{"id":26648,"date":"2022-05-04T10:52:09","date_gmt":"2022-05-04T07:52:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26648"},"modified":"2022-05-04T10:52:11","modified_gmt":"2022-05-04T07:52:11","slug":"ekspressionizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ekspressionizm\/","title":{"rendered":"EKSPRESSIONIZM"},"content":{"rendered":"\n<p>EKSPRESSIONIZM (lotincha exrgekyu \u2014 ifodalash, izhor qilish) \u2014 1900\u2014 20-y.larda adabiyot va san&#8217;atda yuzaga kelgan yo&#8217;nalish; davrning o&#8217;tkir inqirozlarining aks sadosi sifatida yuzaga kelgan. Ekspressionizm asarlaridagi ijtimoiy tanqidiy ruhi bilan parallel mavjud bo&#8217;lgan yoki keyin yuzaga kelgan avangard san&#8217;atidan farq qiladi. Uning asarlarida zamonaviy tsivilizasiyaning inqirozi tabiat va insoniyatga yopirilib kelayotgan halokat ko&#8217;rinishi tarzida namoyon bo&#8217;ladi. &#171;Ekspressionizm&#187; termini ilk bor X. Valden tomonidan qo&#8217;llangan (1911). Ekspressionizmda, asosan, ijodkorning sub&#8217;ektiv tasavvurlari, his-tuyg&#8217;ulari ifodalandi, ulardagi ehtiroslilik va jiddiylik asarlarga jo&#8217;shqinlik baxsh etdi. Ekspressionizm taraqqiyoti qarama-qarshiliklarga ega bo&#8217;ldi, bir tomondan, modernistik an&#8217;analarning rivojlanishiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatsa, boshqa tomondan, ijtimoiy tanqidiy yo&#8217;nalishning qaror topishini ta&#8217;minladi. Badiiy adabiyotda \u2014 Ekspressionizm o&#8217;zining tipik xarakterga ega bo&#8217;lmagan asarlari bilan namoyon bo&#8217;ldi. Ekspressionistik adabiyotning asosiy janri lirik poeziya va publitsistik drama bo&#8217;lganligi ham bejiz emas. Bu taxlit asarlarda muallifning uzundanuzoq va hissiyotli monologlari o&#8217;rin olardi. Ekspressionizm adabiyotining paydo bo&#8217;lishi g. Trakl (Avstriya), G. Xeym va E. Shtadler (Germaniya) nomlari bilan bog&#8217;liq. Ularning tragizmga boy lirikasida hayot o&#8217;sha davr tamaddunining shiddatli odimini tutish tarzidagina emas, balki yaqinlashib kelayotgan tarixiy burilishlarni sezish, shaxsning ijtimoiy mavjudotga shaksiz bog&#8217;liqlik hissi bilan tug&#8217;ilgan girdibod harakati yo&#8217;sini tarzida talqin qilingan. Bu taxlit asarlarni G. Benn, I. Bexer, Ya. Vangoddis, F. Verfel va E. LaskerShyuler lirikasida, V. Gazenklever, G Kayzer, L. Rubiner, E. Toller, F. fon Unru, K.X. Yann dramalarida, A. Dyoblin, G. Meyrink, L. Frank, K. Edshmid va qisman F. Kafkaning nasriy asarlarida ham ko&#8217;rish mumkin. Tasviriy san&#8217;atda Ekspressionizm o&#8217;tmishdoshlari (turli darajada simvolizmga yaqin bo&#8217;lgan) golland rassomi Van Gog, norvegiyalik E. Munk, belgiyalik J. Ensor ijodidan ta&#8217;sirlandilar. Ekspressionizm tamoyillari ko&#8217;proq nemis va avstriyalik rassomlar ijodida o&#8217;zini to&#8217;liq namoyon qildi. &#171;Ko&#8217;prik&#187; uyushmasi a&#8217;zolari (E. Kirxner, M. Pexshteyn, E. Xekkel va boshqalar) Ekspressionizm ruhida asarlar yaratdilar; &#171;Moviy suvoriy&#187; jamiyati a&#8217;zolari (V.Kandinskiy, F. Mark va boshqalar) ning asarlari obraz qurilishiga ko&#8217;ra birmuncha etuk bo&#8217;lgan; rassom O. Kokoshka, M. Bekman, haykaltarosh