{"id":25771,"date":"2022-04-22T12:08:19","date_gmt":"2022-04-22T09:08:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25771"},"modified":"2022-04-22T12:08:20","modified_gmt":"2022-04-22T09:08:20","slug":"didaktika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/didaktika\/","title":{"rendered":"DIDAKTIKA"},"content":{"rendered":"\n<p>DIDAKTIKA (Yunoncha didaktikos \u2014 o&#8217;rgatuvchi, ta&#8217;lim beruvchi) \u2014 pedagogikaning tarmog&#8217;i. Ta&#8217;lim nazariyasi bilan shug&#8217;ullanadi. &#171;Didaktika&#187; atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda o&#8217;qitish va ta&#8217;lim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qo&#8217;llanila boshlagan. Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy o&#8217;zining &#171;Buyuk didaktika&#187; asari (1657) da bolalar va o&#8217;smirlarni ma&#8217;lumotli qilish va ularga ta&#8217;lim berishning didaktik jihatlarini ishlab chiqdi. Nemis pedagogi A. Disterveg o&#8217;zining &#171;nemis o&#8217;qituvchilarini ma&#8217;lumotli qilishga rahbarlik&#187; (1834-35) asarida Didaktikaning pedagogikada ta&#8217;lim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini ta&#8217;kidlagan. Shundan keyin Didaktikaga ta&#8217;lim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida Didaktikaga oid maxsus monografiyalar paydo bo&#8217;la boshladi. Hozirgi zamon pedagogikasida Didaktikaga ta&#8217;lim va ma&#8217;rifat berish nazariyasi bilan shug&#8217;ullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Ta&#8217;lim mazmunini aniqlash, ta&#8217;lim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda o&#8217;qitishning eng samarador usul va yo&#8217;llarini topish Didaktikaning asosiy muammolaridir. Didaktikaning mohiyatini belgilash, yo&#8217;nalishini aniqlashda falsafiy-nazariy asosning o&#8217;rni katta. Uzoq vaqt mobaynida marksizm-leninizm Didaktikaning taraqqiyot yo&#8217;nalishini belgilab beruvchi metodologik asos deb qarab kelindi. Lekin mazkur ta&#8217;limotning ilmiy asoslari puch, jamiyat va tabiat taraqqiyoti qonuniyatlarini to&#8217;g&#8217;ri hamda xolis ko&#8217;rsatish imkoniyatidan mahrum bo&#8217;lgan tarafkash (tendentsioz) qarash ekanligi ma&#8217;lum bo&#8217;lgach, unga tayanish mumkin bo&#8217;lmay qoldi. Keyingi vaqtda, kalom falsafasiga milliy Didaktikaning metodologik asosi sifatida qaralmoqda. Chunki olamning yaralish, rivojlanish qonuniyatlari, insonning bilish imkoniyatlari, ma&#8217;rifatning shaxs kamolotidagi, o&#8217;zini anglash borasidagi o&#8217;rni singari jihatlar ana shu falsafiy asosga tayanilgandagina tushunarli tarzda izohlanishi mumkinligi anglab yetildi. Kalom falsafasi ta&#8217;lim olamni bilishning vositasi ekanligini, bilish jarayonining cheki yo&#8217;q, ammo inson bilishi mumkin bo&#8217;lgan bilimlar cheklanganligini ko&#8217;rsatishi bilan diqqatga sazovordir. Didaktika umumiy psixologiya, o&#8217;qitish psixologiyasi hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bog&#8217;liq. Bu fanlarning har biri bolaning bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni to&#8217;g&#8217;risida alohida bilim beradi. Ta&#8217;lim mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur aloqadorlik katta ahamiyatga ega. Didaktika har qanday alohida predmetni o&#8217;qitish va uning mazmunini tayin etish qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida ta&#8217;lim va ma&#8217;rifat ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni o&#8217;qitish metodikasi maktab amaliyotining aniq tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun Didaktikaning tamoyillari ta&#8217;lim jarayonida uchraydigan har xil favqulodda hodisalarning o&#8217;ziga xosligini hisobga olgan holda tuziladi. O&#8217;zbek milliy pedagogikasi tarixida ham Didaktikaning asosiy xususiyatlarini aks ettirishga bag&#8217;ishlangan ko&#8217;pgina tadqiqotlar mavjud. Garchi turkiy mutafakkirlarning asarlarida Didaktika hozirgi nom bilan atalmagan bo&#8217;lsada, lekin ular ta&#8217;lim jarayonining qonuniyatlarini belgilashi, uni tashkil etishning yo&#8217;l-yo&#8217;riqlarini ko&#8217;rsatishi jihatidan beqiyos ahamiyatga ega. