{"id":26118,"date":"2022-04-23T15:01:07","date_gmt":"2022-04-23T12:01:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26118"},"modified":"2022-04-23T15:01:09","modified_gmt":"2022-04-23T12:01:09","slug":"unsurlar-togrisida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/unsurlar-togrisida\/","title":{"rendered":"Unsurlar to\u2019g\u2019risida"},"content":{"rendered":"\n<p>Unsurlarning qaysi biri bo\u2019lsa ham oddiy jismlar bo\u2019lib, odam tanasi va boshqa narsalar uchun dastlabki bo\u2019laklardir. Oddiy jismlar shunday narsalarki, ular shakli turli bo\u2019lgan bo\u2019laklarga bo\u2019linmaydi, [balki] murakkab jismlar ularga bo\u2019linadi. Oddiy jismlarning aralashishidan koinotdagi turli shakldagi navlar paydo bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tabib, unsurlarning to\u2019rtta va to\u2019rttadan ortiq emasligi to\u2019g\u2019risida tabiatshunos olimlarga ishonsin! Unsurning ikkitasi yengil va ikkitasi og\u2019irdir. Yengillari olov va havo, og\u2019irlari suv va yerdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Yer oddiy jism bo\u2019lib, uning tabiiy o\u2019rni hamma [jismlar]ning o\u2019rtasidir. U, o\u2019z tabiat bilan o\u2019sha o\u2019rinda turadi, agar o\u2019z o\u2019rnidan ajrasa, yana o\u2019shanga tomon harakat qiladi. Bu \u2013 yerning mutlaq og\u2019irligidir. Yerning tabiati sovuq va quruqdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Suvga kelsa, suv \u2013 oddiy bir jism bo\u2019lib, tabiiy o\u2019rni bilan, yer va havo o\u2019z tabiiy o\u2019rinlarida bo\u2019lganlarida, yerni o\u2019raydi va havoga o\u2019ralib turadi. Shunday o\u2019rinda bo\u2019lishi uning nisbiy og\u2019irligidir. Suv sovuq va ho\u2019ldir.<\/p>\n\n\n\n<p>Havo oddiy bir jismdir. Tabiiy o\u2019rni \u2013 suvdan yuqori, olovdan pastdadir. Shunday bo\u2019lishiga sabab nisbiy yengilligidir. Tabiati, yuqorida aytganimizcha, issiq va ho\u2019ldir. Havoning koinotda mavjudligi bor narsalarning siyraklanishi, latif bo\u2019lishi, yengil bo\u2019lishi va ko\u2019tarilishi uchundir. Olov oddiy bir jismdir. Tabiiy o\u2019rni unsurlarga tegishli hamma jismlarning yuqorisidadir. Olovning o\u2019rni osmon gumbazining shunday bir botiq sathidaki, vujudga kelish va buzilishi o\u2019sha yerga borib tugaydi. Olovning shunday o\u2019rinda bo\u2019lishi uning mutlaq yengilligidir. Uning tabiati issiq va quruqdir. Ikki og\u2019ir unsur [yer va suv] a\u2019zolarning paydo bo\u2019lishiga vat inch turishiga yordam beradilar. Ikki yengil unsur [havo va olov], garchi a\u2019zolarni dastlab harakat qildiruvchi nafsning o\u2019zi bo\u2019lsa ham, ruhlarning paydo bo\u2019lishiga va harakatlanishiga yordam beradilar. Ana shular unsurlardir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Unsurlarning qaysi biri bo\u2019lsa ham oddiy jismlar bo\u2019lib, odam tanasi va boshqa narsalar uchun dastlabki bo\u2019laklardir. Oddiy jismlar shunday narsalarki, ular shakli turli bo\u2019lgan bo\u2019laklarga bo\u2019linmaydi, [balki] murakkab jismlar ularga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/unsurlar-togrisida\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":26109,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[188],"tags":[],"class_list":["post-26118","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-salomatlik-haqida","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26118","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26118"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26118\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26119,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26118\/revisions\/26119"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/26109"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26118"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26118"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26118"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}