{"id":26597,"date":"2022-04-30T08:11:07","date_gmt":"2022-04-30T05:11:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26597"},"modified":"2022-04-30T08:11:07","modified_gmt":"2022-04-30T05:11:07","slug":"ekologiya-sohasidagi-jinoyatlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ekologiya-sohasidagi-jinoyatlar\/","title":{"rendered":"EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR \u2014 tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilishga qarshi jinoyatlar. Ekologiya insonni tabiat bilan bog&#8217;lab turadigan ijtimoiy holatdir. Bunday bog&#8217;liklik, o&#8217;z navbatida, g&#8217;ayriqonuniy hatti-harakatlar orqali huquqbuzarliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu xildagi huquqbuzarliklar Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ham kelib chiqishiga sabab bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekistonda tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga oid qonunqoidalar, yuridik normalar ishlab chiqilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida &#171;fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo&#8217;lishga majburdirlar&#187; (50-modda), deb qayd etilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998 yil 30 aprel), &#171;Tabiatni muhofaza qilish to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1992 yil 9 dekabr), &#171;Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to&#8217;g&#8217;risida&#187; (2004 yil 3 dekabr), &#171;Yer osti boyliklari to&#8217;g&#8217;risida&#187; (2002 yil 13 dekabr), &#171;Atmosfera havosini muhofaza qilish to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1996 yil 27 dekabr), &#171;Suv va suvdan foydalanish to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1993 yil 6 may), &#171;o&#8217;simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1997 yil 26 dekabr), &#171;Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1997 yil 26 dekabr), &#171;Davlat yer kadastri to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1998 yil 28 avgust), &#171;O&#8217;rmon to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1999 yil 15 aprel) gi va boshqalar qonunlarda ekologiya sohasidagi huquqiy normalar o&#8217;z ifodasini topgan. O&#8217;zbekiston Respublikasining JKda birinchi marta Ekologiya sohasidagi jinoyatlar alohida bobga ajratildi (193\u2014 204-moddalar). Ularga quyidagilar kiradi: ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish; atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko&#8217;rsatish; atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko&#8217;rmaslik; atrof tabiiy muhitni ifloslantirish; yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish; ekinzor, o&#8217;rmon yoki boshqa dovdaraxtlarga shikast etkazish yoki ularni nobud qilish; o&#8217;simliklar kasalliklari yoki zararkunandalariga qarshi qurash talablarini buzish; veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish; zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo&#8217;lish qoidalarini buzish; hayvonot yoki o&#8217;simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish; suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish. O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining &#171;atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to&#8217;g&#8217;risidagi ishlar bo&#8217;yicha sud amaliyoti hakida&#187;gi qarori (1996 yil 20 dekabr) da Ekologiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik to&#8217;g&#8217;risidagi qonunlarni qo&#8217;llash bo&#8217;yicha zarur tushuntirishlar berilgan. Tabiiy muhitni asrash, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish nafaqat milliy, balki umuminsoniy majburiyat hisoblanadi va bu tabiat komplekslari hamda ayrim ob&#8217;yektlarning muhofazasini ta&#8217;minlashga, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo&#8217;lish huquqini kafolatlashga qaratilgandir. Ad.: Nigmatov A., Ekologiya nima, T., 2002. Mirzayusuf Rustamboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR \u2014 tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilishga qarshi jinoyatlar. Ekologiya insonni tabiat bilan bog&#8217;lab turadigan ijtimoiy holatdir. Bunday bog&#8217;liklik, o&#8217;z navbatida, g&#8217;ayriqonuniy hatti-harakatlar orqali huquqbuzarliklarni keltirib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ekologiya-sohasidagi-jinoyatlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26597","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26597","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26597"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26597\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26604,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26597\/revisions\/26604"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26597"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26597"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26597"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}