{"id":26008,"date":"2022-04-23T09:59:48","date_gmt":"2022-04-23T06:59:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26008"},"modified":"2022-04-23T09:59:49","modified_gmt":"2022-04-23T06:59:49","slug":"diplomatiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/diplomatiya\/","title":{"rendered":"DIPLOMATIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>DIPLOMATIYA (Fransuzcha \u2014 davlatlarning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini amalga oshirish, shuningdek, chet elda huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi rasmiy faoliyati. &#171;Diplomatiya&#187; termini yunon tilidagi &#171;ikki bukilgan qog&#8217;oz&#187; so&#8217;zidan olingan. Qadimda Yunoniston va Rimda taxtakach muqova ichiga solingan xat elchilarga ular vakolatini tasdiqlovchi ishonch yorlig&#8217;i yoki hujjat sifatida taqdim etilgan. Bu termin hozirgi ma&#8217;noda G&#8217;arbiy Yevropada 18-asr oxirida rasm bo&#8217;lgan. Diplomatiya davlat tashqi siyosatining eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi, ana shu siyosatning maqsad va vazifalari Diplomatiya shakli va uslublarini belgilab beradi. Diplomatik faoliyatning asosiy shakllari: diplomatik kongresslar, konferentsiyalar yoki kengashlar; nota, memorandum, bayonot va hokazo shakllardagi diplomatik yozishma; xalqaro shartnomalarni tayyorlash va imzolash; davlatning elchixonalar va missiyalar orqali amalga oshiradigan chet eldagi vakilligi; xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish; tashqi siyosiy masalalar bo&#8217;yicha hukumat nuqtai nazarini matbuotda yoritish. Diplomatik muassasalar va ularning mas&#8217;ul xodimlari diplomatik imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi. Xalqaro huquqqa binoan, diplomatik vakillarga o&#8217;zlari ishlayotgan mamlakat ichki ishlariga aralashish man etiladi. Diplomatiyaning shakllanishi davlatning yuzaga kelishi, uning muayyan organlari va lavozimdor shaxslari faoliyati bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan. O&#8217;zbek davlatchiligi tarixida chet ellar bilan muntazam aloqalar yo&#8217;lga qo&#8217;yilganligi yaxshi ma&#8217;lum. Amir Temur davlati Frantsiya, Angliya, Kastiliya, Konstantinopol, Genuya va Venetsiya bilan elchilar orqali aloqalarni yo&#8217;lga qo&#8217;ygan. O&#8217;zbekiston mustaqil davlat bo&#8217;lgach, xalqaro munosabatlarning to&#8217;la huquqli sub&#8217;yektiga aylandi. 120 dan ziyod davlat bilan diplomatik aloqa o&#8217;rnatdi (2002 yil yanvar). BMT, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa obro&#8217;li xalqaro tashkilotlar va Kengashlarga a&#8217;zo bo&#8217;ldi. Uning tashki siyosati, diplomatik faoliyati O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxleizligi, nizolarni tinch yo&#8217;l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik hamda xalqaro huquqning umum e&#8217;tirof etgan boshqa qoida va me&#8217;yorlariga asoslanadi. Teng huquqlilik, o&#8217;zaro manfaatdorlik va o&#8217;zaro hurmat O&#8217;zbekiston Diplomatiyasining asosiy tamoyillaridir. O&#8217;zbekiston Respublikasi jahonda yangicha iqtisodiy tartib o&#8217;rnatish, butun dunyoda, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida yalpi tinchlik va xavfsizlikni ta&#8217;minlash uchun, xalqaro terrorizm va giyohvandlikka qarshi kurashda jahon hamjamiyati bilan birga faol harakat qilmoqda, bu yo&#8217;lda barcha diplomatik kanallarni ishga solmoqda. O&#8217;zbekistonda Diplomatiya kadrlari Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unstitutida tayyorlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DIPLOMATIYA (Fransuzcha \u2014 davlatlarning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini amalga oshirish, shuningdek, chet elda huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi rasmiy faoliyati. &#171;Diplomatiya&#187; termini yunon tilidagi &#171;ikki bukilgan qog&#8217;oz&#187; so&#8217;zidan olingan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/diplomatiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-26008","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26008","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26008"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26008\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26012,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26008\/revisions\/26012"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26008"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26008"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26008"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}