{"id":26404,"date":"2022-04-28T16:38:30","date_gmt":"2022-04-28T13:38:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26404"},"modified":"2022-04-28T16:38:31","modified_gmt":"2022-04-28T13:38:31","slug":"ekvatorial-mintaqa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ekvatorial-mintaqa\/","title":{"rendered":"EKVATORIAL MINTAQA"},"content":{"rendered":"\n<p>EKVATORIAL MINTAQA \u2014 ekvatorning har ikki yonida 5-8\u00b0 shahrik. dan 4-11\u00b0 j.k.lar oralig&#8217;ida joylashgan geografik mintaqa; shimol va Janub tomonlardan subekvatorial mintaqalar bilan chegaradosh. Ba&#8217;zi tadqiqotchilar Ekvatorial mintaqani tropik mintaqaga kiritadilar. Iqlimi quyosh energiyasining ko&#8217;p tushishiga bog&#8217;liq ravishda shakllangan. Ekvatorial mintaqada yil bo&#8217;yi havo issiq (24-28\u00b0), yog&#8217;in ko&#8217;p (1500-3000 millimetr, shamolga ro&#8217;para yon bag&#8217;irlarda 10000 millimetrgacha). Yog&#8217;in miqdori bug&#8217;lanishdan ko&#8217;p bo&#8217;lganligi sababli namlik juda yuqori. Daryolari sersuv, suv sarfi deyarli o&#8217;zgarmas. Materiklarning bu mintaqadagi qismlarida fasllar bir-biridan farq qilmaydi, biokimyoviy va tabiiy jarayonlar jadal ro&#8217;y beradi. Nurash, kimyoviy nurash jarayoni kuchli, nordon qizg&#8217;ishsariq ferralit (laterit) tuproqlar tarqalgan. Tuproqlari tarkibida gumus kam, temir va alyuminiy gidroksidlariga boy. Tuproqlardagi mikroorganizmlar va mayda jonivorlar juda faol. Biroq temperatura va yog&#8217;ingarchilikning yuqoriligi sababli chirindili qatlam yuvilib ketishi natijasida tuproq unumdorligini tez yo&#8217;qotadi. O&#8217;simlik va hayvonot dunyosi benihoya xilma-xil va qadimiy turlarga boy. Tabiiy holda hammayoq doim yashil o&#8217;rmonlar bilan, dengiz va ocean sohillari mangr chakalakzorlari bilan qoplangan. Xo&#8217;jalikda katta foyda keltiruvchi o&#8217;symliklar \u2014 kauchuksimonlar, kakao va non daraxtlari, turli xil palmalar, qimmatbaho qizil yog&#8217;ochli daraxtlar va boshqalarga boy. Hayvonlari o&#8217;rmon sharoitiga moslashgan, asosan, daraxtlarda hayot kechirady (maymun, yalqov, mushuksimonlar va hokazolar). Yerda tapir, karkidon, begemotlar yashaydi. Qush, sudraluvchi va hasharotlar turi ko&#8217;p. Gileya zonalarida 2 ta kichik zona: doimiy sernam ekvator o&#8217;rmonlari va qisqa quruq mavsumli ekvator o&#8217;rmonlari zonasi mavjud. Qisqa quruq mavsumli o&#8217;rmonlar zonasi mintaqaning kontinental passatlar ta&#8217;sir ko&#8217;rsatuvchi Sharqiy va chekka qismlarida tarqalgan. Ba&#8217;zi hududlarda o&#8217;rmonlar kesilib, ekin maydonlari va plantatsiyalarga aylantirilgan. Sernam ekvatorial o&#8217;rmonlarda aholi, asosan, o&#8217;rmonchilik, baliq ovlash, ovchilik va qisman dehqonchilik bilan shug&#8217;ullanadi. Ekvatorial mintaqa tog&#8217;larida ham temperatura va yog&#8217;inning yil davomida deyarli bir maromda taqsimlanishi xos. Balandlik ortgan sari temperaturaning pasayishi, yog&#8217;in miqdori va havoning siyraklashuvi natijasida 3 ta tog&#8217; gileya mintaqasi ajratiladi. Ulardan yuqorida balandtog&#8217; ekvator yaylovlari va nival mintaqa joylashgan. Ekvatorial mintaqadagi okeanlarda quyosh radiatsiyasi quruqlikdagidan yuqori. Bulutli kunlar, yog&#8217;in juda ko&#8217;p bo&#8217;ladi, kuchsiz shamollar esadi. Okean yuza qatlamidagi suvlarning sho&#8217;rligi dunyo okeani o&#8217;rtacha sho&#8217;rligidan kam, plankton ko&#8217;p.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EKVATORIAL MINTAQA \u2014 ekvatorning har ikki yonida 5-8\u00b0 shahrik. dan 4-11\u00b0 j.k.lar oralig&#8217;ida joylashgan geografik mintaqa; shimol va Janub tomonlardan subekvatorial mintaqalar bilan chegaradosh. Ba&#8217;zi tadqiqotchilar Ekvatorial mintaqani tropik mintaqaga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ekvatorial-mintaqa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26404","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26404","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26404"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26404\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26408,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26404\/revisions\/26408"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26404"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26404"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26404"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}