{"id":2656,"date":"2021-09-30T21:05:43","date_gmt":"2021-09-30T18:05:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2656"},"modified":"2025-10-30T10:21:34","modified_gmt":"2025-10-30T07:21:34","slug":"abdulla-oripov-1941-2016-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abdulla-oripov-1941-2016-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Abdulla Oripov (1941-2016) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Abdulla Oripov (1941.21.3 \u2014 Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko\u2018z qishlog\u2018i \u2013 2016.5.11 \u2013 Xyuston, Texas shtati, AQSh) \u2014 shoir va jamoat arbobi. O\u2018zbekiston xalq shoiri (1990). O\u2018zbekiston Qahramoni (1998).<\/p>\n\n\n\n<p>ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). \u00abYosh gvardiya\u00bb (1963\u201469), G\u2018afur G\u2018ulom nomidagi Adabiyot va san\u2019at nashriyotlarida muharrir (1969\u201474), \u00abSharq yulduzi\u00bb jurnalida adabiy xodim, bo\u2018lim mudiri (1974\u201476), O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1976\u201482), mas\u2019ul kotib (1985\u201488), Toshkent viloyat bo\u2018limida mas\u2019ul kotib (1982\u201483), \u00abGulxan\u00bb jurnalida muharrir (1983\u201485), 1996 yildan O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, ayni vaqtda, O\u2018zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi (1989 yildan) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Oripovning \u00abTilla baliqcha\u00bb, \u00abMen nechun sevaman O\u2018zbekistonni\u00bb singari dastlabki she\u2019rlari talabalik yillarida yozilgan va o\u2018zbek she\u2019riyatiga yangi, iste\u2019dodli, o\u2018ziga xos ovozga ega shoirning kirib kelayotganidan darak bergan. Ko\u2018p utmay, \u00abMitti yulduz\u00bb (1965) ilk she\u2019rlar to\u2018plamining nashr etilishi she\u2019riyat muxlislarida paydo bo\u2018lgan shu dastlabki tasavvurning to\u2018g\u2018ri ekanligini tasdiqlagan. Shundan keyin shoirning \u00abKo\u2018zlarim yo\u2018lingda\u00bb (1966), \u00abOnajon\u00bb (1969), \u00abRuhim\u00bb, \u00abO\u2018zbekiston\u00bb (1971), \u00abXotirot\u00bb, \u00abYurtim shamoli\u00bb (1974), \u00abYuzma-yuz\u00bb, \u00abHayrat\u00bb (1979), \u00abNajot qal\u2019asi\u00bb (1981), \u00abYillar armoni\u00bb (1983), \u00abhaj daftari\u00bb, \u00abMunojot\u00bb (1992), \u00abSaylanma\u00bb (1996), \u00abDunyo\u00bb (1999), \u00abShoir yuragi\u00bb (2003), \u201cEzgulik\u201d (2012) singari she\u2019riy kitoblari nashr etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Oripov o\u2018zbek she\u2019riyatiga o\u2018tgan asrning 60-yillarida sobiq sovet jamiyatida esa boshlagan yangi shabadaning elchisi sifatida kirib keldi. U dastlabki she\u2019rlaridan boshlab milliy she\u2019riyatda yangi poetik tafakkurning qaror topishi yo\u2018lida ijod qildi; turmushda paydo bo\u2018la boshlagan yangicha karashlar, kishilarning ruhiy olamidagi evrilishlar, fikr va xatti-harakat erkinligiga bo\u2018lgan ehtiyoj Abdulla Oripov she\u2019rlarining g\u2018oyaviy mundarijasini belgilab berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Oripovning dastlabki she\u2019rlaridagi romantik kayfiyat asta-sekin o\u2018z o\u2018rnini falsafiy mushohadalarga bo\u2018shatib, shoirning hayotda ro\u2018y berayotgan voqea va qodisalarga munosabati faol tus oldi. Shu ma\u2019noda \u00abTilla baliqcha\u00bb, \u00abQo\u2018riqxona\u00bb, \u00abGenetika\u00bb, \u00abOlomonga\u00bb kabi she\u2019rlar Abdulla Oripovning lirik she\u2019riyat ufqlarini hayot muammolari tasviri hisobiga kengaytirib borayotganidan darak berdi. Xuddi shu narsa Abdulla Oripovning doston janriga murojaat etishi va liro-epik tasvir imkoniyatlaridan samarali foydalanishiga sababchi bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Oripov \u00abJannatga yo\u2018l\u00bb (1978), \u00abHakim va ajal\u00bb (1980), \u00abRanjkom\u00bb (1988) kabi dostonlarida ma\u2019naviyat masalalariga alohida e\u2019tibor berib, kishilarning ruhiy olamidagi ayrim qusurlar bilan ilmiy-texnik taraqqiyot va tafakkurning parvozi o\u2018rtasidagi ziddiyatni ochib tashladi. Umuman, Abdulla Oripovning she\u2019r va dostonlarida olg\u2018a surilgan ma\u2019naviy muammolar mustaqillik davrida, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etib, shoirning xuddi shu masalalar tasvirida o\u2018z davriga nisbatan (ularning aksari 90-yillarga qadar yozilgan) ilg\u2018orlab ketganini