{"id":2641,"date":"2021-09-30T20:22:02","date_gmt":"2021-09-30T17:22:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2641"},"modified":"2024-07-22T09:12:35","modified_gmt":"2024-07-22T06:12:35","slug":"buxoro-samarqand-va-kohna-urganchdagi-janglar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buxoro-samarqand-va-kohna-urganchdagi-janglar\/","title":{"rendered":"Buxoro, Samarqand va ko\u2019hna Urganchdagi janglar"},"content":{"rendered":"\n<p>Chingizxon o\u2019g\u2019illari Tuluy, Jeba iuyen va Subutoy bilan birgalikda Qizilqum cho\u2019llari bo\u2019ylab harbiy yurishni davom ettirdilar. Ular Zarnuq va Nuri Buxoro singari kichik shaharlarni egallab bir necha yuz yoshlarni asirlikka oldilar. Shundan keyin bosqinchi galalar 1220 yil 7 fevralda Buxoro shahrining ostonasiga joylashib urushni boshlab yubordilar. Bu vaqtlarda Buxoro har jihatdan obod va ricojlangan shahar sifatida shuhrat qozonib, \u201cIslom qubbasi\u201d degan yuksak bahoga sazovor bo\u2019lgan edi. Buxoroliklar mustaqillik va ozodlikni saqlash uchun jon-jahdlari bilan jang qildilar. Vatan himoyachilari Ixtiyoriddin Kushnu, Inanchxon O\u2019g\u2019il Xojib, Hamid Pura, Suyunchxon va Gurxon singari lashkarboshilar rahbarlarida shaharni qattiq turib himoya qilganlar. Har ikki tomondan ko\u2019p kishilar o\u2019ldirildi. Kechqurun Ko\u2019kxon, Hamid va Sevinchxon qo\u2019mondonligi ostida uch ming kishilik askarlar shahardan chiqib dushmanlar bilan to\u2019qnashdi. Qattiq janglardan keyin dushman g\u2019alaba qilib shaharga bostirib kirdi. Shaharning nufuzli kishilari to\u2019planishib taslim bo\u2019lishlikka rozilik bildirdilar. Chunki ko\u2019p askarlar va oddiy kishilar qirilib, urushni davom ettirishning iloji qolmadi. Mo\u2019g\u2019ullar shahar aholisini do\u2019pposlab va ayollarni zo\u2019rlab, quloq eshitmagan azob-uqubatlarni namoyish etdilar. Ular masjid va xonadonlarni talab va Qurg\u2019oni karimni otlarining oyog\u2019i ostiga tashlab talon-tarojni uchchiga chiqardilar. Bunga chiday olmagan din peshvolari Rukiaddin Imomzoda va o\u2019g\u2019li, qozi Sadriddinxon va Sadr Majiddin mo\u2019g\u2019ullar bilan jang qilib halok bo\u2019ldilar. Chingizxonning shaxsan o\u2019zi shaharning boyliklarini talash va uni vayronaga aylantirish haqida ko\u2019rsatma berib turdi. U buyruq berdi: \u201cShaharda nimaiki zohirda turgan bo\u2019lsa, keltirishning hojati yo\u2019q. Maxfiy saqlanayotgan narsalarni bizga topshirishlaringiz zarur\u201d. Bunga javoban, &#8212; deb yozadi Mirzo Ulug\u2019bek, boylar va amaldorlar ittifoq bo\u2019lishib, o\u2019z boshlarini oltin evaziga sotib oldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning barcha davlatmand kishilar totor (mo\u2019g\u2019ullar) sipohi dastidan ombordagi moli, xarvor-xarvor tillalarini berib, Chingizxondan o\u2019z boshlarini sotib oldilar. Xorazmshoh sipohidan basharti o\u2019z uylarida o\u2019tirmay, shahardan tashqari chiqqanlari bo\u2019lsa, qahrdan boshqa narsani topmadilar\u2026 Qazoyu qadar amri bilan totorlar Buxoroda ajab qotilliklar qildilar\u2026 Xoqon (Chingizxon) ning