{"id":2632,"date":"2021-09-30T18:36:04","date_gmt":"2021-09-30T15:36:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2632"},"modified":"2024-07-22T09:12:51","modified_gmt":"2024-07-22T06:12:51","slug":"temur-malik-boshchiligidagi-jang","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/temur-malik-boshchiligidagi-jang\/","title":{"rendered":"Temur Malik boshchiligidagi jang"},"content":{"rendered":"\n<p>Mo\u2019g\u2019ullar Banokatni bosib olganlaridan keyin 50 ming kishidan iborat asirlarni oldiga solib harbiy yurishni davom ettirdilar. Ular Alaq-no\u2019yon boshchiligida Xo\u2019jand shahriga yaqinlashdilar. Bu vaqtda o\u2019zbek o\u2019g\u2019loni Temur Malik shaharning hokimi edi. U tabiatan pahlavon va jasoratli kishi bo\u2019lib vatanparvar va mohir jangchi hisoblangan. \u201cShahar valiysi, &#8212; deydi Mirzo Ulug\u2019bek, Temur Malik edi. Shijoatda shunday martabada ediki, Rustamu Zol tirik bo\u2019lganda uning savlatidan faxrlangan bo\u2019lardi. Agar Somi Suvar hayotdan bahrador bo\u2019lganda, unga bo\u2019lgan bandaligi xalqasidan boshi osmonga yetardi. Lekin davr tole\u2019 inqilobidan nochoru noiloj qoldi va Sayxun nomi bilan ma\u2019lum Xo\u2019jand daryosi o\u2019rtasidagi Hisorda suv ikki shoxga bo\u2019linib oqadigan joyda, bir oliy qal\u2019a bino qilgan edilar. Mo\u2019tamid ul-iste\u2019dod ming nafar kishi bilan u yerda o\u2019rnashib olib, tezlik bilan hisorni mustahkamlash va jangga tayyorgarlik bilan mashg\u2019ul bo\u2019ldi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo, Temur Malik qanchalik puxta tayyorgarlik ko\u2019rmasin baribir dushman kuchlari ko\u2019p bo\u2019lib jangovarligi ham baland edi. Shunga qaramay vatanparvarlik va jasoratlik tuyg\u2019ulari bilan to\u2019lib toshgan xalq va Temur Malik imkoni boricha bosqinchilarga qarshi kurashishni muqaddas burch deb bildilar. Mo\u2019g\u2019ullarning 20 minglik askarlari Xo\u2019jandni qurshab oldilar. Ular 50 ming kishidan iborat asirlarni ham o\u2019zlari bilan olib kelib harbiy ishlarda foydalandilar. Shiddatli janglardan so\u2019ng Temur Malik mingta askar bilan Sirdaryodagi orollarning biriga chekinishga majbur bo\u2019ldi. Abulg\u2019ozining ma\u2019lumotiga ko\u2019ra \u201cTemrur Malik o\u2019n ikki kema yasatib erdi. Usti sarpo\u2019shlik. Anga o\u2019q otmoq va to\u2019pang uchun darichalar tortib berib erdi. Ul kemalarga bir amal qilib erdikim, o\u2019q va to\u2019pang va hech nimarsa anga o\u2019tmas erdi. Ul kemalarni minib kunda andog\u2019 urushlar va mardonaliklar qildikim, tamom mo\u2019g\u2019ullar tahsinlar qildilar va hech bobda ani olabilmadilar. Oqibat mo\u2019g\u2019ullar ellik ming xashariy (asirlar)ni oldiga olib solib tosh va kesak tashitdilar, o\u2019zlari toshni va kesak tashitdilar, o\u2019zlari toshni va kesakni suvga solur edilar. Axirul Amr mo\u2019g\u2019ul lashkari g\u2019olib bo\u2019lgan sababdin Temur Malik yetmish kemaga, qo\u2019sh va asboblar yuklab, ul mazkur bo\u2019lgan o\u2019n ikki kemasiga ming yigiti bilan minib kecha bo\u2019lgach, rudxonasining ichi bilan yuriyberdi. Alak no\u2019yon birlan Sukatu Bo\u2019ka mo\u2019g\u2019ullarga sizlar ham daryo labi birlan Temur Malikning ortidan yurung, deb hukm qildi. Mo\u2019g\u2019ullar taki rudxonaning kemasiga yonashib urusha-urusha yurur erdilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019rinib turibdiki, Temur Malik dushmanning Sirdaryoning ikki qirg\u2019og\u2019idan yog\u2019dirgan o\u2019qlari ostida jang qilgan. Mo\u2019g\u2019ullar ko\u2019p minglik asirlarni toshlarni keltirishga majbur etib orolga tashittirgan. Bu bilan o\u2019zlariga yo\u2019l qurib vatan himoyachilari bilan yuzma-yuz jang qilishga harakat qilganlar. Ammo, Temur Malik dushman rejalarini barbod etib ularni yaqinlashtirmagan, shu tariqa urush uzoq davom etib vatan himoyachilarining qurollari va oziq-ovqatlarida yetishmovchilik qattiq sezildi. Chetdan esa hech qanday yordam berilmadi. Natijada vatan himoyachilari Temur Malik boshchiligida 70 kemada Sirdaryoning quyi oqimi