{"id":26302,"date":"2022-04-28T08:58:35","date_gmt":"2022-04-28T05:58:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26302"},"modified":"2022-04-28T08:58:36","modified_gmt":"2022-04-28T05:58:36","slug":"egey-madaniyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/egey-madaniyati\/","title":{"rendered":"EGEY MADANIYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>EGEY MADANIYATI, Kritmiken madaniyati \u2014 Kiklad, Krit oroli, Yunonistonning materik qismi va kichik Osiyo (G&#8217;arbiy Anadolu) dagi jez davri tamaddunining umumiy nomi (miloddan avvalgi 3-2- ming yillik). Uning asosiy markazlari Miken (G. Shliman) va Krit (A. Evans) dagi qazishmalar natijasida ochilgan. Bir qancha lokal arxeologik madaniyatlarga ajratilgan: Kritdagi madaniyat, orolning afsonaviy podshosi Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb atalgan; Yunoniston materik qismining turli qismidagi madaniyatlar \u2014 Fessaliya, makedon, Ellada madaniyatlari; kichik Osiyodagi \u2014 g&#8217;arbiy Anadolu madaniyati; Kikladdagi \u2014 Kiklad madaniyati deb nom olgan. Egey madaniyati 3 davrga bo&#8217;linadi: ilk (Ellada madaniyati uchun \u2014 miloddan avvalgi 3000\u2014 2100\/1900 yillar, Minoy madaniyati uchun \u2014 miloddan avvalgi taxminan 3000-2200 yillar), o&#8217;rta (tegishli ravishda, miloddan avvalgi taxminan 2100\/1900\u20141580 yil va miloddan avvalgi taxminan 2200-1700 yillar), so&#8217;nggi (tegishli ravishda, miloddan avvalgi taxminan 1580\u2014 1200 yillar va miloddan avvalgi taxminan 1700\u2014 1150 yillar). G&#8217;arbiy Anadolu va O&#8217;rta Yunoniston madaniyatlari mahalliy neolit davri madaniyati, Egey dengizi Sharqiy qismidagi orollar madaniyati asosida vujudga kelgan va Troya madaniyati ta&#8217;sirida taraqqiy etganlar. Egey madaniyati notekis rivojlangan. Uning markazlari turli davrda yuksalish va tanazzul davrini kechirgan. Ingliz arxeologi A. Evans Egey madaniyati bo&#8217;yicha tadqiqot ishlari olib borib, ko&#8217;p jildli ilmiy asarlar yaratgan. Egey madaniyatiga oid piktografik yozuvlarni o&#8217;rgangan. Egey madaniyatiga oid obidalar mahalliy aholining Misr va Old Osiyo bilan yaqin aloqada bo&#8217;lganini ko&#8217;rsatadi (Misr va Suriyada Egey san&#8217;ati yodgorliklari, Krit orolda esa Misr va Old Osiyo san&#8217;ati namunalari topilgan). Krit san&#8217;ati o&#8217;ziga xosligi bilan ajralib turadi. Egey madaniyatining muhim markazlaridan biri Knos shahridagi hukmdorlar saroyi (taxminan miloddan avvalgi 2000 yildan so&#8217;ng) qoldiqlari saqlangan. Saroy murakkab tarhli (16 ming metr kvadratga yaqin mayd.ni egallagan), ko&#8217;p marta qayta qurilgan, 3 qavatli bo&#8217;lib, xonalar ustunli, tor hovlili, yuqori qavatlarga zinapoyalardan chiqilgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 1-yarmiga mansub kichik saroy, podsho villasi, karvonsaroy, 2-3 qavatli turar joylar qazib o&#8217;rganilgan. Knos, AgiaTriadada mineral bo&#8217;yoq bilan ishlangan freska qoldiqlari topilgan, ularda akrobatika o&#8217;yinlari, suhbatlashayotgan ayollar, hayvon, o&#8217;simliklar aks ettirilgan. Ayniqsa, Krit vaza rassomligi diqqatga sazovor. Suyak haykalchalar ko&#8217;p ishlangan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik va 2-ming yillikning boshlarida Kikladda marmar ayol haykalchalari ishlash, sopol idishlar san&#8217;ati rivojlangan. Tirinf akropoli \u2014 mustahkamlangan tepalik (miloddan avvalgi 2-ming yillikning o&#8217;rtalari) da bino qoldiqlari saqlangan; bu bino qadimiy yunon ibodatxonalariga namuna bo&#8217;lgani ko&#8217;rinadi. Devoriy rasmlarda jang lavhalari aks ettirilgan. Mikenda relef bilan bezatilgan &#171;Sherdor darvoza&#187;, usti tuproq bilan gumbazsimon qilib yopilgan maqbara saqlangan. Maqbaralardan topilgan oltin va kumush bezak buyumlari zargarlik rivojlanganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxirlarida doriy qabilalari hujumi oqibatida Egey madaniyati markazlari vayron qilingan. Egey san&#8217;ati yunon san&#8217;atiga samarali ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EGEY MADANIYATI, Kritmiken madaniyati \u2014 Kiklad, Krit oroli, Yunonistonning materik qismi va kichik Osiyo (G&#8217;arbiy Anadolu) dagi jez davri tamaddunining umumiy nomi (miloddan avvalgi 3-2- ming yillik). Uning asosiy markazlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/egey-madaniyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26302","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26302","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26302"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26302\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26309,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26302\/revisions\/26309"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26302"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26302"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26302"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}