g\u2019azabi qaynadi. Shoh qahridan otash chiqardi. Shahar aholisi undan yonib ado bo\u2019ldi. Bir kunda ho\u2019lu quruq yonib bitdi: na jonsiz narsa qoldi, na jonli. Shaharda birorta ham sipoh qolmadi. Ularni o\u2019rnida faqat qora tutun burqsirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar batamom yonib bo\u2019lgandan so\u2019ng, atrof-tevarakda yashaydiganlarni to\u2019olab, qal\u2019a poyiga haydab keldilar, qal\u2019a handaqining to\u2019ldirilmagan joylarini ko\u2019mdilar. Tez kunda qal\u2019ani ham qo\u2019lga kiritib, o\u2019t qo\u2019ydilar. Uning hokimi Kuyukxonni, o\u2019sha qal\u2019adagilar bilan birga siyosatga yetkazdilar. Hisorni yer bilan yakson qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahru boru, darvozadan qolmadi nishon. Bundayin dardga kim topar darmon. Shahar aholisi suyagigacha shahardan tashqariga chiqarildi. Baquvvat erkaklar asirlikka olindi, ayollar mo\u2019g\u2019ullarning askarlari o\u2019rtasida bo\u2019lindi. Askarlar va shaharliklar dushman bostirib kirganidan keyin qal\u2019aga kirishib kurashni davom ettirgan edilar. Ular ham tor-mor etilib, bitta qoldirmay o\u2019ldirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xullas, Buxoro bosqinchilar tomonidan misli ko\u2019rilmagan darajada vayron etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cBu shahar, &#8212; deb yozadi Ibn Battuta, &#8212; bir vaqtlar Jayhunning sohilidagi shaharlarning eng ulug\u2019i edi. La\u2019nati Mo\u2019g\u2019ul Tengiz (Chingiz)\u2026 uni shu qadar xarob qilganki, masjidu madrasalar, bozorlar deyarlik bari vayrona bo\u2019lib yotibdi. Hozir ular orasida bilim \u2013 fandan xabardor yo unga qiziquvchi biron kimsa yo\u2019q\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Mazkur ma\u2019lumotlar XIV asrning birinchi yarmida Buxoroda shaxsan bo\u2019lgan Ibn Battutaning qalamiga mansubdir. Unga ko\u2019ra Buxoro mo\u2019g\u2019ullar tomoidan shu darajada qattiq vayron etilganki, 100 yildan ortiq vaqt o\u2019tgan bo\u2019lsada hamon o\u2019ziga kelmagan. Vaholanki, Buxoro mo\u2019g\u2019ullarning bosqinidan oldin kishi havasini keltiradigan obod shahar hisoblangan. Bu xususda alloma Yoqut al-Xamaviy shunday yozgan: \u201cShubhasizki, bu juda qadimiy shahar, unda bog\u2019lar, sarxil mevalar ko\u2019p. Men borganimda Buxoro mevalari o\u2019n sakkiz kun yo\u2019l bosib Marvga, o\u2019n besh kun yo\u2019l yurib Xorazmga ham eltib sotilar edi\u201d. \u201cKitob as-suvar\u201d asarining muallifi yuzadi: Movarounnahr yerlarining go\u2019zalligiga kelsak, (aytish kerakki) men islom mamlakatlarining birortasida Buxorodan ko\u2019rkamroq shaharni ko\u2019rgan emasman. Uning arkiga chiqsang, atrofida zangori osmon tutash ko\u2019m-ko\u2019k masofalarni ko\u2019rasan\u2026 Movarounnahr va Xuroson yurtlarida o\u2019z yerlarini buoroliklarchalik yaxshi parvarish qiladigan aholi yo\u2019qdir\u2026 Buxoro tekis yerlarga joylashgan shahar, bino sinchlari yog\u2019ochdan. Hamma turar joylar, qo\u2019rg\u2019onlar, bog\u2019lar, rastalar, tosh yo\u2019llar hamda behisob tutash mahallalar, 12 farsax