;ir o&#8217;tadi. Difteriya toksini ko&#8217;pchilik a&#8217;zolarga ta&#8217;sir etib, og&#8217;ir asoratlar \u2014 buyrak, yurak, nervlarning zararlanishiga olib keladi. Aksari o&#8217;pka yallig&#8217;lanishi \u2014 zotiljam kuzatiladi. Davosi. Difteriyaga qarshi zardob yuborish yaxshi naf beradi, chunki zardob difteriya toksinini zararsizlantiradi. Oldini olish. Difteriya bilan og&#8217;rigan bemorni o&#8217;z vaqtida kasalxonaga yotqizish kerak. O&#8217;zbekistonda hamma sog&#8217;lom bolalar majburiy tartibda 2 oylikdan tortib 12 yoshgacha emlanadi. Bolalar muassasalari yoki oziq-ovqat korxonalarida ishlaydigan xodimlarning tomog&#8217;idan va burnidan shilimshiq olib, bakteriologik tekshiruvdan o&#8217;tkaziladi. Yasli, bog&#8217;chaga qatnaydigan bolalar ham shu usulda tekshiriladi. Bakteriya tashuvchilar bolalar muassasalariga ishga qo&#8217;yilmaydi va bakteriya tashuvchilikka ikki marta tekshiruvdan o&#8217;tib yaxshi natija olingandan keyingina ishga qaytadan ruxsat beriladi. Sof havoda bo&#8217;lish, xonani yaxshilab shamollatib turish, vrach ko&#8217;rsatmasiga muvofiq dorilar qabul qilish bakteriya tashuvchilikni tezroq bartaraf etishga yordam beradi. Bola angina bo&#8217;lganda darhol vrachga ko&#8217;rsatish zarur. Aks holda Difteriyani payqamay zardob yuborish vaqtini o&#8217;tkazib yuborib, bola hayotini xavf ostida qoldirish mumkin. Ad.: Xo&#8217;jayev Sh. X., Difteriya, T., 1993. Shonosir Shovahobov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DIFTERIYA (Yunoncha diptherien \u2014 parda, et), bo&#8217;g&#8217;ma \u2014 asosan hiqildoq, tomoq shilliq pardalarining yallig&#8217;lanishi va a&#8217;zolarning zararlanishi bilan kechadigan o&#8217;tkir infektsion kasallik. Kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi kirgan joyni zich parda bosishi va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/difteriya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25566","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25566","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25566"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25566\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25567,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25566\/revisions\/25567"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25566"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25566"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25566"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}