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad al-Farg&#8217;oniy, Marg&#8217;inoniy, Davoniy, Alisher Navoiy, Munis singari mutafakkirlarning ta&#8217;limni uyushtirish, uning samaradorligini oshirish, o&#8217;qitish jarayonida o&#8217;qituvchi va o&#8217;quvchi munosabatlari borasidagi qarashlari jahon ped. taraqqiyotining o&#8217;ziga xos bosqichini tashkil etadi. Muayyan yoshdagi bolalarni jamoa tarzida bir joyda o&#8217;qitishning samaradorligi ilk bor Ibn Sino tomonidan ko&#8217;rsatib berilgan bo&#8217;lsa, muallimning o&#8217;zida ezgu insoniy sifatlar bo&#8217;lmasa, bolalarda bunday xislatlarni shakllantirish mumkin emasligi Navoiy asarlarida aks etgan. Marg&#8217;inoniy esa, bilimlarni o&#8217;zlashtirish yuzasidan umumiy tavsiyalar beribgina qolmay, o&#8217;rganilgan tushunchalarni bolalar xotirasida uzoqroq saklash yuzasidan aniq metodik usullar ham tavsiya etgan. O&#8217;zbek milliy Didaktikasining shakllanishida jadidchilik harakati, xususan, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abduqodir Shukuriy, A. Ibodiev, M. Behbudiy, A. Avloniy, S. Saidazizov, R. Yusufbekov kabi ma&#8217;rifatparvar-pedagoglarning faoliyati alohida muhim bosqich bo&#8217;ldi. 20-asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik turkiy xalqlarning kad. shonu shuhratini tiklash uchun uni ma&#8217;rifatli qilishdan o&#8217;zga yo&#8217;l yo&#8217;qligini to&#8217;g&#8217;ri belgiladi. Jahon pedagogikasining eng so&#8217;nggi yutuqlaridan xabardor bo&#8217;lgan, ayni vaqtda ta&#8217;limni tashkil etishda ko&#8217;p asrlik milliy tajribalarni hisobga olgan, Didaktikaning metodologik asosi sifatida Islomiy e&#8217;tiqodni belgilagan jadidlar o&#8217;qitish borasida yuksak natijalarga erishdilar. Jadid mutafakkirlar ta&#8217;limni uyushtirishning amaliy jihatlari bilangina shug&#8217;ullanib qolmay, uning nazariy masalalarini ham tadqiq etganliklari diqqatga sazovordir. Jadidlarning didaktik qarashlari ularning ko&#8217;plab pedagogik asarlari, darslik va qo&#8217;llanmalarida aks etgan. Turkistonda Oktabr to&#8217;ntarishi tufayli qaror topgan sho&#8217;rolar zamonida Didaktika avtoritar pedagogikaning bir tarmog&#8217;i sifatida deyarli hamisha tarbiyaga qarshi qo&#8217;yib kelindi. Milliy tajribalarga tayanmagan, ta&#8217;lim jarayonining mazmunini yangilashga Qobil bo&#8217;lmagan, maktab Didaktikasini mafkura zug&#8217;umidan xalos eta olmagan sosialistok ped. uning tashqi jihatlarini pardozlab, yaltiratib ko&#8217;rsatishga alohida e&#8217;tibor berdi. Turli-tuman usullar o&#8217;ylab topildi, ko&#8217;pdan-ko&#8217;p &#171;ilg&#8217;or&#187; tajribalar yoyildi. Lekin ta&#8217;limda kutilgan samaraga erishilmadi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgandan so&#8217;ng o&#8217;zbek pedagogika fani va amaliyoti milliy asoslarga tayangan holda Didaktikaning tamomila yangicha yo&#8217;nalishda taraqqiy etishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ongning o&#8217;zgarishi pedagogik tafakkurning sog&#8217;lomlashuviga, u esa, o&#8217;z navbatida, Didaktikaning milliy asoslarda rivojlana boshlashiga olib keldi. Bunda milliy Didaktikaning asosiy tamoyillarini to&#8217;g&#8217;ri belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Milliy Didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri ta&#8217;limning insoniylashuvidir. Mazkur tamoyil ta&#8217;lim jarayoni uchun bilim emas, balki o&#8217;quvchi shaxsi asosiy qadriyat ekanligini anglatadi. Bunda o&#8217;quvchi shaxsini shakllantirishga ustuvor o&#8217;rin beriladi. Ta&#8217;limning insonparvarlashuvi tamoyili o&#8217;zbek Didaktikasining asosiy talablaridan bo&#8217;lib, ta&#8217;lim mazmunini belgilash va pedagogik amaliyotni tashkil etishda shaxs ma&#8217;naviyatini shakllantirishga yo&#8217;naltirilgan o&#8217;quv fanlariga ustuvor ahamiyat berilishini kuzda tutadi. Estetik, badiiy turkumdagi predmetlarni o&#8217;qitishga alohida e&#8217;tibor qaratish yo&#8217;li bilan bolalarning hissiyotini shakllantirishga erishish, ularda