uzunlikdagi devor bilan o\u2019rab olinganki, bu devor barcha o\u2019sha qo\u2019rg\u2019on, uy-joy ham aholi yashaydigan joylarni shahar markazi bilan biriktirib turadi. Bo\u2019sh qolgan taqir joy yoki biron vayronani ko\u2019rmaysiz. Haligi devordan tashqari\u2026 Unga tutash solingan, qishin-yozin aholi yashaydigan shahar uy-joylari, saroy, do\u2019kon va bog\u2019larini qurshab turuvchi boshqa devor ham bor\u2026 Butun Movarounnahrda Buxorochalik zich va gavjum shahar yo\u2019q.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo mo\u2019g\u2019ullar Buxoroni \u201ckultepa\u201dga aylantirgan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon Buxorodan olingan bir necha ming asirlarni qo\u2019shinning oldiga solib Samarqand tomon yo\u2019naldi. Bu shahar ham sharqning eng so\u2019lim va obod maskanlaridan biri bo\u2019lgan. Bu yerda Sulton Muhammadning 110 ming askari shaylanib turgan edi. Bundan tashqari aholining talay qismi mudofaaga jalb etilgan. Qo\u2019shin tepasida Tog\u2019ayxon, Ali Erxon, Shayxxon, Bolaxon va boshqa lashkarboshilar turgan. Dushman qamalidagi shaharda xoh askar, xoh oddiy kishilar bo\u2019lsin baribir barchani fikri-zikri mustaqillik va ozodlikni saqlashga qaratilgan. Bunga erishishga yetarli imkoniyat va harbiy kuchlar mavjud edi. Ammo ularni bilimdonlik bilan boshqaradigan rahbar topilmadi. Avvalambor lashkarboshilar harbiy taktika va strategiya sohasida xatoga yo\u2019l qo\u2019ydilar. Zero, Chingizxon o\u2019z qo\u2019shinining oz qismini hujumga tashladi, katta qismini pistirmga qo\u2019ydi. Lashkarboshilar dushman kuchlarining sonini oz deb hisoblab katta qo\u2019shin bilan darvoza tashqarisiga chiqishib jangni boshladilar. Shu onda pistirmadagi mo\u2019g\u2019ullar ularni qurshab qirib tashlaganlar. Bu fojeali mag\u2019lubiyat shahar aholisini ancha vahimaga solib qo\u2019ydi. Bir guruh nufuzli kishilar go\u2019yo xalqni ommaviy qirilishidan qutqazishni o\u2019ylab tashlim bo\u2019lish haqidagi taklif bilan Chingizxonga murojaat qiladilar. Bu taklif qabul qilinib bosqinchilar shaharni xarob qilib, barcha xaloyiqni \u2013 eru ayolni\u2026 shahardan sahroga haydab chiqardilar. Odamlar g\u2019orat bo\u2019lgan lashkar shaharni g\u2019orat va talash bilan shug\u2019ullandilar. Burchak va mag\u2019oratlardan kimni topsalar qatl etdilar\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Qorong\u2019u tushganda mo\u2019g\u2019ul lashkari shahardan chiqdi. Qal\u2019a ahli vahmda, shikasta dil, na boshini ko\u2019taradi, na yerga qaraydi. Ertasi tong otishi bilan Olashjon \u2013 Sulton Muhammad Xorazmshoh sardorlaridan biri jasorat ko\u2019rguzib, jonidan umid uzib, ming yigiti bilan mo\u2019g\u2019ul lashkari miyonasiga zarba berib, badar ketdi. Keyingi kuni mo\u2019g\u2019ul lashkari Samarqand xisoriga qarab yo\u2019naldi. Devori, borularini vayron qilib, salovotlar oralig\u2019ida darvozani qo\u2019lga kiritdilar. Shaharga kirdilar\u2026 20 mingdan ortiq Sulton Muhammad Xorazmshoh sardorlaridan bo\u2019lgan amirni, u yerda turgan barcha lashkari bilan qatl etdilar. Samarqand ahlidan