{"id":25996,"date":"2022-04-23T09:51:35","date_gmt":"2022-04-23T06:51:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=25996"},"modified":"2022-04-23T09:51:36","modified_gmt":"2022-04-23T06:51:36","slug":"diplomatik-muzokara","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/diplomatik-muzokara\/","title":{"rendered":"DIPLOMATIK MUZOKARA"},"content":{"rendered":"\n<p>DIPLOMATIK MUZOKARA &#8212; davlatlar vakillarining siyosiy, iqtisodiy masalalarni hamda ikki tomonlama va ko&#8217;p tomonlama munosabatlarga oid boshqa muammolarni rasmiy muhokama qilishi. Maqsad \u2014 tashqi siyosiy strategiya va taktikani yoki tegishli diplomatic tadbirlarni o&#8217;zaro kelishib olish, fikr almashish, shartnomalarni tayyorlash va tuzish, nizoli muammolarni hal etish va hokazolar. Diplomatik muzokara \u2014 davlatlar orasida vujudga kelib turadigan nizolar va mojarolarni tinch yo&#8217;l bilan hal etishning asosiy vositasi, o&#8217;zaro munosabatlarni rivojlantirish hamda chuqurlashtirishning xalqaro huquqla mustahkamlangan uslublaridan biri. Diplomatik muzokara qatnashchilari lavozimi (davlat boshlig&#8217;i, hukumat boshlig&#8217;i, tashqi ishlar vaziri va hokazolar) muhokama etiladigan muammolarning ahamiyati bilan belgilanadi. Umum tan olgan odatga binoan davlat boshlig&#8217;i, hukumat boshlig&#8217;i, tashqi ishlar vaziri Diplomatik muzokarani yuritish va maxsus vakolatlarsiz xalqaro shartnomalarni imzolash huquqiga ega; boshqa rasmiy shaxslar Diplomatik muzokarani yuritish va yakunlovchi hujjatlarni imzolash uchun tegishli tarzda rasmiylashtirilgan vakolatlarga ega bo&#8217;lishi shart. Diplomatik muzokara ularda ishtirok etuvchilarning shaxsiy uchrashuvlari yo&#8217;li bilan yoki yozma ravishda \u2014 diplomatik yozishma vositasida o&#8217;tkaziladi. Ko&#8217;pincha muzokaralarning og&#8217;zaki va yozma shakllaridan ayni bir vaqtda foydalaniladi. Qoida tariqasida Diplomatik muzokaradan oldin tayyorgarlik ishlari olib boriladi, jumladan, delegasiyalarning tegishli masalalarga yondashuvlari ishlab chiqiladi, yakunlovchi hujjatlarning loyihalari hozirlanadi va hokazolar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DIPLOMATIK MUZOKARA &#8212; davlatlar vakillarining siyosiy, iqtisodiy masalalarni hamda ikki tomonlama va ko&#8217;p tomonlama munosabatlarga oid boshqa muammolarni rasmiy muhokama qilishi. Maqsad \u2014 tashqi siyosiy strategiya va taktikani yoki tegishli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/diplomatik-muzokara\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-25996","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25996","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25996"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25996\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26003,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25996\/revisions\/26003"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25996"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25996"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25996"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}