{"id":26644,"date":"2022-05-04T10:46:51","date_gmt":"2022-05-04T07:46:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26644"},"modified":"2022-05-04T10:46:52","modified_gmt":"2022-05-04T07:46:52","slug":"ekspressivlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ekspressivlik\/","title":{"rendered":"EKSPRESSIVLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>EKSPRESSIVLIK (lotincha ifodalanish, namoyon bo&#8217;lish) \u2014 har xil individlarda ma&#8217;lum gen allelining fenotipik namoyon bo&#8217;lish darajasi. &#171;Ekspressivlik\u201d terminini fanga rus olimi N. V. Timofeevresovskiy kiritgan (1927). Allel gen tomonidan boshqariluvchi belgida o&#8217;zgaruvchanlik bo&#8217;lmaganida doimiy Ekspressivlik, aks holda o&#8217;zgaruvchan Ekspressivlik namoyon bo&#8217;ladi. Har xil genlarning allellari turli darajadagi Ekspressivlik bilan tavsiflanishi mumkin. Odamlarda AVO (qon guruhlari) allellari tizimi deyarli doimiy Ekspressivlikka, ko&#8217;z rangini belgilovchi allellar o&#8217;zgaruvchan Ekspressivlikka misol bo&#8217;ladi. Drozofila pashshasida ko&#8217;z fasetkalarining sonini kamaytiruvchi mutasiya gomozigotali pashshalarda fasetkalar sonini 0 dan 50% gacha o&#8217;zgarishini ta&#8217;minlaydi. O&#8217;zgaruvchan Ekspressivlik hodisasi genotipik muhit va tashqi muhit sharoitlarining ta&#8217;sirida ro&#8217;y beradi. Shuning uchun organizm genotipi genotip bilan yashash muhiti sharoiti ta&#8217;sirida fenotipik namoyon bo&#8217;ladigan genlarning o&#8217;zaro ta&#8217;siri natijasida shakllanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>EKSPRESSIVLIK (tilshunoslikda) \u2014 til birligining semantikstilistik belgilari majmui; til birligining aloqa-so&#8217;zlashuv jarayonida so&#8217;zlovchining nutq mazmuniga yoki nutq qaratilgan shaxsga nisbatan sub&#8217;ektiv (ijobiy yoki salbiy) munosabatining ifoda vositasi bo&#8217;la olishini ta&#8217;minlaydi. Ekspressivlik tilning barcha sathlari birliklari uchun xosdir. Fonetik ekspressiv vositalar sifatida so&#8217;z tarkibidagi undoshlardan birining qo&#8217;shaloq holda yoki biror unlining cho&#8217;ziq talaffuz etilishi, urg&#8217;uning o&#8217;rnini o&#8217;zgartirish kabilarni ko&#8217;rsatish mumkin. Morfologik vositalar sifatida keng miqyosdagi erkalash-kichraytish qo&#8217;shimchalari (suby&#8217;ektiv baho ifodalovchi qo&#8217;shimchalar) ni ko&#8217;rsatish mumkin (oyioyijon, ukaukaginam va boshqalar). Leksik ekspressiv vositalarga o&#8217;z haqiqiy ma&#8217;nosidan tashqari uslubiy (salbiy yoki ijobiy) bo&#8217;yoqqa ega bo&#8217;lgan so&#8217;zlar, undov so&#8217;zlar va kuchaytiruv yuklamalari kiradi (masalan, &#171;qiltiriq&#187; so&#8217;zi ozg&#8217;inlikni salbiy jihatdan ifodalaydi, baholaydi). Sintaktik sathda esa Ekspressivlik odatdagi so&#8217;z tartibini o&#8217;zgartirish, elliptik tuzilmalardan foydalanish, so&#8217;z takrorlari orqali ta&#8217;minlanadi. Aloqa-so&#8217;zlashuv jarayonida lisoniy ekspressiv vositalar bilan parallel ravishda, nutq ekspressivligini kuchaytirishga ko&#8217;mak beruvchi ko&#8217;plab paralingvistik (nolisoniy) vositalar (tovushning balandligi va tembri, nutq sur&#8217;ati, mimika, imoishora) ham qo&#8217;llanadi. Ekspressivlik bevosita inson his-tuyg&#8217;ularini ifodalash bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lganligi uchun uni emosionallik (hissiyot, emotsiyani ifodalovchi so&#8217;zlar va ulardan foydalanish)dan ajratib tasavvur etish qiyin. Hatto ba&#8217;zi tilshunoslarning asarlarida Ekspressivlik va emosionallik kategoriyalari bir xil hodisa deb talqin qilinadi. Ne&#8217;mat Mahkamov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EKSPRESSIVLIK (lotincha ifodalanish, namoyon bo&#8217;lish) \u2014 har xil individlarda ma&#8217;lum gen allelining fenotipik namoyon bo&#8217;lish darajasi. &#171;Ekspressivlik\u201d terminini fanga rus olimi N. V. Timofeevresovskiy kiritgan (1927). Allel gen tomonidan boshqariluvchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ekspressivlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26644","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26644","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26644"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26644\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26647,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26644\/revisions\/26647"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26644"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26644"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26644"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}