o\u2019ttiz ming erkakni ajratib olib, o\u2019z farzandlari va qarindoshlariga bo\u2019lib berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019rinib turibdiki mo\u2019g\u2019ul askarlari shahar birinchi marotaba kirganlarida qal\u2019ada Sulton Muhammad askarlari mudofaada turganlar. Mo\u2019g\u2019ullar kechasi ularning hujum qilishidan cho\u2019chib shahardan chiqib ketishga majbur bo\u2019lganlar. Ertasiga erta tongda shaharga qaytadan kirishib qal\u2019adagi askarlarga hujumni uyushtirgan. Bu jangda vatan himoyachilari, xususan 20 ming kishi tamomila qirilguncha jangni davom ettirgan. Mo\u2019g\u2019ullar yana bir bor Samarqandni vayronaga aylantirib va xalqning boyliklarini talab, o\u2019z hukmronligini o\u2019rnatadi. Bu dahshatli voqea 1220 yil 17 martda sodir bo\u2019lgan edi. Bundan oldin Samarqandda 100 ming oila yashagan, urushdan keyin esa uning to\u2019rtdan bir qismi qolgan edi, xolos. Vayronaga aylantirilgan shaharda kahatchilik va ochlik hukm surgan. Shubhasiz bu holatdan ham ko\u2019p odamlarning yostig\u2019i qurigan. Mana shunday nihoyatda dahshatli va fojeali sharoit yuzaga kelib vatan himoyachilari katta talafot ko\u2019rayotgan kezlarda Sulton Muhammad vahimaga tushib allaqachon Turkiston zaminini tashlab qochadi. Vaholanki shaxsan uning o\u2019zi dushmanga qarshi kurashlarni tepasida bosh-qosh bo\u2019lib turishi shart edi. U mo\u2019g\u2019ullar tomonidan Buxoroni bosib olganligini eshitib, ko\u2019p miqdordagi oltin va boshqa qimmatli xazina mollarini olib yo\u2019lga chiqadi. Ammo bu mollar Amudaryodan o\u2019tilayotganda suvga g\u2019arq bo\u2019ladi. Chingizxon Sulton Muhammadni tutish maqsadida Jeba va Subutoy boshchiligida 20 ming askarni orasidan jo\u2019natdi. Buni eshitgan Sulton Muhammad Nishopurga, so\u2019ngra Bisom degan joyga ketadi. Bu yerdan yo\u2019lni davom ettirib pirovardida Kaspiy dengizidagi Ashur oroliga o\u2019rnashadi. Bu yerda u qattiq kasalga chalinib, 1220 yil dekabrda olamdan o\u2019tdi. U jon berish oldidan o\u2019g\u2019li Jaloliddinni taxtga merosxo\u2019r deb e\u2019lon qildi. Sulton Muhammadning qochishidan keyin Xorazmshohlar davlatini alg\u2019ov-dalg\u2019ov qilib turgan Sulton Muhammadning onasi Turkon xotun 1220 yil martda 22 kishidan iborat Sulton Muhammadning xotinlari va yosh bolalarini, xazina boyliklarini olib Xorazmni tark etadi. U o\u2019zi bilan birga ketayotgan katta-kichik qarindoshlarining barchasini o\u2019ldirtirib murdasini Amudaryoga cho\u2019ktiradi. Aftidan ular dushman qo\u2019liga tushmasliklari uchun qatl etilgan bo\u2019lsa kerak. Turkon xotun yo\u2019l yurib Mozandarondagi Ilal qal\u2019asiga joylashdi. Bu yerda mo\u2019g\u2019ullar tomonidan asirlikka olinib Mo\u2019g\u2019uliyaga Chingizxon huzuriga yuborildi. Bu yerda 1233 yilda Chingizxon dasturxonidan ortgan ovqatlardan oziqlanib xor-zorlikda vafot etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib Sulton Muhammad va onasi Turkon xotun birgalikda yaqindagina sharq dunyosini larzaga solib turgan Xorazmshohlar davlatini o\u2019zlarining nodonligi orqasidan dushman