{"id":26574,"date":"2022-04-30T06:59:17","date_gmt":"2022-04-30T03:59:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26574"},"modified":"2022-04-30T06:59:19","modified_gmt":"2022-04-30T03:59:19","slug":"eklamptsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/eklamptsiya\/","title":{"rendered":"EKLAMPTSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>EKLAMPTSIYA (Yunoncha \u2014 chaqnash) \u2014 homiladorlik toksikozlarining xavfli shakli. Birinchi marta bo&#8217;yida bo&#8217;lgan, aksari egiz homiladorlik yoki buyrak, yuraktomir kasalliklari bor ayollarda homiladorlikning ikkinchi yarmida, ko&#8217;pincha so&#8217;nggi oylarida vujudga keladi. Eklamptsiyaning asosiy belg&#8217;isi tutqanoq tutishidir. Eklamptsiyadan avval nefropatiya va preeklampsiya alomatlari (qattiq bosh ogrishi, ko&#8217;z xiralashishi, ko&#8217;z oldi jimirlashishi, qon bosimi ko&#8217;tarilishi, siydikda oqsil ko&#8217;payishi, uyqusizlik, betoqatlik va boshqalar) namoyon bo&#8217;ladi. Eklamptsiyada tutqanoq tutadi, bemor hushdan ketadi. Eklamptsiya homiladorlikda, asosan, tug&#8217;ruq vaqtida, ba&#8217;zan chilla davrida ham uchraydi. Tutqanoq boshlanganda dastlab bemorning yuz muskullari &#171;uchadi&#187;, qovokdari yumilib, lab burchaklari osilib ketadi. So&#8217;ng butun gavda muskullari qisqarib, tana taranglashadi, bemor hushdan ketib, ba&#8217;zan nafas olmay qoladi, ko&#8217;karadi (tonik talvasa). Keyin yuz, tana va qo&#8217;loyoq muskullari tortishib qisqaradi (klonik talvasa), bemor nafasi qisib xirillaydi, og&#8217;zidan ko&#8217;pik keladi, yotgan joyida o&#8217;zini ko&#8217;tarib-ko&#8217;tarib otadi. Tirishish to&#8217;xtagach, ayol bir necha vaqt koma holatida (behush) yotib, sekin-asta o&#8217;ziga keladi. Og&#8217;irroq hollarda Eklamptsiya tutqanoqsiz kechadi (komatoz shakli). Ba&#8217;zan Eklamptsiya alomatlari ro&#8217;yrost ko&#8217;zga tashlanmaydi, ularni vaqtida aniqlash ancha qiyin. Shu sababli u go&#8217;yo bexosdan paydo bo&#8217;lgandek bo&#8217;ladi. Tutqanoq tutganda bemorning biror joyiga shikast yetib qolmaslik chorasini ko&#8217;rish lozim; u tilini tishlab olmasligi uchun og&#8217;ziga bandiga doka o&#8217;ralgan qoshiq solib qo&#8217;yiladi; tutqanoq xuruji o&#8217;tib ketgach bemorning so&#8217;lagi nafas yo&#8217;llariga tushmasligi uchun og&#8217;zini toza salfetka bilan artib olinadi. Eklamptsiyada o&#8217;pka shishishi yoki miyaga qon quyilishi tufayli ayol, plasentaning o&#8217;rnidan ko&#8217;chishi, bachadonga qon quyilishi tufayli esa homila nobud bo&#8217;lishi mumkin. Davosi. Markaziy nerv sistemasi faoliyatini normallashtiruvchi, qon bosimini pasaytiruvchi, siydik ajralishini kuchaytiruvchi doridarmonlar, kislorod, parhez buyuriladi. Oldini olish: homiladorlikning ilk toksikozlarini o&#8217;z vaqtida davolashdan iborat. Ad.:Qodirova A., Homiladorlik toksikozlari, T., 1994.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EKLAMPTSIYA (Yunoncha \u2014 chaqnash) \u2014 homiladorlik toksikozlarining xavfli shakli. Birinchi marta bo&#8217;yida bo&#8217;lgan, aksari egiz homiladorlik yoki buyrak, yuraktomir kasalliklari bor ayollarda homiladorlikning ikkinchi yarmida, ko&#8217;pincha so&#8217;nggi oylarida vujudga keladi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/eklamptsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26574","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26574","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26574"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26574\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26578,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26574\/revisions\/26578"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26574"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26574"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26574"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}