{"id":26428,"date":"2022-04-28T17:02:44","date_gmt":"2022-04-28T14:02:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26428"},"modified":"2022-04-28T17:02:46","modified_gmt":"2022-04-28T14:02:46","slug":"ehtimollar-nazariyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ehtimollar-nazariyasi\/","title":{"rendered":"EHTIMOLLAR NAZARIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>EHTIMOLLAR NAZARIYASI \u2014 biron bir tasodifiy hodisalarning ro&#8217;y berish ehtimoliga ko&#8217;ra ular bilan qandaydir tarzda bog&#8217;langan boshqa tasodifiy hodisalarning ro&#8217;y berishi ehtimollarini topish bilan shug&#8217;ullanadigan matematika sohasi. Biror hodisaning ro&#8217;y berish ehtimoli, masalan, teng ekanligi uncha ahamiyatli emas, chunki odam ishonchli natijaga erishishni xohlaydi. Shu nuqtai nazardan biron bir A hodisa ro&#8217;y berish ehtimoli 1 ga ancha yaqinligi (yoki ro&#8217;y bermaslik ehtimoli 0 ga yaqinligi) haqidagi xulosalar katta ahamiyatga ega. Bunday hodisa amalda muqarrar ro&#8217;y berishi ishonchli bo&#8217;lgan hodisa deb hisoblanadi. Ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan bunday hodisalar, odatda A hodisa ko&#8217;p sonli tasodifiy, bir-biri bilan sust bog&#8217;liq bo&#8217;lgan omillar ta&#8217;sirida ro&#8217;y beradi yoki bermaydi, degan farazga asoslanadi. Shuning uchun Ehtimollar nazariyasini ko&#8217;p sonli tasodifiy omillarning o&#8217;zaro ta&#8217;siridan paydo bo&#8217;ladigan qonuniyatlarni aniqlaydigan va o&#8217;rganadigan matematika bo&#8217;limi deyish mumkin. Tabiatshunoslikda muayyan shartlar majmui 5 bilan shu shartlar bajarilganda ro&#8217;y berganini yoki ro&#8217;y bermaganini aniq aytish mumkin bo&#8217;lgan A hodisa orasidagi bog&#8217;lanish qonuniyatini bayon etishda quyidagi 2 sxema ishlatiladi: 1) shartlar majmui 5 bajarilgan har bir holda A hodisa ro&#8217;y beradi. Masalan, klassik mexanikaning qonunlari boshlang&#8217;ich shartlar va jismga ta&#8217;sir etuvchi kuchlar berilganda jism harakati bir qiymatli aniqlanishini tasdiqlaydi; 2) shartlar majmui 5 bajarilganda A hodisa ma&#8217;lum R(A\/5)=r ehtimol bilan ro&#8217;y beradi. Masalan, radioaktiv nurlanish qonunlari har bir radioaktiv modda uchun berilgan vaqt oralig&#8217;ida bu modda N ta atomi emirilishining ma&#8217;lum ehtimoli borligini tasdiqlaydi. Ikkinchi sxema bilan ifodalanuvchi qonuniyatlar statistik qonuniyatlar deyiladi. Tug&#8217;ilish va o&#8217;lim bilan bog&#8217;liq statistik qonuniyatlari ham (masalan, o&#8217;g&#8217;il tug&#8217;ilishi ehtimoli 0,515 ekanligi) avvaldan ma&#8217;lum. 19-asr oxiridan boshlab fizika, kimyo, biologiya va boshqalar fanlarda ko&#8217;plab statistik qonuniyatlar kashf etiladi. Turli sohalardagi statistik qonuniyatlarni Ehtimollar nazariyasi usullari bilan o&#8217;rganish hodisalarning ehtimollari hamma vaqt ba&#8217;zi oddiy munosabatlarni qanoatlantirishga asoslangan. Shu oddiy munosabatlar asosida hodisalarning ro&#8217;y berish ehtimollari xossalarini o&#8217;rganish Ehtimollar nazariyasi predmetini tashkil qiladi. O&#8217;zbekistonda Ehtimollar nazariyasi 20-asr 20-yillaridan boshlab V.I.Romanovskiy tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan rivojlana boshladi. T.A.Sarimsoqov, S.X. Sirojiddinov, T.A. Azlarov, Sh.K. Farmonov, A.N. Nagaev, N.U. G&#8217;ofurov, T.M. Zuparov kabi olimlarning Ehtimollar nazariyasiga oid tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika matematikaning eng taraqqiy etgan tarmoqlaridan biridir. Ad.: Gneden ko B.V., Kurs teorii veroyatnostey, 5 izd., M., 1969; Proxorov Yu.V., Rozanov Yu.A., Teoriya veroyatnostey, 2 izd., M., 1973; Feller V., Vvedenie v teoriyu veroyatnostey i eyo prilojenie. Per. s ang. 2 izd., M., 1967; Sarmmsakov T.A., Osnovi teorii prosessov Markova, M.,. 1951; Sirajiddinov S.X., Predelnme teoremn dlya. odnorodnix tsepey Markova., T., 1955; Sirajiddinov S.X., Azlarov T.A., Zuparov T.M., Additivnme zadachi s rastuvdim chislom slagaemmx, T., 1975. Tursun Azlarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EHTIMOLLAR NAZARIYASI \u2014 biron bir tasodifiy hodisalarning ro&#8217;y berish ehtimoliga ko&#8217;ra ular bilan qandaydir tarzda bog&#8217;langan boshqa tasodifiy hodisalarning ro&#8217;y berishi ehtimollarini topish bilan shug&#8217;ullanadigan matematika sohasi. Biror hodisaning ro&#8217;y &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ehtimollar-nazariyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26428","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26428","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26428"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26428\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26432,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26428\/revisions\/26432"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26428"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26428"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26428"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}