oyog\u2019i tagiga tashlab berdilar. Ularning kasriga yuz minglab odamlarning qoni to\u2019kilib, shahar xarobaga aylantirildi. Bu borada Ko\u2019hna Urganch shahri ham chetda qolmadi. O\u2019z holicha tashlangan Xorazmda tartibsizlik va o\u2019zboshimchalik hukm surib hokimiyatni boshqaradigan yetuk odam topilmadi. Shu orada Jaloliddin ukalari O\u2019zlig\u2019shoh va Oqshohlar bilan birgalikda otasini dafn etishgandan keyin Xorazmga kelishadi. Turkon xotunning qarindoshlari \u2013 amirlar Jaloliddinni taxtga merosxo\u2019rligini tan olmay Turkon xotunning ukasi Xumor teginni Sulton deb e\u2019lon qildilar hamda Jaloliddinga qarshi suiqasd uyushtirishga kirishdilar. Shu bois Jaloliddin va Temur Malik birgalikda 300 askar bilan poytaxtni tark etishga majbur bo\u2019ladi. Ularning orqasidan yo\u2019lga chiqqan Jaloliddinning yuqorida ko\u2019rsatilgan ukalari mo\u2019g\u2019ullar tomonidan o\u2019ldiriladi. Chingizxonning o\u2019g\u2019illari \u2013 Ugaday, Chig\u2019atoy boshchiligidagi askarlar Ko\u2019hna Urganchni bosib olish harakatini qizitib yuboradilar. Qattiq janglarda ko\u2019p odamlar halok etilgandan keyin mo\u2019g\u2019ullar shahar ichiga bostirib kirishga erishdilar. Dushmanning shaharni yetti oy mobaynida qamalda ushlab turishi orqasidan aholining hayoti juda og\u2019irlashgan edi. Shunga qaramay xalq ommasi yoppasiga bosqinchilarga qarshi jangni davom ettiraberdi. Abulg\u2019ozining asarida ko\u2019rsatilishicha mo\u2019g\u2019ullarning bir guruhi shahar darvozasining oldida turganda 100 ming kishilik vatan himoyachilari u yerdan chiqib, ular ketidan quvgan. Poytaxtdan bir chaqirim naridagi bog\u2019da ko\u2019p sonli dushman askarlariga duch kelishib, shunday qattiq jang bo\u2019lganki, 100 ming kishidan besh-o\u2019n kishi tirik qolib shaharga qochib kelgan. Bu yerda xuddi Samarqanddagi voqea yuz bergan. U yerdan ham mo\u2019g\u2019ul lashkarboshilar oz sonli askarlarini devor yoniga yaqinlashtirib va bu bilan raqiblarini jangga da\u2019vat etib pistirmadagi ko\u2019p sonli askarlarining hujumiga mubtalo etilgan edilar. Aftidan dushman tomonidan 100 ming kishilik vatan himoyachilarini o\u2019ldirilishi shahar aholisini qattiq vahimaga solgan, albatta. Ammo, ular qanday bo\u2019lmasin ona-yurtini muhofaza qilisga jonlarini ayamadilar. \u201cMo\u2019g\u2019ullar, &#8212; deydi Abulg\u2019ozi. \u2013 Urganchga elchi yubordilar. Aytdilarki, bizga tobe\u2019 bo\u2019lib el bo\u2019lsangiz, o\u2019zingiz omon bo\u2019lib, o\u2019g\u2019lon va ushoqingiz o\u2019lja va asir bo\u2019lmas. Urganch xalqi ani qabul qilmadilar va itoatga bo\u2019yun egmadilar. Andin so\u2019ng yetti oy kunda Xorazm lashkari ertadan oqshomgacha urushur erdilar. Mo\u2019g\u2019ullar Urganch atrofinda manjaniqg\u2019a (tosh otadigan dastgohga) tosh topmay tutning kundalarini kesib manjaniqg\u2019a solib otor edilar. Ul vaqtda mo\u2019g\u2019ullar xohladilarkim Jayhunni bog\u2019lagaylar, to Urganchga suv bormag\u2019ay. Jayhunni bog\u2019lamoq uchun uch ming mo\u2019g\u2019ul bog\u2019lar yerga keldilar. Ul ishdin Urgach xalqi xabardor