{"id":26439,"date":"2022-04-28T17:11:52","date_gmt":"2022-04-28T14:11:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26439"},"modified":"2022-04-28T17:11:53","modified_gmt":"2022-04-28T14:11:53","slug":"ehtiyojlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ehtiyojlar\/","title":{"rendered":"EHTIYOJLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>EHTIYOJLAR \u2014 organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur bo&#8217;lgan narsalarga talab, muhtojlik. Nazariy va amaliy iqtisodiyotning fundamental kategoriyalaridan biri. Ehtiyojlar sub&#8217;yekt bilan uning faoliyati o&#8217;rtasidagi bog&#8217;lanishlarni ifoda etadi va maqsadlar, mayllar, intilishlarda va pirovardida hatti-harakatlar, fe&#8217;l-atvorda yuzaga chiqadi. Faoliyat sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; ob&#8217;yektiga qarab moddiy, ma&#8217;naviy; sub&#8217;yektiga ko&#8217;ra yakka (shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy Ehtiyojlar bo&#8217;lishi mumkin. Ehtiyojlarning umumiy qonuniyati \u2014 ularning umuman bevosita inson faoliyatiga, xususan, ijtimoiy ishlab chiqarish ga bog&#8217;liq bo&#8217;lishidir. Ayni payda faollikka undovchi kuch bo&#8217;lgan Ehtiyojlar, o&#8217;z navbatida, hayot sharoitlariga tanlama ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi, ularning o&#8217;ziga xos tomonlarini belgilaydi, u yoki bu faoliyat usullarini va Ehtiyojlarni qondiradigan predmetlar ishlab chiqarishni rag&#8217;batlantiradi. Masalan, bir vaqtlar kishilarda avtomobilga paydo bo&#8217;lgan Ehtiyojlar ularni yaratish yo&#8217;lida izlanishlarning boshlanishiga sabab bo&#8217;ldi, butun bir sanoat tarmog&#8217;ining paydo bo&#8217;lishiga olib keldi. Tarixan Ehtiyojlar o&#8217;sib boradi, ular xilma-xil, o&#8217;zgaruvchan, tuzilmaviy o&#8217;zgarishlarga uchrab turadi. Ehtiyojlar tizimida iqtisodiy ehtiyojlar asosiy o&#8217;rinda turadi. Ularga birinchi navbatda, moddiy-ashyoviy Ehtiyojlar (moddiy va ma&#8217;naviy) \u2014 oziq-ovqat mahsulotlariga, kiyim-kechak, axborot vositalari (gazeta, kitob va boshqalar) ga Ehtiyojlar, shuningdek, iqtisodiy Ehtiyojlar tuzilmasida oliy o&#8217;rinda turadigan mehnat qilish, ta&#8217;lim olish, sog&#8217;liqni saqlash Ehtiyojlari kiradi. Iqtisodiy Ehtiyojlarni ham ularni ro&#8217;yobga chiqaradigan sub&#8217;yektlariga qarab tasniflash mumkin (shaxsiy \u2014 yakka, jamoa va ijtimoiy \u2014 umumiy Ehtiyojlar). Bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy Ehtiyojlar pul bilan vositalanadi va talab sifatida yuzaga chiqadi. Ishlab chiqarish va Ehtiyojlar o&#8217;rtasidagi teran ichki bog&#8217;lanishlar ehtiyojlarning o&#8217;sib borishi qonunida o&#8217;z ifodasini topadi. Iqtisodiyotning butun tarixini eng oddiy Ehtiyojlardan tobora har tomonlama rivojlangan inson Ehtiyojlarining shakllanishiga o&#8217;tish tarixi tarzida qarash mumkin. Sherqul Shodmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EHTIYOJLAR \u2014 organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur bo&#8217;lgan narsalarga talab, muhtojlik. Nazariy va amaliy iqtisodiyotning fundamental kategoriyalaridan biri. Ehtiyojlar sub&#8217;yekt bilan uning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ehtiyojlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26439","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26439","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26439"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26439\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26441,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26439\/revisions\/26441"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26439"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26439"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26439"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}