{"id":26310,"date":"2022-04-28T09:01:08","date_gmt":"2022-04-28T06:01:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26310"},"modified":"2022-04-28T09:01:09","modified_gmt":"2022-04-28T06:01:09","slug":"egizaklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/egizaklar\/","title":{"rendered":"EGIZAKLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>EGIZAKLAR \u2014 ona organizmida bir vaqtda rivojlangan 2, 3 yoki undan ortiq homila. Egizaklar tug&#8217;ilishida irsiy omillarning ham roli katta. Egizaklarning bitta tuxumdan (bir tuxumli Egizaklar) yoki 2 ta (ba&#8217;zan undan ham ko&#8217;p) tuxumdan rivojlanadigani ma&#8217;lum (ikki tuxumli Egizaklar). Bir tuxumli Egizaklar 2 yadroli tuxum hujayraning spermatozoid bilan otalanishidan yoki 2 yadroli spermatozoid bir yadroli tuxum-hujayrani otalantirishi natijasida rivojlanadi. Ba&#8217;zan tuxumhujayralar 3 ta, 4 ta (va undan ortiq) yadro tutsa, uchta to&#8217;rtta va hokazolar. Egizaklar rivojlanishi mumkin. Bir tuxumdan rivojlanadigan Egizaklar plasentasi bitta, ularning jinsi (faqat qiz yoki faqat o&#8217;g&#8217;il bolalar), qon gruppalari bir va tashqi qiyofasi bir-biriga juda o&#8217;xshash bo&#8217;lib, hatto eng yaqin kishilari ham ularni bir-biridan aniq ajrata olmaydi. Ikki tuxumli, ya&#8217;ni har xil tuxumdan rivojlanadigan Egizaklar bir vaqtda yetilgan va alohida urug&#8217;lar bilan otalangan 2 va undan ortiq tuxumhujayradan hosil bo&#8217;ladi; plasentasi alohida-alohida, bir yoki har xil jinsli bo&#8217;lishi mumkin. Irsiy jihatdan ular &#171;akauka&#187;, &#171;opasingil&#187;, &#171;akasingil&#187; dek o&#8217;xshash bo&#8217;lib, ikki va ko&#8217;proq tuxumlar bir vaqtda yetilgandagina paydo bo&#8217;ladi. Ona qornida Egizaklar rivojlanayotganligini asosan homiladorlikning ikkinchi yarmidagina homilada yurak urishi yeshitilishi vaqtida aniqlash mumkin; homilador organizmida bir qator o&#8217;zgarishlar, ko&#8217;pincha toksikoz belgilari, vaqtidan oldin tug&#8217;ib qo&#8217;yish kabi holatlar ham kuzatiladi. Shuning uchun egizak tug&#8217;ish ehtimoli bo&#8217;lgan ayollar tez-tez ayollar konsultatsiyasiga borib turishlari va tug&#8217;ishdan 7-10 kun ilgari tug&#8217;ruqxonaga kelib yotishlari lozim. Ko&#8217;p homilalik normal kechganda tug&#8217;ruq vaqtida deyarli hech qanday asoratlar kuzatilmaydi (qog&#8217;onoq suvining vaqtdan ilgari ketib qolishi, sust dard tutishi va boshqalar noxushliklar bundan mustasno). Ko&#8217;pincha Egizaklarning vazni va bo&#8217;yi bir-biridan farq qilishi mumkin, bu, asosan, plasentadan kelgan oziq moddaning teng taqsimlanmaganligi bilan bog&#8217;liq. Vaqtidan oldin tug&#8217;ilgan Egizaklarni avaylab parvarish qilish talab etiladi (Go&#8217;dak, chala tug&#8217;ilgan bola). Egizaklarni ovqatlantirish muhim ahamiyatga ega, ularni emizganda navbatma-navbat goh u ko&#8217;krakni, goh bu ko&#8217;krakni berish, ko&#8217;krak suti yetmasa, chaqaloqlarga mo&#8217;ljallangan sutli omixtalardan foydalanish zarur. Egizaklarni ovqatlantirish va parvarish qilish albatta bolalar vrachi maslahatiga ko&#8217;ra olib boriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EGIZAKLAR \u2014 ona organizmida bir vaqtda rivojlangan 2, 3 yoki undan ortiq homila. Egizaklar tug&#8217;ilishida irsiy omillarning ham roli katta. Egizaklarning bitta tuxumdan (bir tuxumli Egizaklar) yoki 2 ta (ba&#8217;zan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/egizaklar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26310","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26310","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26310"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26310\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26317,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26310\/revisions\/26317"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26310"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26310"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26310"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}