namoyish etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Oripov ijodida, bir tomondan, G\u2018afur G\u2018ulom lirikasiga xos falsafiylik ko\u2018zga tashlansa, ikkinchi tomondan, Hamid Olimjon she\u2019rlariga xos musiqiy ravonlik va badiiy soddalik aks etib turadi. Mazkur 2 manba Abdulla Oripov she\u2019rlarida o\u2018zaro tutashgan holda orifona she\u2019riyatning asosiy xususiyatlarini ifodalab keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Oripovning so\u2018nggi yillar lirikasida tuyg\u2018u va kechinmalar tasviri susaymagan holda yana bir muhim fazilat bor. Bu, Abdulla Oripov she\u2019rlariga liro-epik tasvir unsurlarining ko\u2018plab kirib kelishidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Oripov mustaqillik yillarida adabiyotning rang-barang tur va janrlarida ijod eta boshladi. Shu davrda tarixiy adolatning tiklanishi, o\u2018tmishda yashagan sarkardalar va allomalar xotirasining e\u2019zozlanishi Abdulla Oripovning Amir Temurning O\u2018rta Osiyo xalqlari tarixiy taqdirida o\u2018ynagan buyuk rolini ko\u2018rsatuvchi \u00abSohibqiron\u00bb she\u2019riy dramasini (1998) yozishga ilhomlantirdi. Abdulla Oripov bu asarida qariyb uch asr davomida hukm surgan qudratli Temuriylar saltanatining asoschisi va 15-asrda Sharqda Uyg\u2018onish davrining boshlanishiga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sharoit yaratgan Amir Temur obrazini yorqin gavdalantirib berdi. Mazkur asar respublikaning barcha yirik teatrlari va qardosh mamlakatlar sahnalarida katta muvaffaqiyat bilan o\u2018ynaldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Oripov \u2014 O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining matnini yozgan (1992). U Navro\u2018z va Mustaqillik bayramlarini o\u2018tkazish bo\u2018yicha yozilgan stsenariylarning aksariyati muallifi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Oripov Yozuvchilar uyushmasi raisi sifatida O\u2018zbekistondagi xoz. adabiy jarayonga rahbarlik qilgan. She\u2019riyati Muhammad Yusuf kabi ko\u2018plab yosh shoirlar ijodining shakllanishiga ta\u2019sir ko\u2018rsatgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Dante \u00abIlohiy komediya\u00bbsining \u00abDo\u2018zax\u00bb qismini, A. S. Pushkin, N. A. Nekrasov, T. G. Shevchenko, L. Ukrainka, R. Hamzatov, Q. Quliyev va M. Bayjiyev asarlarini o\u2018zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. O\u2018z navbatida, uning asarlari ham rus, ingliz, bolgar, turk, ukrain, turkman, ozarbayjon kabi ko\u2018plab xorijiy tillarga tarjima qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1990 yildan O\u2018zbekiston Oliy Kengashi, 1995 yildan O\u2018zbekiston Oliy Majlisi deputati bo\u2018lgan. Abdulla Oripov Kaliforniya (AQSh) Fan, ta\u2019lim, sanoat va san\u2019at xalkaro akademiyasining haqiqiy a\u2019zosi. Soka universiteti (Yaponiya) professorri. Hamza nomidagi (1983) hamda Alisher Navoiy nomidagi (1992) O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari laureati.<\/p>\n\n\n\n<p>2016 yil 5 noyabrga o\u2018tar kechasi Xyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada O\u2018zbekiston Respublikasi Madhiyasi matni muallifi, O\u2018zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov og\u2018ir kasallikdan so\u2018ng 75 yoshida vafot etdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abdulla Oripov (1941.21.3 \u2014 Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko\u2018z qishlog\u2018i \u2013 2016.5.11 \u2013 Xyuston, Texas shtati, AQSh) \u2014 shoir va jamoat arbobi. O\u2018zbekiston xalq shoiri (1990). O\u2018zbekiston Qahramoni (1998). ToshDUning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abdulla-oripov-1941-2016-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2662,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-2656","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2656","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2656"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2656\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163258,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2656\/revisions\/163258"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2662"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2656"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2656"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2656"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}