bo\u2019lib, kelib uch ming mo\u2019g\u2019ulni o\u2019rtaga olib andog\u2019 urushdilarkim, u uch ming mo\u2019g\u2019uldan bir kishi qutulmadi va hech vajh birlan mo\u2019g\u2019ullar Urganchdan ola bilmadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u2026 (Mo\u2019g\u2019ullar) lashkarni xorazmiylarga ro\u2019baro\u2019 qilib qattiq urushdilar. Ahirul (mo\u2019g\u2019ullar) Urganchni olib mahalla-mahallaga o\u2019t qo\u2019yub tamom xalqni sahroga chiqardilar. Toki yuz ming evlik kishini ahli hunar turur deb oldilar. Juvon-xatun va yosh o\u2019g\u2019lonlarni taki banda qilmaklik uchun oldilar. Andin o\u2019zga xalqni lashkariga xizmat qildi. Har bir kishi (mo\u2019g\u2019ul) Urganchni olib mahalla-mahallaga o\u2019t qo\u2019yub tamom xalqni sahroga chiqardilar. Toki yuz ming evlik kishini ahli hunar turur deb oldilar. Juvon-xatun va yosh o\u2019g\u2019lonlarni taki banda qilmaklik uchun oldilar. Andin o\u2019zga xalqni lashkariga xizmat qildi. Har bir kishi (mo\u2019g\u2019ul)ga yigirma to\u2019rt kishi tegdi va hukm qildilarkim, o\u2019ldiringlar. Mo\u2019g\u2019ullar o\u2019ldirdilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak, mo\u2019g\u2019ullar o\u2019n minglab kishilarni janglarda o\u2019ldirish bilan bir qatorda minglab hunarmand va boshqa kasb egalarini xizmatlaridan foydalanish maqsadida asirlikka olganlar. Ayollarni zo\u2019rlab va o\u2019zaro taqsimlab vahshiylarcha munosabatda bo\u2019lganlar. Har bir mo\u2019g\u2019ul askariga o\u2019ldirish sharti bilan vatan himoyachilaridan 24 kishi birkitilgan. Bularning hammasi o\u2019ldirildi. Urganch uchun kurashlarda o\u2019zbek xotin-qizlari jasorat va mardlikni ko\u2019rsatdilar. Bu xususda taniqli olim Ziyo Buniyodov shunday yozadi: \u201cMo\u2019g\u2019ullar Kabilon darvozasi orqali Gurganjning tashqi devorining ichiga kirdilar. Lekin ular askarlardan tashqari shahar aholisi \u2013 erkaklar va xotinlar tomonidan tashkil qilingan shunday qarshilikka duch keldilarki, kechga tomon ular Tanur mahallasiga yetib borganlariga qaramay, shahardan butunlay haydab chiqarildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyingi kuni mo\u2019g\u2019ullar yana o\u2019sha shikastlangan Kabilon darvozasi orqali shaharga yorib kirishga urindilar, lekin ular G\u2019uriy guruhining askarlari tomonidan uloqtirib tashlandilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak, o\u2019zbek ayollari harbiy qurollardan foydalanishni o\u2019zlashtirganlarki jang maydonida bosqinchilarga zarba berishga qodir bo\u2019lganlar. Ularning vatanga sodiqligi va qahramonligi mo\u2019g\u2019ul gazandalarining qahr-g\u2019azabini qaynatgan. Chunonchi ular 1220 yil dekabrda shaharga bostirib kirganlaridan keyin ayollardan ham o\u2019ch olishga kirishib quloq eshitmagan jazo usullarini qo\u2019lladilar. Ular \u201cUrganchning asir ayollariga qip-yalang\u2019och bo\u2019lib o\u2019tishni buyurdilar va ularni ikki guruhga bo\u2019lib, bunday buyruq berdilar: \u201cSizning shahringiz ayollari juda yaxshi mushtkash jangchilar ekanlar. Shuning uchun buyuramiz: ikkala guruh ayollari