V. Lembruk va boshqalar erkin ijod qildilar hamda tasviriy ifodalilik masalalariga e&#8217;tiborni ko&#8217;proq qaratdilar. Inqilobiy mafqura ta&#8217;sirida bir qator rassomlar ijodida Ekspressionizm urush va inson huquqlarini poymol etilishiga qarshi bo&#8217;yoqlarga ega bo&#8217;ldi. Ekspressionizm grafika (dastgoh va kitob grafikasi) da ham sezilarli o&#8217;rin tutdi. Oq-qora bo&#8217;yoqlarning keskinligi, tasvirlarda erkin shakllarni ishlatilishi grafik asarlarga jo&#8217;shqinlik baxsh etish bilan birga uning ichki mohiyatini yoritishga xizmat qildi (masalan, belgiyalik F. Mazarel asarlari). O&#8217;zbekiston tasviriy san&#8217;atida Ekspressionizm ta&#8217;siri 20-asrning 20-30-yillarida M. Kurzin, V. Eremyan, V. Ufimtsevlarning ayrim asarlarida seziladi. N. Kashinaning ilk ijodida shu ta&#8217;sirni ko&#8217;rish mumkin. Musiqada Ekspressionizmning ilk ko&#8217;rinishlari G. Maler (yetuk simfoniyalari va &#171;Yer haqida qo&#8217;shiq&#187; turkumi) R. Shtraus (&#171;Salomeya&#187; va &#171;Elektra&#187; operalari) ijodida namoyon bo&#8217;lgan. Musiqiy Ekspressionizm to&#8217;laligicha yangi Vena maktabi vakillari asarlarida, keyinchalik uning uslubiy tamoyillari boshqa kompozitorlar ijodida ham o&#8217;z aksini topgan (P. Xindemitning &#171;Qotil\u2014 ayollar umidi&#187; va &#171;Avliyo Susanna&#187;, E. Kshenekning &#171;soya ustidan sakrash&#187;, B. Bartokning &#171;ajoyib mandarin&#187; operalari, A. Oneggerning 3 va 5-simfoniyalari va boshqalar). Ekspressionizmga xos o&#8217;ta hayajonli, keskin kayfiyat qarama-qarshi (og&#8217;ir qayg&#8217;uli, g&#8217;amgin yoki xayoliy, osoyishta bo&#8217;lgan) obrazlar to&#8217;qnashuvi orqali yuzaga keladi. Ifoda vositalari atonallik, dodekafoniyata xos unsurlarning keng tatbiq etilishi, garmoniyaning o&#8217;tkir hamohangsizligi, kuy tuzilmalari o&#8217;zaro bog&#8217;lanmaganligi, vokal partiyaning nutq intonasiyalariga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Uzbekiston kompozitorlaridan F. va D. YanovYanovskiylarning turli janrdagi asarlari, N.Zokirovning operalari, M.Tojiev va T.Qurbonovning ayrim simfoniyalarida Ekspressionizm xususiyatlari uchraydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EKSPRESSIONIZM (lotincha exrgekyu \u2014 ifodalash, izhor qilish) \u2014 1900\u2014 20-y.larda adabiyot va san&#8217;atda yuzaga kelgan yo&#8217;nalish; davrning o&#8217;tkir inqirozlarining aks sadosi sifatida yuzaga kelgan. Ekspressionizm asarlaridagi ijtimoiy tanqidiy ruhi bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ekspressionizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26648","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26648","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26648"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26648\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26650,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26648\/revisions\/26650"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26648"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26648"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26648"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}