bo\u2019ylab suzdilar. Ular Banokat shahriga yaqinlashganlarida ko\u2019rdilarki mo\u2019g\u2019ullar daryoning bir qirg\u2019og\u2019idan ikkinchi tomoniga temir zanjirni tortib qo\u2019yishgan ekan. Biroq Temur Malik kemalari bilan zanjirni yorib o\u2019tib yo\u2019lni davom ettiradi. U O\u2019tror, Sig\u2019noq va Jand shaharlarini bosib o\u2019tib Barchinlig\u2019ga kelganda dushmanlarning qayiqlaridan yasalgan to\u2019siqqa duch keladi. Temur Malik uni yorib o\u2019tishni iloji yo\u2019qligini anglab va kemalarini sohilga yaqinlashtirib tashqariga chiqadilar. Bu yerda \u201cTemur Malik har soatda o\u2019z do\u2019stlari bilan yelkama-yelka turib jang qilardi, toki do\u2019stlari uzoqroq ketgaylar. Yana o\u2019z do\u2019stlari ortidan yugurishardi. Bir kechyu kunduzda shu tarzda lashkarining aksari nobud bo\u2019ldi, ba\u2019zilari yarador bo\u2019ldilar. Molu mulklarini dushmanlar talab oldi. Temur Malik bir guruh barqaror odamlari bilan shoshilmay dushman yo\u2019lini to\u2019sdi. Yonidagilar ham nobud bo\u2019lgandan keyin, uning qurol-yarog\u2019i qolmadi. Faqat uch o\u2019qi qolgandi. Ularning ham biri singan va paykonsiz edi. Uch mo\u2019g\u2019ul iskomish bilan yelib kelardi. Temur Malik haligi siniq paykonsiz o\u2019q bilan bir mo\u2019g\u2019ulning ko\u2019zini chog\u2019lab otdi. U ko\u2019r bo\u2019lib qoldi. Qolgan ikkisiga dedi: \u201cBu o\u2019q birla sizlarga javob bera olurman desam bo\u2019ladi; qaytinglarki, sizning taqdiringiz shu o\u2019qlarda. Ul ikki mo\u2019g\u2019ul Temur Malik qo\u2019lidan kelgan, ko\u2019z o\u2019ngilarida bo\u2019lgan ishlarni ko\u2019rib, uni so\u2019zini tasdiqlar va qaytib ketdilar. Temur Malik sog\u2019-salomat qoldi. U Xorazmga jo\u2019nadi va xalq ishiga aralashdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu satrlarda bayon etilgan voqealar shu haqda guvohlik beradiki, Xo\u2019jandda shiddatli janglar bo\u2019lib Temur Malikning mohir lashkarboshiligi tufayli ko\u2019p sonli bosqinchilarga qarshi uzoq va mardonavor kurashilgan. Bunda shaxsan Temur Malikning o\u2019zi nihoyatda bilimdonlik bilan ish yuritib dushmanga qaqshatqich zarbalarni berib turgan. Mo\u2019g\u2019ullar Temur Malikni o\u2019ta xavfli dushman hisoblab, uni qanday bo\u2019lmasin qo\u2019lga tushirishga qattiq harakat qiladilar. Bunga erishmak uchun barcha choralarni ko\u2019rishdi, lekin uddasidan chiqa olmadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur Malik o\u2019zining vatanparvarligi, mohir jangchiligini shu darajada namoyish etdiki unga dushmanlarning o\u2019zlari tan berishga majbur bo\u2019ladilar. U haqiqatan ham xalq qahramoni, mustaqillik va ozodlik uchun jonini tikkan shaxs edi. U oxirgi o\u2019qi qolguncha jang maydonidan ketmadi. Temur Malik Xorazmga borgandan keyin ham kurashni davom ettirdi. U harbiy qism bilan Katga borib, bu yerga tayinlangan mo\u2019g\u2019ul hokimini o\u2019ldirib qaytadi. Shundan keyin Urganch mudofaasida qatnashadi, so\u2019ngra Jaloliddin bilan birgalikda kurashni davom ettiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mo\u2019g\u2019ullar Banokatni bosib olganlaridan keyin 50 ming kishidan iborat asirlarni oldiga solib harbiy yurishni davom ettirdilar. Ular Alaq-no\u2019yon boshchiligida Xo\u2019jand shahriga yaqinlashdilar. Bu vaqtda o\u2019zbek o\u2019g\u2019loni Temur Malik shaharning hokimi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/temur-malik-boshchiligidagi-jang\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-2632","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2632","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2632"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2632\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2635,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2632\/revisions\/2635"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2632"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2632"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2632"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}