bir-birlari bilan mushtlashib urushsinlar. Bu razil tomosha bilan ko\u2019ngil ochishib, mo\u2019g\u2019ullar ayollarni burdalab tashladilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan keyin mo\u2019g\u2019ul jallodlari Amudaryo suvi bilan Urganchni cho\u2019ktirib hashamatli binolar, obod ko\u2019chalar, nodir asarlarni o\u2019z ichiga olgan kutubxonani hammasini barbod etdilar. Yaqindagina Sharqning porloq yulduzi bo\u2019lib turgan mashhur Urganch shahari xarobaga aylantirildi. Uning o\u2019n minglab aholisi o\u2019ldirildi, asir olindi va boyliklar talandi. Urganchdagi janglarda taniqli din peshvosi, alloma Shayx Najmiddin Kubroning ko\u2019rsatgan jasorat va qahramonligi tillarda doston bo\u2019ldi. U 1145 yilda Xiva shahrida tug\u2019ilib umrini oxirigacha ona yurtiga sidqidillik bilan xizmat qildi. U yoshlik yillaridayoq Eron, Misr, Shomu Iroq kabi mamlakatlarga borib bilimi va tajribasini oshirdi. U Kubraviya tariqatining asoschisi hisoblanib tariqati va ta\u2019limotida halollik, poklik, insonparvarlik, muruvvatlik va vatanparvarlik singari fazilatlar o\u2019z ifodasini topgan. U qator asarlarning muallifidir. Chingizxon Shayxning obro\u2019yini inobatga olib shahar qamalidan ixtiyoriy ravishda chiqib ketishini va unga hech qanday ziyon yetkazmasligi haqida xabar qiladi. Ammo Shayxning ongi va qalbida ona yurt va xalqiga muhabbat va sodiqlik shu darajada barq urib turgan ediki, taklifni rad edi. Vatan uchun jonini tikkanligini ham ma\u2019lum qildi. \u201cHazrati Shayx Najmiddin Kubroning ovozasi, &#8212; deydi Abulg\u2019ozi, &#8212; olamga mashhur edi. Ul sababdin shahzodalar (Chingizxon o\u2019g\u2019illari) hazrati Shayxga kishi yubordilar. Shayx oyoq ostida qolmasunlar, o\u2019g\u2019lon va ushoqlari birlan qal\u2019adan chiqib kelsunlar\u201d deb. Hazrati Shayx aytib yubordilarkim, men yakka emasman. Mening qarindoshim va xizmatkorim bor turur. Shahzodalar aytib yubordilarkim, o\u2019n kishi birlan kelsunlar. Shayx aytdilarkim, o\u2019ndin ko\u2019p turur. Shahzodalar aytdilarkim, yuz kishi birlan kelsunlar. Shayx aytdilar, yuz ko\u2019p turur. Shahzodalar aytdilar, ming kishi birlan kelsunlar. Hazrati Shayx aytib yubordilarkim, yaxshi kunda men bu xalqning tamomi birla oshno va do\u2019st erdim. Emdi yomon kunda nechuk bularni tashlab borayin, men bora bilmasmen, dedi. U mahalla mo\u2019g\u2019ullar hazrat Shayxning mahallasiga quyulib keldilar. Hazrat Shayx bir necha mo\u2019g\u2019ullarni o\u2019z qo\u2019llari birlan darhol jahannamga yubordilar (o\u2019zlari ham) shahid bo\u2019ldilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Binobarin Shayx o\u2019z javobida xalq bilan bir tan bir jon ekanligini anglatib vatan manfaatini shaxsiy manfaatdan yuqori qo\u2019ygan. Shubhasiz u o\u2019zining hayotini o\u2019ylab ish yuritganida omon-eson qolishi mumkin edi. Ammo u xalqning boshiga yomon kunlar tushgan vaqtlarda xiyonat qilishlikni vijdoni qabul qilmay, dushmanga qarshi kurashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buyuk davlat arbobi va olim Ulug\u2019bek ham Shayx Najmiddin