{"id":26677,"date":"2022-05-04T11:55:34","date_gmt":"2022-05-04T08:55:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26677"},"modified":"2022-05-04T11:55:35","modified_gmt":"2022-05-04T08:55:35","slug":"elam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/elam\/","title":{"rendered":"ELAM"},"content":{"rendered":"\n<p>ELAM \u2014 Mesopotamiyadagi Furot va Dajla daryolarining quyi o&#8217;zani sharqida, Eron yassi tog&#8217;ligining Janubiy g&#8217;arbiy qismida (Erondagi hozirgi Huziston va Luriston viloyatlari) joylashgan qadimiy davlat (miloddan avvalgi 3-ming yillik \u2014 miloddan avvalgi 6-asr o&#8217;rtasi). Shumer manbalari Elamni \u2014 &#171;baland&#187; ideogrammasi bilan, Akkad yozuvlarida \u2014 &#171;Elamtu (m)&#187; shaklida qayd etilgan. Bu atamalar miloddan avvalgi 3-ming yillikning 1-yarmidan ma&#8217;lum. &#171;Elam&#187; atamasi genetik jihatdan qadimiy yahudiycha nomi bilan bog&#8217;liq. Elam manbalari o&#8217;z mamlakatlarini \u2014 &#171;Xatamti&#187;, qadimiy forslar \u2014 &#171;Uvadja&#187;, arablar esa \u2014 &#171;hozi&#187; (hozirgi Huziston shundan) deb atashgan. Elamning eng yirik viloyatlari \u2014 Baraxshi, Simashki, Anshan (Anzan); shaharlari \u2014 Avan (ilk Elam hukmdorlari sulolasi shu erdan chiqqan). Adamdun, Suza \u2014 Elam poytaxti. Shumer hujjatlarining guvohlik berishicha, miloddan avvalgi 3-ming yillikda Elam bilan Mesopotamiya shaharlari o&#8217;rtasida savdo aloqalari mavjud bo&#8217;lgan. Elamdan yog&#8217;och, kumush, mis va boshqalar, Elamga arpa, moy keltirilgan. Hunarmandchilik turli sohalarda ixtisoslashgan (quruvchi, yog&#8217;ochni qayta ishlovchi, kulol, nonvoy va boshqalar). Elam ilk quldorlik davlati bo&#8217;lgan. Ibodatxona va davlat xo&#8217;jaliklarida, shuningdek, uy jamoalarida miloddan avvalgi 2-ming yillikdan boshlab qullar mehnatidan foydalanilgan. Shu davrga doir Elam hujjatlari jamoa tarixi bo&#8217;yicha muhim materiallarni beradi. Miloddan avvalgi 7-asr o&#8217;rtalarida Ossuriya podshosi Lshshurbanipal Elamning bir qator shaharlarini vayron qilib Elamni Ossuriyaga bo&#8217;ysundirgan. Biroq 7-asrning oxiriga kelib Ossuriyaning o&#8217;zi barham topgan. Ichki siyosiy nizolardan tanazzulga yuz tutgan Elam bo&#8217;lsa, miloddan avvalgi 6-asrning 1-yarmida Midiya, so&#8217;ngra Axomaniylar tomonidan bosib olingan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ELAM \u2014 Mesopotamiyadagi Furot va Dajla daryolarining quyi o&#8217;zani sharqida, Eron yassi tog&#8217;ligining Janubiy g&#8217;arbiy qismida (Erondagi hozirgi Huziston va Luriston viloyatlari) joylashgan qadimiy davlat (miloddan avvalgi 3-ming yillik \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/elam\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26677","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26677","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26677"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26677\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26681,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26677\/revisions\/26681"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26677"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26677"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26677"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}