{"id":26596,"date":"2022-04-30T08:10:42","date_gmt":"2022-04-30T05:10:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26596"},"modified":"2022-04-30T08:10:42","modified_gmt":"2022-04-30T05:10:42","slug":"ekologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ekologiya\/","title":{"rendered":"EKOLOGIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>EKOLOGIYA (Yunoncha \u2014 uy, turar joy va &#8230;logiya) \u2014 organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biosenozlar, biogeosenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni o&#8217;rganadigan biologiya fanlari majmui. Ekologiyani organizmlar va ular bilan atrof muhit o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro munosabatlarni o&#8217;rganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi. Ekologiya o&#8217;rganadigan ob&#8217;yektlariga ko&#8217;ra, umumiy va xususiy Ekologiyaga ajratiladi. Umumiy Ekologiya organizmdan yuqori turadigan har xil sistemalarning tuzilishi va funktsiyasini o&#8217;rganadi. U populyatsiyalar Ekologiyasi, biosenologiya, ekosistemalar Ekologiyasi kabi bo&#8217;limlardan iborat. Populyatsiyalar Ekologiyasi populyatsiyalarining strukturasi va mikdoriy dinamikasining umumiy qonuniyatlari hamda har xil turlar populyatsiyalari o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro munosabatlar (raqobat, yirtqichlik) ni tadqiq qiladi. Biosenologiya (hamjamoalar Ekologiyasi) biosenozlarning tuzilishi qonuniyatlari, tarkibi va funktsiyasini o&#8217;rganadi. Xususiy Ekologiya muayyan taksonomik guruhga mansub organizmlarning muhit sharoitiga munosabatlari majmuini o&#8217;rganadi (masalan, hasharotlar Ekologiyasi). Ba&#8217;zan xususiy Ekologiyaga muayyan ekosistema va hamjamoani o&#8217;rganadigan fan sifatida ham qaraladi (masalan, qishloq xo\u2019jalik ekosistemalari Ekologiyasi \u2014 agroekologiya; o&#8217;simliklar hamjamoalari Ekologiyasi \u2014 fitosenologiya). Suv ekosistemalari va suv organizmlari Ekologiyasini o&#8217;rganadigan gidrobiologiya ham Ekologiyaning bir qismi hisoblanadi. Ekologiya autekologiya (har xil muhit omillarining alohida turlarga ta&#8217;sirini o&#8217;rgatadigan fan) va sinekologiya (organizmlar va ular majmualari o&#8217;rtasidagi munosabatlarni o&#8217;rganadigan fan)ga ham ajratiladi. &#171;Ekologiya&#187; terminini 1866 yil nemis olimi E. Gekkel organizmlarning atrof muhit bilan munosabatlarini belgilash uchun taklif etgan. Ekologiyaning fan sifatida yuzaga chiqishi 18\u2014 19-asrlarda yashagan naturalistlar va geograflarning ishlari bilan bog&#8217;liq. 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida tadqiqotchilar ayrim omillar, ayniqsa, iqlimning organizmlarning tarqalishi va dinamikasiga ta&#8217;sir etishiga e&#8217;tibor berishdi. Ayni shu davrda organizmlarning bir butun majmui bo&#8217;lgan tabiiy biosenozlar to&#8217;g&#8217;risidagi tasavvurlar shakllana boshlaydi. Ekologiya 20-asrning 20-30-yillarida jadal rivojlana boshladi. Bu davrda Amerika zoologi Ch.Elton populyasiyalar va hamjamoalarni o&#8217;rganishning asosiy vazifalarini ko&#8217;rsatib berdi; italiyalik va amerikalik matematiklar V. Volterra va A. Lotka populyatsiyalarning o&#8217;sishi, o&#8217;zaro ta&#8217;sirining matematik modellarini taklif etishdi; rus mikrobiologi G.F. Gauze bu modellarni tajribada sinab ko&#8217;radi. Xuddi shu davrda gidrobiologiyala tirik organizmlar orqali moddalar va energiya o&#8217;zgarishini miqdoriy jihatdan o&#8217;rganish boshlanadi. Bir-biri va notirik atrof muhit bilan o&#8217;zaro bog&#8217;langan organizmlar komplekslari to&#8217;g&#8217;risidagi tasavvurlarning shakllanishi ingliz botanigi A. Tenslining &#171;ekosistema&#187; (1935) va rus botanigi V.N. Sukachevning &#171;biogeosenoz&#187; (1940) tushunchalarining yaratilishi bilan bog&#8217;liq. 20-asrning 50-yillarida umumiy Ekologiya shakllanadi. Tadqiqotchilarning asosiy ishlari organizmlar va ular hosil qiladigan sistemalarning o&#8217;zaro ta&#8217;sirini o&#8217;rganishga qaratiladi. Ekologiya tadqiqotlarida miqdoriy metodlar keng tarqala boshlaydi; laboratoriya va tabiatda o&#8217;tkaziladigan tajribalar hamda matematik modellashtirishlar keng qo&#8217;llanila boshlanadi. 20-asrning 2-yarmida odamning biosferaga salbiy ta&#8217;siri kuchayishi natijasida ekologik krizisning yuzaga chiqishi va tabiatni muhofaza qilish ishlarini keng miqyosda amalga oshirish zaruriyatining tug&#8217;ilishi bilan Ekologiyaning amaliy ahamiyati keskin oshib ketdi; ko&#8217;pchilik tabiiy fanlarni &#171;ekologiyalashtirish&#187; boshlandi; Ekologiya bilan falsafa, sosiologiya va boshqalar bir qancha fanlar o&#8217;rtasida uzviy bog&#8217;lanish paydo bo&#8217;ldi. Hozirgi davrda sanoat va qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishi, transport, qurilish, ilmiy-texnikaviy, demografik muammolarni hal etish hamda tabiii resurslardan rasional foydalanish yo&#8217;llarini ishlab chiqishda ekologik yondashuv zarur bo&#8217;lib qoldi. O&#8217;zbekistonda Ekologiyaning rivojlanishi D.N.Kashkarov, A. L. Brodskiy, T. 3. Zohidov va boshqalarning ishlari bilan bog&#8217;liq. D. N. Kashkarov umurtqali hayvonlarni o&#8217;rgangan va birinchi bo&#8217;lib, hayvonlar ekologiyasi darsligini yaratgan. A. L. Brodskiy tuproq umurtqasiz hayvonlarini, T. Z. Zohidov Qizilqum umurtqali hayvonlarini ekologik jihatdan tadqiq qilgan. O&#8217;simliklar ekologiyasiga oid tadqiqotlar Q.Z.Zokirov, A. M. Muzaffarov, I . I. Granitov va ularning shogirdlari tomonidan keng miqyosda olib borilmoqda. Ad.Odum Yu., Osnovn ekologii, Per. s ang. M., 1975; Ergashev A., Umumiy ekologiya, T., 2003; To&#8217;xtaev A., Ekologiya, T., 2000. Ahmadqul Ergashev, Ochil Mavlonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EKOLOGIYA (Yunoncha \u2014 uy, turar joy va &#8230;logiya) \u2014 organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biosenozlar, biogeosenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni o&#8217;rganadigan biologiya fanlari majmui. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ekologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26596","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26596","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26596"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26596\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26603,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26596\/revisions\/26603"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26596"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26596"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26596"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}