{"id":25868,"date":"2022-04-22T15:54:56","date_gmt":"2022-04-22T12:54:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25868"},"modified":"2022-04-22T15:54:57","modified_gmt":"2022-04-22T12:54:57","slug":"din","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/din\/","title":{"rendered":"DIN"},"content":{"rendered":"\n<p>DIN (Arabcha \u2014 e&#8217;tiqod, ishonch, itoat) \u2014 Xudo yoki xudolar, g&#8217;ayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. Din muayyan ta&#8217;limotlar, his-tuyg&#8217;ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo&#8217;ladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o&#8217;ziga xos usuli. Dinning paydo bo&#8217;lishi haqida yagona fikr yo&#8217;q. Islom dini ta&#8217;limotiga ko&#8217;ra, Din \u2014 Alloh tomonidan o&#8217;z payg&#8217;ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur bo&#8217;lgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga to&#8217;g&#8217;ri, haqiqiy hayot yo&#8217;lini ko&#8217;rsatadigan va o&#8217;rgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan ta&#8217;limotdir. Din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga o&#8217;zicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan Din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma&#8217;lum bosqichida paydo bo&#8217;lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning ma&#8217;lum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ulug&#8217; mutafakkir Abu Nasr Forobiy Dinga falsafa bilan bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini payg&#8217;ambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. Dinga turlicha yondoshishni Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning ikki haqiqat nazariyasida kuzatish mumkin. 18-asr frantsuz faylasuflarining Dinga bo&#8217;lgan o&#8217;ziga xos yondashuvlari, 19-asrda mifologik maktab (aka-uka Ya. Grim va V. Grim, M. Myuller), antropologik maktab (L. Feyerbax) va boshqa turli yo&#8217;nalishlar paydo bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa, 20-asrda Dinni tadqiq qilish yuzasidan yana boshqacha qarash va nazariyalar (K. Yung, E. Dyurkxeym) vujudga keldi. Dinning nima ekanligi turlicha izohlansada, umuman olganda Din \u2014 ishonmoqlik tuyg&#8217;usidir. Bunday tuyg&#8217;usi bo&#8217;lmagan xalq yo&#8217;q. Chunki biron-bir xalq Dinsiz, e&#8217;tiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Din insoniyatning eng teran, eng go&#8217;zal ma&#8217;naviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida Din turli shakllarda namoyon bo&#8217;lgan. Dinning dastlabki ko&#8217;rinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va boshqalardir. Shuningdek, urug&#8217;-qabila Dinlari, milliy Dinlar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, Konfutsiychilik), jahon Dinlari (buddizm, xristianlik, Islom) vujudga kelgan. Din avvaliga ko&#8217;pxudolik (politeistik), so&#8217;ngra yakkaxudolik (monoteistik) ko&#8217;rinishida bo&#8217;lgan. Har bir Din diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuyg&#8217;u va sig&#8217;inish ob&#8217;yektlarini o&#8217;z ichiga oladi. Har qanday jamiyatda Din ma&#8217;lum ijtimoiy, ma&#8217;naviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga ta&#8217;siri kuchlidir. Har bir Din dindorlarini o&#8217;z ta&#8217;limoti doirasida saklashga harakat qiladi, o&#8217;z qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini o&#8217;taydi. Dinlar o&#8217;z marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan qatiy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo&#8217;yadi, shuningdek, o&#8217;z qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning o&#8217;zaro aloqada bo&#8217;lishini ta&#8217;minlashga intiladi. Din insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga o&#8217;z munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy axloq me&#8217;yorlarini o&#8217;ziga singdirib, xulq-atvor qoidasiga aylantiradi. Madaniyat rivojiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam beradi. D.in insonning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi bo&#8217;lib kelgan. Unga turli davrda turlicha munosabatda bo&#8217;lingan. Dinni jamiyatning hukmron kuchlari davlat siyosati darajasiga ko&#8217;targan yoki Din hamda dindorlarni ayovsiz ta&#8217;qib ostiga olgan hollar tarixda ko&#8217;p uchraydi. Yaqin o&#8217;tmishda \u2014 sho&#8217;rolar davrida Dinni kamsitish va unga qarshi kurash siyosati olib borildi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, Din madaniy-ma&#8217;naviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi teng huquqli qadriyat sifatida tan olindi va Dinga to&#8217;la erkinlik berildi. Diniy jamoalar, tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat ko&#8217;rsatish imkoniyati yaratildi. O&#8217;zbekiston aholisining asosiy qismi Islom diniga, yevropalik aholi xristianlikning pravoslavie mazhabiga e&#8217;tiqod qiladi. Ular bilan bir qatorda katolik, protestant, boshqa mazhab (jami 15 dan ortiq konfessiya) vakillari yashaydi. Ular Vatan mustaqilligini mustahkamlash, siyosiyijtimoiy barqarorlikni ta&#8217;minlash yo&#8217;lida faoliyat yuritmoqdalar. O&#8217;zbekiston dunyoviy davlat bo&#8217;lib, Din davlatdan ajratilgan. Vijdon erkinligining kafolatlari O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, &#171;vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonunda (1998) bayon etilgan. O&#8217;zbekistonda Din va diniy dunyoqarash dunyoviy turmush tarzi, dunyoviy fikr bilan yonma-yon rivojlanib kelmoqda. Shoista Shoabdurahimova, Muhammadjon Qodirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DIN (Arabcha \u2014 e&#8217;tiqod, ishonch, itoat) \u2014 Xudo yoki xudolar, g&#8217;ayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. Din muayyan ta&#8217;limotlar, his-tuyg&#8217;ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo&#8217;ladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/din\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25868","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25868","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25868"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25868\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25876,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25868\/revisions\/25876"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25868"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25868"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25868"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}