Iroda xususiyatlarini tarkib toptirish muhimdir. O&#8217;quvchi ma&#8217;naviyati bilan uning o&#8217;zlashtirishi o&#8217;rtasida uzviy aloqa borligi zamonaviy psixologiya fani tomonidan asoslab berilgan. Bu holatni hisobga olmay ish ko&#8217;rgan ped. muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir. Milliy Didaktika taraqqiyotini ta&#8217;minlaydigan tamoyillardan yana biri ta&#8217;limning yaxlitligidir. Dunyodagi narsa-hodisalar yaxlit va bir-biridan ajralmagan holda mavjud ekan, uni o\u2019rganish ham imkon qadar yaxlit tarzda amalga oshirilishi kerak. Ta&#8217;lim jarayonida o&#8217;quv predmetlari miqdorini ko&#8217;paytirish emas, balki olamni bilish vositasi bo&#8217;lmish o&#8217;quv fanlarini imkon qadar umumlashtirish yo&#8217;lidan borish lozim. Shuning uchun ham mustaqil O&#8217;zbekistonning yangilangan o&#8217;quv rejalarida ta&#8217;limning asosiy yetti tarmog&#8217;i belgilangan bo&#8217;lib, o&#8217;quv fanlari mikdorini zaruratga qarab o&#8217;zgarib turishi ko&#8217;zda tutilgan. Ta&#8217;lim jarayonida o&#8217;quvchilarning alohida jihatlarini hisobga olish ham Didaktikaning asosiy tamoyillaridan sanaladi. U o&#8217;qitish jarayonini har bir o&#8217;quvchiga xos xususiyatlarni ko&#8217;zda tutgan holda tashkil qilishni taqozo etadi. Ma&#8217;lumki, har qanday shaxs muayyan geografik muhitda shakllanadi. Uning tabiatida o&#8217;sha muhitga xos jihatlar muhrlangan bo&#8217;ladi. Shuning uchun ham o&#8217;qitish jarayonida mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish tamoyili ham Didaktikaning zarur talablaridan biridir. O&#8217;zbekiston Respublikasining &#171;Kadrlar tayyorlash milliy dasturi&#187;da mazkur tamoyilga alohida e&#8217;tibor qaratilgan. Tarbiyaning ustuvorligi ham bugungi o&#8217;zbek Didaktikasining asosiy tamoyillaridan sanaladi. Komil shaxsni tarbiyalash har qanday ta&#8217;lim muassasasining asosiy vazifasiga aylandi. Ma&#8217;naviyatni shakllantirish maqsad darajasiga ko&#8217;tarilgan sharoitda tarbiyaga ustuvor maqom berilishi tabiiydir. Milliy Didaktika o&#8217;quvchilarni ta&#8217;lim jarayonining ishtirokchilarigina emas, balki ijrochilari deb qarashni ham ko&#8217;zda tutadi. Ta&#8217;lim o&#8217;quvchilarning ichki ehtiyojiga aylanmasa, ular bu jarayonda faol ishtirok etmasalar, hech qanday ijobiy samaraga erishib bo&#8217;lmaydi. Didaktika ta&#8217;lim usullari muammosini ham qamrab oladi. O&#8217;qituvchi biror predmet bo&#8217;yicha o&#8217;quvchilarning tizimli bilim olishini ta&#8217;minlash maqsadi sari intilar ekan, ma&#8217;lum ishlarning bajarilish namunasini ko&#8217;rsatadi. Ayni vaqtda, u ta&#8217;limning barcha bosqichlarida o\u2019quvchining faolligi va mustaqilligini ta&#8217;minlaydi. O&#8217;quvchilar o&#8217;qituvchi rahbarligida tajriba va kuzatuvlari asosida yangi bilimlarni o&#8217;zlashtiradi. Ularga chuqur va mustaqil o&#8217;zlashtirishlari, o&#8217;rgangan bilimlarini amaliyotda ijodiy qo&#8217;llashlari uchun maxsus topshiriqlar beriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DIDAKTIKA (Yunoncha didaktikos \u2014 o&#8217;rgatuvchi, ta&#8217;lim beruvchi) \u2014 pedagogikaning tarmog&#8217;i. Ta&#8217;lim nazariyasi bilan shug&#8217;ullanadi. &#171;Didaktika&#187; atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda o&#8217;qitish va ta&#8217;lim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qo&#8217;llanila &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/didaktika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25771","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25771","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25771"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25771\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25773,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25771\/revisions\/25773"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25771"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25771"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25771"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}