Kubroning vatanparvarligi va jasoratiga yuqori baho bergan edi. U shunday yozgan: \u201cMurshidi A\u2019zam Shayx Najmiddin Kubro xudo amri bilan Xorazm uchun boshini tikdi. Boshini topshirishda qotil yaloviga yopishdi. Dini haq, iqlimining shohi ul piyr sarpanjasidan o\u2019n zabardast yigit yalovni chiqarib ololmadilar. Sayillar shayxi sarpanjasida kofir yaylovini ko\u2019rib hayratda qolgan oqillar bu holni sharhladilr: yalov uchini Shayx tugib, ta\u2019rix aytdiki, vafotim sanasi \u201cShohi Shuxudo\u201d (\u201cShahidlar shohi)dir\u201d. Shayx Najmiddin Kubroning bunday jasorati va qahramonligi uning qalbidagi vatanparvarlikning yorqin namunasidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon o\u2019zining vahshiyligini Termizda va boshqa joylarda ham namoyish etadi. U qo\u2019shin bilan Termizga kelganda mahalliy aholi qattiq jang qildilar. Ammo, pirovardida, dushman g\u2019alaba qilib, ko\u2019p odamlarni qilichdan o\u2019tkazadi. Shu orada mo\u2019g\u2019ullar \u201cbir xotunni o\u2019ldirishga olib keldilar. Ul xotun aytdi: \u201cMeni o\u2019ldirmanglar. Men sizlarga bir yaxshi dur berayin\u201d, dedi. Alar dedilar: \u201cDuring qayda turur?\u201d Ul xotun aytdi: \u201cDurni yutkan tururman, dur qornimda turur\u201d. Mo\u2019g\u2019ullar ul xotunning qornini yorib durni oldilar. Ul sababdin hech o\u2019luk qolmadi, tamomining qornini yordilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019rinib turibdiki, bosqinchilar bir dona dur bahonasida qanchadan-qancha ayollarning ichak-chovog\u2019ini ag\u2019dar-to\u2019ntar qilib tashlaganlar. Ular Termizni vayron etib, ko\u2019p odamlarni qirgandan so\u2019ng Balxga borishib, obod va ko\u2019rkam shaharni ham yer bilan yakson qildilar. Ular Marv shahrini bosib olishda ham vahshiylarcha harakat qildilar. Tulixon boshliq mo\u2019g\u2019ullar shaharga kirganlarida odatdagidek boyliklarni talab qildilar. Ular aholini shahardan haydab mol-mulkni taladilar, so\u2019ngra odamlarni yoppasiga qirdilar. Har bir askarga 40-50 kishini o\u2019ldirish vazifasi yuklatildi. Bu topshiriq darhol bajarildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Chingizxon o\u2019g\u2019illari Tuluy, Jeba iuyen va Subutoy bilan birgalikda Qizilqum cho\u2019llari bo\u2019ylab harbiy yurishni davom ettirdilar. Ular Zarnuq va Nuri Buxoro singari kichik shaharlarni egallab bir necha yuz yoshlarni asirlikka &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buxoro-samarqand-va-kohna-urganchdagi-janglar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-2641","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2641","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2641"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2641\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2686,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2641\/revisions\/2686"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2641"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2641"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2641"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}